6. Bolaning moliyaviy savodxonligini oshirish
Moliyaviy savodxonlik - bu daromad va xarajatlarni boshqarish, pul mablag'larini to'g'ri taqsimlash va shubhali moliyaviy operatsiyalarda qatnashmaslik uchun zarur bo'lgan bilimdir.
Yo'q, bu pulni tejash qobiliyati emas, moliyaviy savodxonlik tadbirkorlik bilan ham bevosita bog‘liq emas: moliyaviy savodxon odam har doim ham millionlab daromad olmaydi. Lekin bunday odam oylik olgandan keyin bir hafta o'tgach pulsiz qolib ketmaydi, o'ylamasdan kredit olmaydi yoki keng tarqalgan moliyaviy piramidalarda qatnashmaydi.
Pulga to'g'ri munosabatda bo'lish, o'zining "istaklarini" jilovlash va keyingi xaridni rejalashtira olish qobiliyati bolalikdan shakllanadi. Hech bir ta'lim tashkiloti bunda oila kabi samarali yordam bera olmaydi.
Moliyaviy savodli bolani tarbiyalashda ota-onalar bilishlari kerak bo'lgan birinchi narsa - pul masalalarini undan yashirmaslikdir. Ya'ni, bolaga uning hali kichikligini va kattalar oila byudjeti haqidagi savollar uni qiziqtirmasligini aytish mutlaqo noto'g'ri. Aksincha - bolalarga pul haqida, ular bilan qilgan harakatlaringiz haqida gapiring.
Bolalarning moliyaviy savodxonligi asoslariga quyidagilar kiradi:
Pul qayerdan kelgani, pulni qanday qilib va qancha vaqtda ishlab topish mumkinligini tushunish.
Cho'ntak pullarni to’g’ri taqsimlash va katta xaridlarni rejalashtirish qobiliyati.
Iqtisodiyot, kredit, depozit, investitsiya, soliq nimaligi haqida umumiy tushunchalar.
Mustaqil moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun mas'uliyatni shakllantirish, shuningdek, pulni ongli ravishda sarflash qobiliyati.
Eng muhimi, qachon boshlash kerak? Imkoni boricha ertaroq. Pul haqidagi to'g'ri tushuncha bolada o'z cho'ntak mablag'iga ega bo'lgunga qadar paydo bo'lishi kerak. Ammo har bir yoshning o'ziga xos yondashuvi mavjud.
Maktabgacha yoshdagi bolalar.
Maktabgacha yoshdagi bolaga iqtisodiyot va kreditlar qanday ishlashini tushuntirishga hali erta, ammo pul haqida umumiy fikr berishning ayni vaqti. Birgalikda xaridlar qilganingizda, bu narsalarni nima uchun tanlaganingiz, ular qancha turadi va byudjetingiz qancha ekanligini tushuntirishni unutmang. Butun oila uchun oziq-ovqatga qancha pul sarflashingiz kerakligi va shirinliklar uchun qancha pul qolishi haqida gapiring.
Qayerda ishlayotganingizni va bir soatlik ishingiz qancha turishini ayting. Buni pul nuqtai nazaridan baholash shart emas - bolaga tushunarli bo'lgan tushunchalardan foydalaning. Misol uchun, siz yangi o'yinchoq sotib olish uchun qancha ishlashingiz kerakligini aytishingiz mumkin. Bu bolalarni moliyaviy savodxonlikka o'rgatishning boshlanishi bo’ladi.
Ishingizning boshqa tomoni haqida ham gapiring. Masalan, bu ish nima uchun sizga yoqadi va uning boshqa odamlar uchun qadri nimada? Pul oshpaz, shifokor yoki dasturchi bo'lishning yagona sababi emasligini ta'kidlang. Har qanday kasbda qiziqarli tomonlarni topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |