1-bobga Doir o’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar. Inshootlarning hisoblash sxemasi deganda nimani tushunasiz? Uni tanlashda qanday mulohazalardan foydalaniladi?
Tekis sterjenli sistemalarning erkinlik darajasi deb nimaga aytiladi?
Qanday sistema geometrik o’zgarmas deyiladi?
Qanday sistema geometrik o’zgaruvchan deyiladi?
Oniy o’zgaruvchi sistema qanday bo’ladi?
«Disk» deganda nimani tushuniladi?
Kinematik bog’lanishga ta’rif bering.
Sterjenli sistemalarni asos bilan mahkamlashda qanday tayanch turlari qo’llaniladi, ularning statik va kinematik xususiyatlari qanday bo’ladi?
Oddiy tsilindrik sharnir nima va u nechta kinematik bog’lanishga ega?
Karrali (murakkab) sharnir degani nima? Oddiy, karrali, to’liq va to’liq bo’lmagan sharnirlarga misollar keltiring. Oddiy sharnirlar soni orqali karrali sharnirlar qanday aniqlanadi?
SHarnirli-sterjenli sistemalarning tuguni deganda nima tushuniladi?
Turli sistemalarning erkinlik darajasi soni W ni aniqlash formulalarini keltiring. Bu formulalardan qaysi biri umumiy formula bo’ladi?
Yuqorida zikr qilingan formulalardagi D va SH harflarining oldiga «+3» va «-2» koeffitsientlari nima uchun qo’yilganini tushuntiring?
Sistemalarning erkinlik darajasi soni W ga bog’liq, uchta bo’lishi mumkin bo’lgan holatni ayting?
Erkinlik darajasi W=1 bo’lgan sistema qanday ataladi?
Qaysi zarur, lekin yetarli bo’lmagan shart sistemaning geometrik o’zgarmaslik belgisi bo’ladi?
Nima sababdan va qaysi holatlarda inshootlarni qo’zg’olmasligi va o’zgarmasligi haqida hukm chiqarish uchun, ularning geometrik tuzilishini tahlil qilish zarur?
Geometrik o’zgarmas sistemalar tuzishning asosiy usullarini sanab o’ting. Misollar keltiring?
Inshootlar oniy o’zgaruvchanligining statik belgisini ayting.
Inshootlar oniy o’zgaruvchanligining kinematik belgilari qanday bo’ladi?
Nima uchun oniy o’zgaruvchi inshootlar qurilish amaliyotida qo’llanilmaydi?
Nol yuklanish usulida sistemaning oniy o’zgaruvchanligi qanday tekshiriladi?
Sterjenlarni (bog’lanishlarni) almashtirish usulida sistemaning oniy o’zgaruvchanligi qanday tekshiriladi?
Statik aniq sistemalarga ta’rif bering.
Statik noaniq sistemalarga ta’rif bering.
Erkinlik darajasi W = 0 bo’lgan sistemani, statik aniq deb aytish mumkinmi?
Erkinlik darajasi W < 0 bo’lgan sistemani, statik noaniq deb aytish mumkinmi?
Sistemalardagi ortiqcha bog’lanishlar deganda nima tushuniladi?
Sistemalardagi ortiqcha bog’lanishlar sonini (statik noaniqlik darajasini) aniqlash formulalarini keltiring.
SHarnirsiz yopiq konturning statik noaniqlik darajasi nimaga teng?
Mutlaq zarur va shartli zarur bog’lanishlar orasida nima farq bor?
Statik noaniq sistemalarning mutlaq zarur bog’lanishlaridagi zo’riqishlarni faqat statika muvozanat tenglamalaridan aniqlash mumkinmi?
Mutlaq zarur bog’lanishlar ortiqcha deb hisoblanishi mumkinmi?
Qanday qilib, statik noaniq sistemadan statik aniq sistema olish mumkin?
Berilgan statik noaniq sistemadan qancha turdagi statik aniq sistemalar olish mumkin?
Bitta bog’lanishni olib tashlashda qo’llaniladigan usullarni ayting. Misollar keltiring.
Ikkita bog’lanishlarni olib tashlashda qo’llaniladigan usullarni ayting. Misollar keltiring.
Uchta va undan ortiq bog’lanishlarni olib tashlashda qo’llaniladigan usullarni ayting. Misollar keltiring.