Xronologik xarita
Bobur tug’ilgan yil?
Bobur Samarqandni bosib olgan yil?
Nechanchi yilda Mahmudhon va AhmadMirzo Farg’onaga yurish qiladi?
Qachon Hindistonda devon tuzgan?
Bu o’yin ham tez bo’lib o’tgandan keyin Bobur shahsini ifodalovchi «Klaster» usuli yordamida bu uyinni takrorlash sifatida qo’llaymiz.
mehribon ota sarkarda
sevimli uka BOBUR shoh
davlat arbobi shoir
tarixchi tarjimon
Bu usul ham Bobur hayoti va ijodini yaxshi eslab qolishga xizmat qiladi.
Mana shu 2-ta usul Bobur va u haqida ko’p narsalarni ko’z oldimizda gavdalantiradi.
Yangi mavzumizni Zahriddin Muhammad Bobirning «Yahshilik» g’azali bilan boshlaymiz. Bu g’azalni O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Ma’murjon To’xtasinov maromiga etkazib ijro etgan
Kim ko’ribdur, ey ko’ngul,
Ahli jahondin yaxshilik.
………………………
Qo’shiqni tinglab bo’lgandan so’ng, bir ibora keltiriladi, Bu ibora uchala guruhga ham taaluqli hisoblanib, u quyidagicha; guruhlar bu chiroyli fikrlar qachon va kim tomonidan aytilganligini topishi kerak bo’ladi.
«Bobur dilbar shaxs. U uyg’nish davri adabiyotining…..»
Men o’quvchilarga Boburning murakkab hayoti, serqirra faoliyati to’g’risida imkon qadarbatafsil tushunchalarga ega bo’lishini istagan holda matbuotda chop etilayotgan qiziqarli maqolalar, risolalarni topib o’qishlarini, albatta, bulardan foydalanish kerakligini uqtiraman. Bobur shaxsiytini yosh avlodga yetuk inson, buyuk shaxs namusasi qilib ko’rsatmoq darkor. Toki farzandlarimiz ularga o’xshash, hech bo’lmaganda ularga munosib bo’lishga intilsinlar.
Boburning «Zullisonayn», ya’ni ikki tilda ijod qilgan ijodkorligi, lekin ona tilidagi ijodi salmoqli va she’ruyatinig asosini tashkil etishi, 2 devon turganligi, ulardan biri – «Kobul devoni» topilmagani, «Hind devoni» borligi ham aytib o’tiladi. Yana men Bobur she’riyatining asosiy xususiyatlaridan biri uning ko’proq hasbi hol xarakterida ekanligidir. Biz bu o’rinda «hasbi hol» o’z ahvolini turmush yoki taqdirini bayon etishni tushuntirmog’imiz lozim.
«Topmadim» radifli g’azali hamda «kishi» radifli ruboiysining yozilish tarixi haqida ham shoirning mashhur «Charxning men ko’rmagan jabrlari jafosi qoldimi» g’azalining o’z yaratilish tarichi borligi manbalarda qayd etilganini aytib o’tishimiz kerak.
«Manga osondur bo’lsa, agar yuz ming tuman dushman, Vale bo’lmak jahonda, ey ko’ngil, bisyor mushkuldur». Yuz ming tuman dushmanga bas kelish menga oson, lekin, ey ko’nglim, bu jahonda bo’lmoqlik bisyor mushlulliklarni keltiradi. Kajraftor dunyoda hali bola yoshidan boshlab sitamlar, sargardonliklar, xiyonat-u xo’rlik ko’rdi. Vatandan judo bo’ldi va ko’rgiliklar oldida ojiz qoldi. U bejiz ko’ngilga murojaat qilmayapti. Cunki- ko’ngil kishisi, borliqni ko’ngil ko’zi bo’lsa ko’radi va idrok etadi. Bunday odamlar esa nafaqat o’zining, o’zgalarning dardini ham ko’ngilga yaqin oladi. So’ngra shoirning boshqa janrda ham qalam tebrarganligini ham aytib, ruboiylaridan yod olganlar bo’lsa so’raladi.
Ko’ngil tilagan murodiga etsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikkisi muyassar bo’lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.
So’ngra o’quvchilarga topshirilgan g’azallari bilan aytiladigan qo’shiq bilan ( tayyorlanib kelgan o’quvchi ijrosida texnik vositalar orqali) tanishib, dars samaradorligini yanada oshiramiz. Keyin «Venn diagrammasi» orqali Z.M.Bobur va A.Navoiy ijodiningo’xshash va farqlari guruhlar tomonidan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |