3-Yo‘l-patrul’ xizmati bo‘linmasi komandiri kadrlar bo‘yicha o‘rinbosarining vazifalari 91. Quyidagilar YPX bo‘linmasi komandiri kadrlar o‘rinbosarining vazifalari xisoblanadi:
SHaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha choraklik ish rejalarni ishlab chiqish ularning ijrosini nazorat
qilish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotnoma tayyorlash;
Kadrlarni tanlash tayinlash tarbiyalash ishlarini amalga oshirish shaxsiy tarkib tomonidan xizmat
intizomiga rioya etilishini ta’minlash o‘rnatilgn tartibda xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirishni tashkil etish;
SHaxsiy tarkib bilan ishlash yuzasidan oylik choraklik va yillik xisobotlar tayyorlash;
SHaxsiy tarkib xisobini olib borish xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonun xujjatlariga rioya
qilinishini nazorat qilish xizmat intizomi va qonun buzilishi xolatlarining xisobini olib borish ularning kelib
chiqish sabablarini taxlil qilish vaoldini olish choralarini ko‘rish;
Qonunni buzgan xodimlarga shu jumladan ularning raxbarlariga nisbatan xizmat tekshiruvlari
o‘tkazish va intizomiy choralar ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritish ushbu masala yuzasidan umumlashmalar
tayyorlash va muxokamasini tashkil etish;
Yo‘l-patrul’ xizmati bo‘linmasi komandirining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari qonun xujjatlariga
muvofiq boshqa vazifalarni xam amalga oshirishi mumkin.
4- YPX bo‘linmasi komandirining moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosarining vazifalari 92. Quyidagilar YPX bo‘linmasi komandirining moddiy texnika ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosarining
vazifalari xisoblanadi:
Bo‘linmani transport va maxus vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish transport va maxsus
texnika vositalaridan to‘g‘ri foydalanish ularga texnik xizmat ko‘rsatish xamda ta’mirlash ishlari
o‘tkazilishini o‘z vaqtida tashkil va nazorat qilish;
Transport va maxsus texnika vositalariga profilaktik xizmat ko‘rsatish jadvallarini tuzish va ularga
rioya etilishini nazorat qilish bo‘linmada mavjud bo‘lgan maxsus texnika vositalari xisobini olib borish;
Maxsus texnika vositalarni saqlash va ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi xamda ularning
butligini ta’minlash;
Bo‘linmani zamonaviy maxsus texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash
raxbariyatiga kiritish;
SHaxsiy tarkibni maxsus texnika vositalarining tuzilishi xamda ularni amalda qo‘llash bo‘yicha
o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish;
YPX bo‘linmasi komandirining moddiy texnika ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari qonun xujjatlariga
muvofiq boshqa vazifalarni xam amalga oshirishi mumkin.