18
butun leksik ma‟no –bir murakkab tushuncha va yaxlit shakllanish –
grammatik tushunchaning ham yaxlitligi, fonetik butunlik bilan
xarakterlanadi. Demak, u bir so„zdir. Qo„shma so„zning
qismlari
orasida grammatik aloqa bo„lmaydi. Ammo semantik aloqa bor. U
har qanday so„z birikmasida, gapda bir sintaktik vazifa bajaradi.
Qo„shma so„zning asosiy qismi ikki komponentdan iborat bo„ladi.
Qo„shma so„zlar ot, sifat, son, ravish va qisman fe‟llarda keng
tarqalgan. Masalan:
oqqush, beshbarmoq, uchburchak, urto‗qmoq,
belbog‗, bilaguzuk (ot); mehmon-do‗st, shifobaxsh, jigarrang
(sifat); qaror qilmoq, ado etmoq, qo‗l qo‗ymoq (fe‘l); hech qachon,
bir lahza, bir zum, bir nafas (ravish).
Agar ikki yoki undan ortiq mustaqil ma‟noli morfemadan
tashkil topgan qo„shma so„zning biror komponenti (morfemasi)
hozirgi o„zbek tilida mustaqil ma‟nosini yo„qotgan bo„lsa, bu
qo„shma so„z qo„shma so„zlik xususiyatini yo„qotadi –sodda so„zga
aylanadi.
Shuningdek, mustaqil so„z bilan ko„makchi (asosan
ko„makchi fe‟l) so„zning birikuvi ham qo„shma so„z emas. Bunday
qo„shilmalar analitik shakl deyiladi. Masalan,
qalam bilan, ukam
uchun, o‗qib chiqmoq, yoza boshlamoq, ko‗rib qolmoq, berib
kelmoq
kabi (Bu haqda fe‟lning analitik shakli qismiga qarang).
Shuningdek,
kechqurun, zararkunanda, odamshavanda, dardisar,
astoydil
kabi so„zlar aslida qo„shma so„z bo„lgan bo„lsa ham,
hozirda sodda so„z hisoblanadi.
Qo„shma so„z bilan so„z birikmasining shaklan o„xshash
tomonlari bor. Ammo ular orasida ham farq bor. Ular quyidagilar:
19
a) qo„shma so„zning
qismlari morfema, so„z birikmasining
qismlari esa so„z bo„ladi;
b) qo„shma so„zning qismlari yaxlitligicha bir leksik ma‟no
ifodalaydi, so„z birikmasining qismlari alohida-alohida leksik ma‟no
ifodalaydi;
v) qo„shma so„zning qismlari orasida sintaktik aloqa bo„lmaydi,
so„z birikmasining qismlari orasida sintaktik aloqa bo„ladi
tuyaqush,
oybolta, xushfe‘l, qo‗ziqorin –qo‗shma so‗z, qush do‗ppili (bola),
o‗n qavatli
(bino) –so„z birikmasi;
g) qo„shma so„z qismlari o„z mustaqilligini (qisman yoki
to„laligicha) yo„qotadi, so„z birikmasining qismlari esa o„z
mustaqilligini saqlaydi;
d) qo„shma so„z qismlari yaxlit bir savolga javob bo„ladi, so„z
birikmasi qismlari alohida savolga javob bo„ladi va bir gap bo„lagi
vazifasida keladi.
Davrlar o„tishi bilan ayrim so„z birikmalari bir so„zga (qo„shma
so„zga) aylanishi mumkin. Bunda so„z birikmasi bir ma‟no –leksik
ma‟no ifodalaydigan bo„lib qoladi, birikma qismlari orasidagi
sintaktik aloqa yo„qoladi. Natijada aslida so„z birikmasi bo„lgan
birlik qo„shma so„zga aylanadi.
Bu jarayon tilshunoslikda
Do'stlaringiz bilan baham: