‘’Boshlang’inch ta’lim va sport tarbiyaviy ish’’ta’lim yo’nalishi sirtqi 2



Download 150,84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.12.2021
Hajmi150,84 Kb.
#94507
Bog'liq
Sevar Musurmonkulov yakuniy 9-variant



‘’Boshlang’inch ta’lim va sport tarbiyaviy ish’’ta’lim yo’nalishi sirtqi 2-

kurs talabalari uchun ‘’O’qituvchi nutq madaniyati ‘’fanidan yakuniy 

nazorat savollari. 

 

9 variant 



1. Ilmiy uslub 

2. Egalik qo’shimchalaridan foydalanish normalari 

3. Nutq odobi 

4. Kundalik (xotira; estalik) 

 

 



1. Ilmiy uslub 

 

Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan 



ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga 

tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir. 

Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida 

aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa 

mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli 

natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning 

leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul 

nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub 

bilimning 

turli sohalariga qarab

, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan 

o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, 

bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid 

ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy 

ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka 

tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub 

ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va 

darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir. 

Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi 

beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi 

badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi. 

 

 




2. Egalik qo’shimchalaridan foydalanish normalari 

 

O‘zakka  egalik  qo‘shimchalari  qo‘shish  bilan    tovush  tushishi,  



orttirilishi yoki o‘zgarishi  mumkin:  

og‘iz+im=og‘zim,  

bo‘yin+im=bo‘ynim,  obro‘-obro‘+y+im,  parvo+y+im,  o‘rtoq+im- 

o‘rtog‘im,    eshik+im-eshigim.  Ba’zi  so‘zlarga  egalik  affiksi  qo‘shaloq  

qo‘shiladi: bun+i+si, qay+si+si, singl+i+si  

       2.  Egalik  affiksining  1,2-  shaxsi  asosdan  anglashilgan  narsa  va  

belgini  faqat  kishilarga  nisbatlaydi.  3-shaxs    orqali  esa  asosdan  

anglashilgan  narsa  va  belgi  kishilardan  boshqa  narsalarga  ham  

nisbatlanadi:  Mening  ko‘ylagim,  sening  ko‘ylaging,  uning  ko‘ylagi,  

dalaning havosi, qushlar ovozi kabi.  

      3.  Egalik  qo‘shimchalari  otdan  boshqa  so‘zlarga  qo‘shilib  keladi:   

o‘qishing,  hammang,  qahramonim,qanaqasi,  o‘qiganim,  oqi,  qorasi  

kabi.  Barchasi,  beshovi  kabi  so‘zlar  tarkibida  ular  betaraf  xususiyatga  

ega  bo‘ladi.  Kishilik  olmoshlari  esa  egalik  qo‘shimchasini  qabul  

qilmaydi.  

       4. Egalik qo‘shimchalari o‘zi qo‘shilgan so‘zning  boshqa so‘z bilan  

bog‘lanishida  ishlatiladi.  Bu  vaqtda    egalik  qo‘shimchasi  qo‘shilgan  

so‘z  qaratqich    kelishigi  bilan    aloqaga  kirishadi.  Biroq,  

egalik  affiksi 

 

o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik vazifasini ko‘rsatmaydi:  mening  



kitobim,  sening  kitobing  kabi.  Agar  qaratqich  kelishigidagi  so‘z  

ko‘plikdagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, qaralmishda egalik  affiksi  

qo‘llanmasligi ham mumkin: bizning xonadon, bizning oila kabi.   

        5.  Egalik  affiksini  olgan  ot  yoki  otlashgan  so‘z    ba’zan  chiqish  

kelishigidagi  so‘z  bilan  ham    bog‘lanishi  mumkin.  Bunda  egalik  

shaklidagi  so‘z  ko‘pincha  otlashgan  so‘zlardan  bo‘ladi:  tanishlardan  

bittasi, Mehmonlardan 

kattasi.        6.  Egalik  affiksi  bosh  kelishikdagi  so‘z  bilan  birikib,  izohlovchi- 

izohlanmishli  birikma  hosil  qilishi  mumkin:  Zarafshon  daryo+si,  chet  

tillar institut+i, sut kombinat+ii.  

       7. Odatda, ot va otdan boshqa so‘zlarga avval ko‘plik affiksi, keyin  

egalik  affiksi  qo‘shiladi.Egalik  affiksidan  so‘ng  kelishik  affiksi  

qo‘shilishi  mumkin:  kitob+lar+im+dan,  yaxshi+lar+i+ga.  Egalik  

affikslarini  olgan    qarindoshlik,  yaqinlik  ma’nosidagi  otlar  hurmat  

ma’nosini  ifodalaganda esa, o‘zakka avval egalik keyin ko‘plik affiksi  

qo‘shiladi: dada+m+lar, uka+m+lar kabi.  




      8.Egalik  affikslari  ba’zi  so‘zlar  tarkibida    grammatik  ma’nosini  

yo‘qotib, o‘zi qo‘shilgan so‘z bilan  birga boshqa turkumga  ko‘chishi  

mumkin:  ertasi, kechasi (ravish) chamasi,  yaxshisi (modal so‘z).   

 

 




 

3. Nutq odobi 

 

Nutq madaniyati va nutq odobi tushunchalari, donolar nutq odobi haqida, nutqning 



shakllanishidagi 

shart-sharoitlar va nutq odobi

, nutqiy vaziyat va nutq odobi 

.O‘zbek millatining ko‘pming yillik tarixida keyingi o‘n yillikda erishgan 

yutuqlarimiz alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy 

ma’naviy-ma’rifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida 

qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga 

qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha 

tamoyillari yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilshunoslar oldiga ham yangi va 

ulkan vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni lo‘nda qilib, bir tomondan, 

tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq 

etish, ikkinchi tomondan, 

uning amaliy jihatlari

, aniqrog‘i, nutqiy madaniyat 

masalalari bilan shug‘ullanish tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Darhaqiqat, tilining 

barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni adabiy tilimizning qat’iy 

me’yorlarini 

belgilash

, ularni imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va 

so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida 

mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bular orasida 

xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bo‘lib qoladi. Chunki milliy 

istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining 

faol ishtirokchisiga aylantirish, 

yoshlarimizni esa erkin

,shu bilan birga , odatdagi, 

an’anaviy usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad qilib 

qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi. O‘rta Osiyo madaniyati 

tarixida ham nutq madaniyati bilan shug‘ullanish o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan. 

Ulug‘ turkolog olimlar Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», 

Yusuf 

Xos Hojibning 



«Qutadg‘u bilig» asarlari bu masalaning juda qadimdan o‘rtaga 

qo‘yib kelinganligidan dalolat beradi. U paytlar «nutq odobi» deb yuritilgan sodda 

va o‘rinli gapirish, qisqa va mazmundor so‘zlash, ezmalik va laqmalikni qoralash, 

keksalar va ustozlar 

oldida gapirganda odob saqlash

, to‘g‘ri, rost va dadil gapirish, 

yolg‘onchilik va tilyog‘lamalikni qoralash singari 

bit qator ko

 ‘rsatmalar bugun 

biz «nutq madaniyati» deb atab kelayotgan tushunchaning aynan o‘zidir. 

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida ham «Til fazilatlari, foyda va 

zararlari haqida», «Til ardami» deb nomlangan maxsus boblar bo‘lib, ular so‘zlash 

madaniyatiga bag‘ishlangan. Ayrim namunalar keltiramiz. 

So‘zingni ko‘dazgil boshing bormasin, 




Tilingni ko‘dazgil tishing sinmasin... 

(So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin, 

Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin...) 

Esanlik tilasa saning bu o‘zung, 

Tilingda chiqarma yarog‘siz so‘zung. 

(Sening o‘zing esonlik tilasang, 

Tilingdagi yarog‘siz so‘zingni chiqarma). 

Bilib so‘zla so‘z biligka sonur, 

Biligsiz so‘z o‘z boshini yeyur. 

 

 




4. Kundalik (xotira; estalik) 

 

Qadimda ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini 



zamonaviy tilda aytsak, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanlar. SHarq 

tarbiyasida islom dinining roli muhimdir. «Islom dini-bu otabobolarimiz dini, u biz 

uchun ham iymon, ham ahloq, ham diyonat, ham ma‘rifat ekanligini unutmaylik. 

Ana shu ma‘rifatli kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladigan va yaxshi o‗gitlarga 

amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo‗lishiga izzatehtirom 

tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar». Islom dini har qanday davrda ham 

insonlarni poklikka undagan, yaxshi xislatlarni ko‗paytirib yomon xislatlardan 

xalos etishga chorlagan. Kasbiy pedagogika tarbiyalanuvchi shaxsini har 

tomonlama rivojlantirish uchun zarur bo‗lgan eng samarali shart-sharoitlarini 

o‗rganadi va aniqlaydi. Bu masalani hal qilish uchun avvalo «shaxs» degan 

umumiy tushunchaning ma‘nosini va shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, 

rivojlanishning ko‗rsatkichlarini shaxsning shakllanishida ayrim muhim omillar 

rolini bilish, individning rivojlanish jarayoni bosqichlarini aniqlash, shaxsni 

shakllantirishda ta‘lim-tarbiyaning shaxs aktivligi rolini o‗rganish kerak bo‗ladi. 

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda ma‘naviyatni 

rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti 

Islom Karimovning har bir ma‘ruza va asarlarida yuksak ma‘naviyat kelajak 

poydevori ekanligi qayta-qayta ta‘kidlanmoqda. Haqiqatan ham inson 

ma‘naviyatini yuksaltirmasdan turib, jamiyatimiz turmush tarzida, mamlakatimiz 

taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishib bo‗lmaydi. Islohotlarning birinchi 

bosqichida milliy ma‘naviyatni izga tushirib olish yo‗lida ko‗zlangan maqsad 

asosan amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‗lgan 



vazifalarga zamin hozirlandi. Ma‘naviy parokandalik davriga barham berildi. 

Download 150,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish