Ushbu EHM tarkibidagi arifmetik – mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadi. Ulardan arifmetik – mantiqiy va boshqarish qurilmalari prosessor(markaziy prosessor)ni tashkil qiladilar.
Shunday qilib, universal EHM lar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo’linadi:
Birinchi avlod EHM lari - bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo’lgan «bazaviy EHM»dir;
Ikkinchi avlod EHM lari- bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi xotira qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi;
Uchinchi avlod EHM lari- bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida almashuv (kanal) qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi. Almashuv (kanal) qurilmasi tezkor xotira bilan EHM ning tashqi qurilmalari orasida axborot almashuviga imkon beradi. Shu tufayli ko’p dasturli (bir vaqtning o’zida, misol uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, ma’lumotlarni kiritish va hokazo) rejimni amalga oshirish mumkin bo’ladi. BESM-6, ES EHM va boshqalar uchinchi avlod mashinalari sirasiga kiradi ;
EHM AVLODLARI SHU AVLOD EHM IGA MISOL ASOSIY (BAZAVIY) ELEMENTI ARIFMETIK AMAL BAJARISH TEZLIGI XOTIRA SIG'IMI
1-AVLOD
1940-1950 y BESM
MINSK-1 ELEKTRON LAMPA 1 sekundda 104 gacha 1024 So'z
2-AVLOD
1950-1965 y BESM-6
MINSK-2 TRANZISTOR
DIOD 1 sekundda 105 gacha 32000 So'z
3-AVLOD 1965-1975 y Minsk-32
Razdan
IBM-360 INTEGRAL SXEMA 1 sekundda 2*106 gacha 2048 So'z
4-AVLOD
1975 yildan boshlab PRAVETS
ES-1010 dan
ES-1060gacha
IBM KATTA integral sxema 1 sekundda
108 va undan yuqori 1024 Mbayt va undan yuqori
To’rtinchi avlod EHMlari - bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida har biri parallel ravishda ishlashi mumkin bo’lgan ikki va undan ko’p prosessorliligi bilan farq qiladi. Cheget, Elbrus-2 kabi EHM lar to’rtinchi avlodga mansub. Toshkentdagi «Algoritm» zavodida ishlab chiqarishga mo’ljallangan Elbrus-2 EHM tarkibida har biri sekundiga 1 mln amallarni bajarish tezligida ishlaydigan 10 ta prosessor bor.
Beshinchi avlod EHM lari - bu to’rtinchi avlod mashinasidan tarkibida intellektual interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik ravishda yechish ta’minoti, dialog prosessori qurilmalari) borligi bilan farq qiluvchi, universal sun’iy tafakkur mashinalaridir.
Universal EHMlarning rivojlanish tarixida alohida o’rinni kompyuterlar egallab kelmoqdalar. Kompyuterlar davri 1971 yilda AQShda mikroprosessor kashf etilgandan boshlangan desa bo’ladi. Kompyuterlarni ishlab chiqarishda avvaliga asosan IRELS firmasi, keyinchalik (1984y.) esa, IBM firmasi mahsulotlari hisobiga kengayib bordi.
Sinov savollari
1. Informatika fani paydo bo’lishi to’g’risida qanday to’g’risida ma’lumotlarni bilasiz?.
2. Informatika fanining predmeti nima?.
3. Informatikaning asosiy qismlari qaysilari?.
4. Informatika va HT ning rivojlanish bosqichlari nimalardan iborat?
5. Informatika faninin asosiy xususiyatlari?
Uyga vazifa : Ichlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish va axborotlarni qayta ichlash doir misollar kelterish va ularni tushuntirib berish.
Adabiyotlar
[1],[2],[3],[4],[5],[12]
1-ma’ruzaga ilova
AKT ni rivojlantirish buyicha me’yoriy xujjatlar
Hozirgi kunda barcha sohalar kabi o’quv jarayonida ham kompyuter va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bugungi kunning muhim masalalaridan biri bo’lib qolmoqda. Ayniqsa, davlatimiz tomo nidan qolaversa hurmatli prezidentimiz I.A. Karimovning sayh hara katlari tufayli ta’lim jarayonini axborotlashtirish va hamda o’quv jarayonida axborot-telekommunikasion texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda.
1)2003 yil 11 dekabrdagi O’zbekiston respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risidagi» qonuni;
2) O’zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risidagi» qarori;
3) O’zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 2006 yil 7 iyundagi «O’zbekiston respublikasi XTV huzurida multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risidagi» qarori;
4) 1999 yil 20 avgustdagi O’zbekiston respublikasining «Telekommunikasiya-lar to’g’risidagi» qonuni;
5) O’zR Prezidentining 28.09.2005 y. PK-191-son Qarori / O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini (“Ziyonet”) tashkil yetish to’g’risida
6) O’zR BM 17.12.2007 y. 259-son Qarori/ Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining xukumat portalini yanadarivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida.
7) O’zR BM 10.10.2002. y. 259-son Qarori/ Xalqaro kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni markazlashtirishdan chiqarish to’g’risida.
8) O’zR BM 07.11.2002 y. 385-son Qarori/ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil yetish to’g’risida.
9) O’zR VM 07.06.2006 y. 110-son Qarori/ O’zbekiston Respublikasi XTV huzurida multimedia umumta’lim dasturini rivojlantirish markazini tashkil yetish chora-tadbirlari to’g’risida.
10) O’zR XTV 24.03.2006 y. 69-sonli Buyruq/ Xalq ta’limi tizimida axborotlash -tirish sohasi bo’yicha normative-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida.
11) O’zR XTV 03.08.2006 y. 6/5-XB-sonli Buyruq/ 2006-2007 o’quv yilini “Axborot kommunikasiya texnologiyalaidan foydalanishda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish o’quv yili” deb nomlash to’g’risida.
12) O’zR XTV 13.02.2008 y. 35-sonli Buyruq / Xalq talimi vazirligining axborot-ta’lim portali (WWW. EDUPORTAL.UZ) va uning mazmunini takomillashtirish to’g’risida hokoza buning yaqqol misolidir
1-ma’ruza(davomi)
Mavzu: Axborotlarni tasvirlash turlari va formalari. Axborotlarning o'lchov birliklari. Sanoq sistemalari. Axborotlarni kodlash. Sanoq sistemalarida arifmetik amallar bajarish. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa bir sanoq sistemasiga o’tkazish usullari
Reja:
1. Axborot informatika faninig asosiy tushunchasi.
2. Axborot tushunchasi ,turlari va o’lchov birliklari.
3. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi.
4. Sanoq sistemalarida arifmetik amallar bajarish.
5. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa bir sanoq sistemasiga o’tkazish usullari.
Axborot- informatika fanining asosiy tushunchasi
Informatika fanining asos tushunchasi axborotdir. Axborot atrof-muhit ob’yektlari va hodisalari, ularning o’lchamlari va holatlari to’g’risidagi ma'lumotlardir. Kеng ma'noda axborot insonlar o’rtasida ma'lumotlar ayriboshlash, odamlar va qurilmalar o’rtasida signallar ayriboshlashni o’ziga mujassamlashtirgan umummilliy tushunchadir.
Informatika fani axborotga bizning atrof-muhit hodisalari yoki ob’yektlari to’g’risidagi tasavvurlarimizni o’zgartiruvchi, o’zaro kontsеptual bog’liq ma'lumotlar, ko’rsatkichlar, nеgizlar va tushunchalar sifatida qaraydi.
Informatikada axborot bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham kеng qo’llaniladi.
Ma'lumotlarga u yoki bu sabablarga ko’ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan bеlgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlardan biror narsa to’g’risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug’ilsa, ma'lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalanadigan ma'lumotlar, dеb atasa ham bo’ladi.
Masalan, qog’ozga tеlеfon raqamlarini ma'lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko’rsatsangiz, u buni biror axborot bеrmaydigan ma'lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir tеlеfon raqami to’g’risiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo’yilsa, avvalgi ma'lumot axborotga aylanadi.
Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy rеsurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Axborot asosan uchta muhim sifatga ega bo’lishi lozim:
Axborot to’liqlik sifatiga ega bo’lishi lozim, axborot o’rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to’liq ifodalashi lozim;
Axborot ma'lum darajada qimmatli bo’lishi lozim, aks holda undan foydalanish extiyoji tug’ilmaydi;
Axborot ishonchli bo’lishi lozim. Aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug’ilmaydi.
Axborotni turli bеlgilarga qarab tasniflash mumkin:
1. Olish usuli bo’yicha axborot quyidagi natijaga ko’ra ajratiladi:
a) tadqiqot davomida bеvosita so’rov o’tkazish orqali;
b) davriy va maxsus adabiyotlarni o’rganish orqali;
v) ma'lumotlarni tеlеfaks yoki tayyorlangan magnitli tashuvchilar vositasida uzatish.
2. Qayta ishlash usuliga ko’ra, ma'lumotlar birlamchi, ikkilamchi, hosila, mantiqiy xulosa va yakunlarga bo’linadi. Jumladan boshlang’ich axborot odatda muhitda yuz bеruvchi jarayonlarni kuzatish natijasida shakllanadi va qayta ishlanmasdan qayd etiladi. Ikkilamchi axborot o’z asosiga ko’ra birlamchi ma'lumotlarga tayanadi. Hosila axborot dastlabki, ikkilamchi yoki boshqa axborotni qayta ishlash natijasidir.
3. Tadqiqot ob’yekti nuqtai nazaridan axborot eng avvalo tashqi makromuhit ta'sirini hisobga olgan holda ma'lumotlar bazasini yaratish va avtomatlashtirilgan ma'lumotlar banklaridan foydalanish uchun ancha asoslangan yo’nalishni tanlash maqsadida bozor extiyoji va talablarini o’rganishga yo’naltirilgan.
4. Funksional vazifasiga ko’ra axborotni quyidagicha klassifikatsiyalarga ajratish mumkin:
a) yangi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishda bozorda firmaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli qanday bo’lishini ochib bеruvchi axborot;
b) bozorning aniq sеgmеntida raqobatchilar holatini ifodalovchi axborot va hokazolar.
5. Vazifasiga ko’ra, axborot ma'lumotnoma, tavsiyanoma, mе'yoriy, va signalli turlariga bo’linadi.
Ma'lumotnoma axborot ko’proq tanishtiruvchi xususiyatiga ega, ob’yektlarning qancha barqarorligi bеlgilarini tavsiflaydi va ma'lumotnomalar (spravochniklar) tizimi shaklida namoyon bo’ladi.
Xorijiy ma'lumotnoma axborotini avtomatlashtirilgan ma'lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildan-yilga uzluksiz ko’payib bormoqda.
Tavsiyanoma axborot o’z navbatida bosma nashrlarda e'lon qilingan va tijorat ma'lumotlar bazalaridagi ma'lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni o’tkazish natijalariga ko’ra shakllanadi.
Mе’yoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va foydalaniladi.
6.Taqdim etish usuliga ko’ra axborot matn, jadval, matritsa, grafik va dinamik qatorlarga bo’linadi. Matn axboroti eng ko’p rasmiylashtirilgandir, shu bois uni qayta ishlash uchun hozirgi paytda gipеrmatn dastur tizimi ko’rinishida maxsus dasturiy vositalar qo’llanilmoqda.
7. Axborot o’zining barqarorligiga ko’ra o’zgaruvchan, shartli-doimiy va doimiyga bo’linadi. o’zgaruvchan axborot ob’yektlar ishlashining miqdoriy va sifat xususiyatlarini aks ettiradi. Shartli-doimiy va doimiy axborotlar muhitning doimiy o’lchamini aks ettiradi, shu bois ular uzoq vaqt mobaynida o’zgarmas bo’lib qoladi.
Axborot tushunchasi. O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi 439-II son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi Qonuniga binoan, axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlardir.
Axborot keng qamrovli tushuncha bo’lib, unga quyidagicha ta’riflar ham berish mumkin:
1. Dalil, voqyea, xodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar;
2. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqyea, xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi bilimlar majmui;
3. Qiziqish uyg’otishi mumkin bo’lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo’lgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to’lovlar, dars jadvali, o’lchash majmualarining yer va fazo stansiyasi o’rtasidagi masofa to’g’risidagi ma’lumotlar va hokazolar axborot bo’lishi mumkin.
Axborotlarni uzatish. Axborotni uzatish deganda ehtiyojdan kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida yetkazib berish tushiniladi. Axborotlarni uzatishning turli xil usullari mavjud bo’lib, ular kompyuter dasturlari yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog’i orqali uzatish mumkin. Aloqa tarmog’i orqali axborotlarni qisqa vaqt ichida uzoq masofaga uzatish mumkin. Bunda ma’lumotlarni uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi.
Axborotning turlari: matn, tasvir, animasiya, audio va video. Ma’lumki, axborotlarni insonlar bir-biriga uzatish jarayonida matn ko’rinishdagi, jadval ko’rinishdagi, tovush ko’rinishdagi va tasvir ko’rinishdagi ma’lumotlardan foydalanadi.
Matn. Matn – bu ma’lumotlarni ifodalash shakli bo’lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matn kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon, yoki skaner yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoq orqali matnlar ma’lumotlar bo’laklari ko’rinishida uzatiladi.
Tasvir. Tasvir – bu biror voqyea, xodisa yoki jarayonlarni o’zida ifodalagan rasm bo’laklari va ranglardan iborat ma’lumotdir. Foto, manzara, matematik funksiyalar grafigi, statistik ma’lumotlar diagrammasi va shunga o’xshash ma’lumotlar tasvir hisoblanadi. Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni to’rt guruhga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1. Kulrang va rangli tasvirlar;
2. Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar;
3. Uzluksiz egri va to’g’ri chiziqlar;
4. Nuqtalar yoki ko’pburchaklar iborat tasvirlar.
Bu turkumlash tasvirni ko’rib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bog’liq.
Animasiya. Animasiya ma’lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda ma’lum vaqt oralig’ida, ma’lum sondagi bir xil o’lchamga ega bo’lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi. Natijada multiplikasiyaga o’xshash harakatlanuvchi (animasion) tasvir hosil bo’ladi. Filmlar va video ma’lumotlarning asosini animasiyalar tashkil etadi, chunki filmlar namoyishida bir soniyada 25-30 ta tasvir tezkor almashtiriladi. Shundan qilib, videofilm tarkibidagi tasvirlarni hisoblab chiqish mumkin, ya’ni bir soatlik film 3600 soniyani, undagi tasvirlar esa 90 mingtani tashkil etadi.
Animasiya orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
matn axborotini qismlashni;
tasvir qismlarining so’zsiz harakati jarayonini;
rasm harakatlarini;
tarixiy janglarning so’zsiz harakatini;
fizik va kimyoviy jarayonlarni;
texnologik jarayonlarni;
tabiiy hodisalar jarayonini;
siyosiy hodisalar jarayonini;
ijtimoiy hodisalar jarayonini;
Axborot birliklari, axborotning o’lchov va hajm tushunchalari. Har qanday maxsulotning o’lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar. Xuddi shunga o’xshash axborotning ham o’lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit xisoblanadi, bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0”. Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo’qligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. Shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o’lchamlar mavjud:
1 Kb =1024 bayt,
1 Mb=1024 Kbayt,
1 Gb =1024 Mbayt,
1 Tb =1024 Gbayt.
Zamonaviy tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish ketma-ket amalga oshiriladi, ya’ni bir bayt axborot bitlar bo’yicha uzatiladi. Tarmoq sohasida kilobayt va megabaytlar fanning boshqa sohalaridagidek o’nli sanoq tizimiga mos keladi.
Axborotning jamiyatda va kundalik xayotimizda tutgan o’rni. Jamiyatni axbortlashtirish: mehnat, ilmiy tadqiqot, loyiha, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, aholiga xizmat ko’rsatishni avtomatlashtirish, tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini axborotlashtirish kabi sohalarni o’z ichiga oladi.
Jamiyatda axborot ham bilim manbai ham eng asosiy muloqot vositasi bo’lib hisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirishda radio, televideniye, ommaviy-axborot vositalari va Internet tizimining ahamiyati juda yuqoridir. Har kim har doim biror ishni bajarish yoki biror maqsadga erishish uchun axborotdan foydalanadi. Har bir inson ob-havo prognozini, transport vositalari qatnovi jadvalini, bank va biznes ma’lumotlarini hamda kundalik yangiliklardan habardor bo’lishga muxtojdir. Agarda inson kundalik axborotlar va yangiliklardan xabardor bo’lmas ekan u jamiyatdan uzilib qolishi muqarrar.
Axborot resurslari va axborot tizimlari. O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 560-II son “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuniga binoan quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Axborot resurslari - alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to’plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to’plamlari.
Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi.
Axborot tizimi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Odatda yaxshi kompyuterlarning tezkor xotirasining hajmi 512 Kbayt yoki 640 Kbaytni tashkil qiladi. Shu o’rinda yaxshi kompyuter uchun bu ko’pmi yoki ozmi degan savol tug’ilishi tabiiy. Bitta sahifaga taxminan 50 ta satr joylashadi. Shuning uchun bitta sahifa taxminan 6050=300 belgidan iborat yoki 3 Kbayt axborotdan iborat bo’ladi. Demak kompyuterning tezkor xotirasiga 640:3=200 varaqdan iborat matnni sig’dirish mumkin ekan. Quvvati yuqori kompyuterlarning tezkor xotirasi bir necha Mbaytgacha hajmga ega bo’lishi mumkin.
Biz yuqorida ta’kidlanimizdek bitta belgidan iborat bo’lgan axborot kompyuter xotirasining 1 baytida saqlanadi.
Kompyuter sonli axborotlarni qanda tartibda qayta ishlashi, unda foydalanilayotgan prosessorga bog’liq bo’ladi.
Har bir prosessor ma’lum bir uzunlikdagi ikkilik kodlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’ladi. Eng birinchi yaratilgan shaxsiy kompyuterlarda bir buyruq bilan faqat bir bayt axborotlarni qayta ishlovi prosessorlar qo’llanilgan. Bu kompyuterlar sakkiz razryadli hisoblangan. Ko’pchilik zamonaviy kompyuterlar 16 razryadlidir. Bu kompyuterlarda bitta buyruq bilan 2 bayt axborotni qayta ishlash mumkin.
16 –razryadli kompyuterlarda butun sonlarni saqlash va qayta ishlash uchun xotiraning 2 bayti ishlatiladi. Bunday kompyuterlar qanday butun sonlarni qayta ishlashi mumkin degan savol hosil bo’lishi tabiiy. Bizga ma’lumki, butun sonlar musbat va manfiy bo’lishi mumkin. Shuning uchun son shiorasini qanday kodlash mumkin? Buning uchun 16 bitdan bittasi, ya’ni chap tomondagi bit ishlatiladi. Agar u 0 ga teng bo’lsa, demak on ishorasi musbat, agar u 1 ga teng bo’lsa, u holda son manfiy bo’ladi. Quyida butun sonlarni saqlash sxemasi keltirilgan.
2 bayt=16 bit
1 bit son ishorasi uchun 15 bit sonning absolyut qiymat uchun
Agar sxema bo’yicha 15 bitning hammasi 1ga teng 7 bo’lsa, u holda butun son eng katta absalyut qiymatiga ega bo’ladi:
(111 1111 1111 11112+1)-1=1000 0000 0000 00002-=215-1=32767
16-razryadli kompyuterlar qayta ishlashi mumkin bo’lgan eng katta butun son 32767 ga teng.
Agar katta miqdordagi butun sonlarni qayta ishlash kerak bo’lsa, u holda ularni saqlash uchun 2 baytdan ziyod xotira lozim bo’ladi. Prosessor bitta buyruq bilan bunday axborotni qayta ishlay olmaydi. Shuning uchun 32767 dan katta sonlarni qayta ishlash uchun maxsus dastur tuzish kerak bo’ladi.
Butun sonlarni qayta ishlash jarayoni bo’yicha aytilgan fikrlar haqiqiy (kasr) sonlari uchun ham tegishli bo’ladi. Odatda 16-razryadli kompyuter kasr sonlarnini qayta ishlay olmaydi, buning uchun maxsus dastur ishlatiladi.
Kompyuter xotirasida haqiqiy sonlar odatda 4 baytni egallaydi. Haqiqiy sonning o’zi eksponensial (qo’zg’aluvchan nuqtali) ko’rinishda tasvirlanadi. Masalan,
-184.525 soni -0.184525Ye+3 ko’rinishida yoziladi. Bu yerda 184525 sonning mantissasi, 3 esa son tartib (Ye+3 yozuv 103ni anglatadi.
4 baytdan iborat yacheykada sonning mantissasi ishorasi bilan tartibi ishorasi bilan saqlanishi lozim. Haqiqiy sonlarning saqlanilish sxemasi quyida berilgan.
4 bayt=32 bit
7 bit tartib uchun 25 bit son mantissasi uchun
Bu sxema bo’yicha son eng katta absalyut miqdori 26-1=63 ga teng, mantissasi eng katta qiymati 224-1=16777215 ga teng. Bundan ko’rinib turibdiki, mantissa 8 tadan ortiq o’nli raqamli haqiqiy sondan iborat bo’la olmaydi. Kompyuter hisoblash jarayonida mantissadagi ortiqcha raqamlarni tashlab yuboradi. Shuning uchun haqiqiy sonlar bilan bajariladigan barcha hisoblashlar har doim taqriban hisoblanadi.
EHM lari bu elektron raqamli qurilma. Elektron qurilma, shuning uchunki – har qanday axborot EHMda elektr signallar yordamida qayta ishla-nadi. Raqamli qurilma shuning uchunki, har qanday axborot sonlar yordamida tasvirlanadi.
Sonlarni yozish uchun qandaydir sanoq sistemalaridan foydalanish kerak bo’ladi.
Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri. Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o’z vaqtida olingan to’g’ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To’g’ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo’lishi imkonini beradi, zero Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur.
Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g’arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo’lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud. Ayniqsa bunday ma’lumotlar Internet tarmog’i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo’lgan nojo’ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto’g’ri yo’llarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish bizning vazifamizdir. Har doim axborotdan o’rinli va to’g’ri foydalanish zarur.
Kompyuterlarda axborotlarni tasvirlanishi
Har qanday axborotni katta bo’lmagan oddiy qismilarga bo’laklarga bo’lish mumkin. Masalan, matn harflardan va belgilardan, son raqamlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Harf-bu matnli axborotlarning, raqam esa – sonlarning elementlar bo’ligidir.
Axborot kodlangan deyiladi, agar uning ixtiyoriy bo’ligi sonlar ko’rinishida ifodalangan bo’lsa. Bunday sonlar kodlar deb yuritiladi. Matnning har bir harfini kodlarga almatirish orqali kodlash mumkin bo’ladi.
Kompyuter faqat kodlangan axborotlarni qayta ishlaydi. Axborotlar bilan ishlanganda uning kompyuter xotirada egallangan hajmini bilish kerak bo’ladi. Buning uchun o’lchov birliklaridan foydalaniladi.
Axborotlarning eng kichik o’lchov birligi bit hisoblanadi. Bir bit axborot- bu ikkilik raqam 0 yoki 1 dan iborat bo’ladi. Bit - axborotlarning eng kichik o’lchov birligidir. Shuning uchun kompyuterda axborotlarni elementar qismlarini qayta ishlash uchun kattaroq o’lchov birligi – bayt ishlatiladi. Bir bayt bu sakkiz razryadli kod orqalibo’lib, u yordamida qanday kattalikdagi butun sonni yozish mumkin degan savol hosil bo’lishi mumkin.
Bu son 8 bitning hammasi 1 ga teng bo’lgan sondir. Uning o’nli sanoq sistemasidagi qiymatini aniqlash uchun, unga 1 sonini ham qo’shamiz ham ayiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |