TESTLAR
1. Bo‘g‘inga ajralmaydigan so‘zlar qatorini toping.
A. farq, tong, gramm
B. oqil, mutolaa, toifa
S. sportchi, konstruktor, transport
D. ilgari, jarima, shabada
2. Fonetik yozuv asosida yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A. dum-dumaloq, kulib, yigitcha
B. buyruq, sanoq, shahrim
S. shakl, sport, monolog
D. o‘qiyoldi, yettovi, bayroq
3. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A. muomila, avf, nasil
B. ma'sud, xayr, axbor
S. sumbul, ahloq, prosess
D. milion, hulq, shamba
4. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A. xabar, baxt, paxta
B. axborat, taqsim, guluston
S. rahim, mehir, muvofaqiyat
D. kuyundi, tushundi, qutildi
5. Qo‘sh undoshlardan biri tushirilganda ma'nosi o‘zgarmaydigan
so‘zlar qatorini aniqlang
A. tilla, qattiq, ushshoq
B. gulli, xolli, yo‘llamoq
S. essiz, tilli, ellar
D. naqqosh, avval, izzat
Do'stlaringiz bilan baham: |