2. Jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda bo’lish.Barcha tinglovchilar har bir nuqtai nazarga sabrli bo’lib, so’z erkinligini hurmat qilishlari kerak.
3. Tinglovchilarning guruhlarga bo’linishiga jiddiy e’tibor berish.
4. Tinglovchilarning hammasi u yoki bu darajada ishga jalb qilingan bo’lishi kerak.
5. Tinglovchilarning mashg’ulotga ruhiy tayyorgarligiga ko’maklashish.
6. Interfaol usullar asosida mashg’ulotlar o’tkazilganda guruhda ta’lim oluvchilar soni ko’p bo’lmasligi kerak. 4-6 kishidan iborat bo’lgan kichik guruhlarda samarali ish olib borish mumkin.
“Aqliy hujum” usuli-g’oyalarni ishlab chiqish usuli. Qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy g’oyalarini ilgari suradilar. “Aqliy hujum” quyidagi qoidalar bo’yicha o’tkaziladi: -fikr hech qanday cheklanmagan holda, iloji boricha balandroq ovozda aytilishi lozim; -har qanday fikrni aytish mumkin, u qabul qilinadi; -g’oyalarga tushuntirish berilmaydi, ular vazifalarga bevosita bog’liq holda aytiladi; -takliflar berish
to’xtatilmaguncha, aytilgan g’oyalarni tanqid yoki muhokama qilishga yo’l qo’yilmaydi. Samarali aqliy hujum uchun bosqichlar: 1. Ishtirokchilarni majburiy bo’lmagan holda o’tkazing. 2.Fikrlarni bayon qilish uchun qog’oz va doskani tayyorlang. 3.Aqliy hujum ishtirokchilariga muammoni yetkazish kerak. 4. Ish tartibini aniqlang: a) fikrlar tashlanganda ularni baholamang b) doimiy fikrlash
ozodligi v) qancha aqlli fikr ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi g) “ushlang”, “tuting” boshqalarning fikrlarini rivojlantiring 5. Fikrlar to’g’risida surishtiring va tezda ularni yozing. 6.Qog’oz varag’i to’ldirilganda, uni muhokama uchun qo’ying. 7.O’z g’oyalaringizni qo’shib yangi g’oyani rag’batlantiring. 8.Boshqalar fikrini tanqid qilish yoki ustidan kulish kerak emas, kulgiga yo’l qo’ymang. Aqliy hujumning asosiy ko’rinishlaridan biri juftlikdagi aqliy hujumdir. Agar ish daliliy axborotga
bog’liq bo’lsa, unda ta’lim oluvchilarga dalillar ro’yxatini tuzish taklifi beriladi. Ikki daqiqadan so’ng individual ishdan keyin ular bir-birlari bilan muloqotda bo’lib muhokama qiladilar va o’zlarining ro’yxatlarini birlashtiradilar.
“CHarxpalak” texnologiyasi-ushbu texnologiya ta’lim oluvchilarni o’tilgan barcha mavzularni yod olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to’g’ri javob berishga va o’z-o’zini baholashga o’rgatishga hamda qisqa vaqt ichida ularni baholay olishga qaratilgan. O’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o’quv predmetining biror-bir bo’limi tugallanganda o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash, yoki oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |