94.
MADX-ADX o‘z faoliyatini axborot-komp’yuter markazi bilan uzviy xamkorlikda amlga
oshiradi. YPX bo‘linmalari xarakatini muvofiqlashtirish yo‘l xarakatini komp’yuterlashtirish boshquruv
tizimi ishini ta’minlaydi transport oqimi yo‘nalishini kuzatishni amalga oshiradi va ularning to‘xtovsiz
xarakatini ta’minlaydi.
95. Quyidagilar MADX-ADXning vazifalari xisoblanadi:
Tezkor vaziyatni bilish mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish;
Nazoratning ta’sirchanligiga erishish naryadda turgan xodimlarga nisbatan talabchanlik iilish va
ularning mas’uliyatini oshirish;
Xizmat vazifalarini bajarishda tashabbus ko‘rsatish qonuniylikda davlat va xizmat sirlariga qat’iy
rioya etish;
Ish madaniyatiga amal qilish doimo jamoa tuzilmalari va fuqarolarning yordamiga tayanish.
96.
MADX-ADX zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun sutkalik naryad belgilanadi.
MADX-ADX shtatidagi xodimlar soni to‘liq bo‘lmaganda yoki xodimlarning betobligida yoxud
mexnat ta’tilda bo‘lganda YPX bo‘linmasi komandiri zarur tayyorgarlik va ko‘nikmaga ega bo‘lgan kichik
xamda katta ofitserlar tarkibidan navbatchilikka tayinlaydi.
97.
MADX-ADXda sutkalik naryaddan tashqari tan jaroxati yoki o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport
xodisasi sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan etib borishi uchun tergov-tezkor guruxi navbatchiligi xam
tashkillashtirishi mumkin.
98.
MADX-ADX navbatchi naryadlari o‘z faoliyatida navbatchilik qismlarining ishini tashkil etishga
doir xamda yo‘l xarakati xavfsizligini ta’minlash jamoat tartibini saqlash xuquqbuzarliklarning oldini olish
borasida qabul qilingan idoraviy normativ xuquqiy xujjatlarda belgilangan talablarga amal qiladilar.
99.
Quyidagilar MADX-ADX navbvtchilaining vazifalari xisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatilayotgan xududda yo‘l xarakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga doir
axborotlarni to‘plash qayta ishlash va ularga baxo berish;
Yo‘llarda xarakatlanishning uzluksizligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida bo‘linmaning kuch
va vositalariga tezkor raxbarlik qilish transport oqimi xarakatini tartibga solish xarakatda yuzaga kelgan
tirbandlikni bartaraf etish choralarini ko‘rish yo‘llarni qazish bilan bog‘liq ishlar bajarilishi shartlariga rioya
etilishini nazorat qilish;
YPX bo‘linmasi komandiri yo‘qligida fuqarolarni va ularning murojaatlarini qabul qilish talablariga
ko‘ra shikoyat va takliflar daftarini berish;
Ichki idoraviy xujjatlar asosida maxsus rejalar va boshqa shartli nomlar ostidagi tadbirlar rejasiga
asosan jalb etilgan kuch va vositalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
100.
Xizmatni o‘tash jadvalini tasdiqlash sutkalik naryaddagi xodimlarni almashtirish tartibini
belgilash zarur xollarda ularni navbvtchilikdan chetlatishda faqatgina YPX bo‘linmasi komandiri xamda
yo‘l xarakati xavfsizligi bo‘linmalari boshliqlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
101.
MADX-ADX naryadlarining sutkalik xizmati yiirma to‘rt soa davomiyligida tashkil etilishi
lozim. Sutkalik naryadda turgan xodimlarga ovqatlanish va qisqa muddat dam olish uchun navbatma –
navbat tanaffus berilishi xar bir xodim uchun tanaffus vaqti 3 smenada 6 soat 4 soat bo‘lishi lozim. Ish
vaqtidagi dam olish vaqti xisobga kiritilmaydi.
102.
MADX-ADX shtatidagi xodimlarga smenadan keyin tegishlicha 48 soatlik yoki 72 soatlik YPX
bo‘linasi bo‘yicha navbatchilik qilgan boshqa xodimlarga 48 soatlik dam olish vaqti beriladi.
Sutkalik naryadlarni almashtirish vaqti yo‘l xarakati xavfsizligi bo‘linmalari boshliqlari tomonidan
belgilanadi.
103.
MADX-ADXda quyidagi xizmatga oid xujjatlar bo‘lishi shart:
Yo‘l-xarakati xavfsizligi bo‘yicha normativ-xuquqiy xujjatlar to‘plami;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIB Toshkent shaxar ichki ishlar bosh boshqarmasi viloyatlar ichki
ishlar boshqarmalarining tuman shaxar ichki ishlar boshqarmalari bo‘limlari xarbiy avtomobil’ inspeksiyasi
xavfsizlik xizmati favqulodda vaziyatlar fuqaro mudofaasi idoralari navbatchilik qismlari obodonlashtirish
avtomobil’ transporti tashkilotlari tibbiyot muassalari avariya-qutqarish xizmatlari bilan aloqa bog‘lash
sxemasi;
Maxsus tadbirlar rejalari shaxsiy tarkibni xabardor qilish va to‘plash sxemasi;
Xalqaro avtomobil’ qatnovi uchun ochiq bo‘lgan avtomobil’ yo‘llari ro‘yxati;
Olib qochilgan yoki yo‘l-transport xodisasi yuz bergan joydan ketib qolgan transport vositalarini
xisobga olish kitobi;
SHikoyat va takliflarni qayd etish kitobi.
Do'stlaringiz bilan baham: