1-bob. Qadimgi Madaniyatning asosiy omili


-BOB. Qadimgi Madaniyatning asosiy omili



Download 71,48 Kb.
bet2/16
Sana24.01.2023
Hajmi71,48 Kb.
#901748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 5193040834425003536

1-BOB. Qadimgi Madaniyatning asosiy omili
1.1.Qadimgi davlatlar asosida madaniyat rivoj

Davlatchiligimiz asosi qaerda va qaysi zamonda boshlanadi, degan savolga kelsak, tarixchilarimiz, ayniqsa, buyuk o’zbek olimi Yahyo G’ulomov va rus akademigi S.P.Tolstovlarning ilmiy xulosalariga asoslanib, asosan Xorazmda yuzaga kelgan “Avesto” muqaddas kitobiga tayanib, davlatchiligimizning asosi, Prezidentimiz suHbatda aytganlariday, bundan 2700-3000 yil muqaddam Xorazmda boshlangan deb javob berish mumkin bo’ladi. Akademik A.Asqarovning ilmiy fikriga ko’ra, Parkana (Farg’ona), Baqtriya davlatlari ham 2800-3000 yil ilgari yuzaga kelgan. Biroz keyinroq Vatanimiz tarixida muhim O’rin egallagan SO’diyona davlati vujudga keldi. Ilgari aytganimizday, kO’chmanchilar tuzgan davlatlarning Vatanimiz davlatchiligidagi o’rnini inkor etib bo’lmaydi. Ammo davlatchiligimizning shakllanishi jarayonida “tubjoy” davlatlarning o’rni va roli beqiyos buyukdir.


Davlatchiligimiz tarixini asosan, besh bosqichga bo’lib O’rganamiz. Birinchi bosqich sO’nggi bronza davri (miloddan oldingi I ming yillik boshlari)dan Eron AHmoniylari istilosigacha bo’lgan davr (miloddan avvalgi VI asr O’rtalari).
Tarixchi olim A.Saodullaevning yozishicha (“O’zbekiston tarixi” “Universitet nashriyoti, 1997”) ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni taHlil qilish shuni kO’rsatdiki, mil.avv. I ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshladi. SO’nggi bronza davrida meHnatning dastlabki yirik taqsimoti rO’y beradi. CHorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Iqtisodiy Hayotdagi siljishlar tufayli ortiqcha mahsulot paydo bo’lib, bu mahsulot maolum shaxslar qo’lida tO’plana boshlaydi. Qishloqlar kengayib shahar larga aylanib borar ekan, bu shahar lar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining maomuriy markazi bo’la bordi. Ammo shuni alohida ta`kidlash lozimki, Markaziy Osiyodagi ilk davlat uyushmalari haqidagi yozma maolumotlar juda kam. Mavjud yozma manbalar arxeologik tadqiqotlar bilan solishtirilganda birmuncha ishonchli bo’ladi.
Maolumki Har bir davlatning bosh yacheykasi oiladir.
“Avesto” maolumotlariga ko’ra, ilk quldorlik davrida Markaziy Osiyo jamiyati alohida oilalardan tashkil topganini ko’ramiz. Erga uru jamoasi, egalik qilgan, bir nechta urular qabilaga birlashgan, nisbatan yirik qabilalar birlashib viloyat (“daxyo”) bo’lgan, bu viloyatlarni boshliq (“qavi”) boshqargan. Qabila boshliqlari maolum vaqtda tO’planib kengashib turishgan. “Avesto” qadimgi jamiyatni koxinlar, Harbiylar, dehqonlar, chorvadorlar va Hunarmandlar kabi tabaqalarga bo’ladi. Qadimgi xO’jaliklar chorvachilik va dehqonchilikka alohida eotibor berganlar.
Akademik A.Asqarovning yozishicha, Yunon mualliflarining xabariga ko’ra, bu zaminda qabilalar konfederatsiyasi asosida tarkib topgan dastlabki davlat bo’lgan. Bular “Katta Xorazm” va “Baqtriya podsholigi” bo’lib, ular Harbiy demokratik printsiplar asosida tarkib topgan. Afsuski, yozma manbalarda ular haqida uzuq-yuluq va juda qisqa maolumotlar uchraydi.
“Avesto” maolumotlari asosida mashHur xorazmshunos olim S.P.Tolstov, Ovrupo olimlaridan V.Xenning ham da I.Gershovichlar “Katta Xorazm” davlati haqidagi arxeologik izlanishlar va tarixiy-geografik maolumotlarni solishtirib O’z qarashlarini bayon etganlar. Masalan, S.P.Tolstov “Avesto”da Zaratushtraning vatani Aroyanam Vaychax-qadimgi Xorazm bo’lgan deydi.
“Avesto”ga ko’ra, Zaratushtraning Vatani Aroayanom Vaychax Daitiya daryosining soHilida joylashgan. S.P.Tolstov va qator boshqa olimlar Daitiya bu Amudaryodir deydilar. Qadimgi Xorazm Amudaryo xavzasida joylashgan viloyat ekan, Zaratushtra O’z ta`limotini shu zamindan chiqib boshqa viloyatlarga tarqatgan, degan xulosaga keladi S.P.Tolstov.
“Avesto”da “Katta Xorazm”ga tegishli viloyatlar sanab O’tiladi. Bunga ko’ra, O’rta Osiyoning deyarli katta qismi “Katta Xorazm”ga tegishli ekanligiga qanoat Hosil qilish mumkin.
Miloddan avvalgi IV asrda Amudaryo quyi oqimi hududida Qadimgi Xorazm davlati tashkil topdi. Uning podshosi sifatida Farasman ismli shaxs Yunon tarixchilari tomonidan tilga olinadi. Iskandar Zulqarnayn Hindiqush orqali Baqtriyaga, undan SO’diyonaga qo’shin tortib kelganda Xorazm podshosi Farasman uning Huzuriga sova-salomlar bilan kelgan va Shimol tomonlarga yurish qilmoqchi bo’lsa, O’z qo’shini bu unga yordamga tayyor ekanligin bildirgan.
Markaziy Osiyo hududida ahamoniylarga qadar tashkil topgan ikkinchi davlat bu Baqtriya podsholigidir. Bu davlat haqidagi dastlabki maolumotlar Yunonistonlik tabib Ktesiyda uchraydi.
Keyingi yillarda qadimgi Baqtriya hududida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari Yunon mualliflarining “Qadimgi Baqtriya podsholigi” haqidagi Hikoyalari zaminida tarixiy Haqiqat borligiga ishora qiladi. Bunga misol qilib Janubiy Baqtriya Oltin - 1 va Oltin - 10 ham da Baqtriya shaHri vayronalarini, Shimoliy Baqtriyada Kuchuktepa, Qiziltepa, Tallashkantepa, Bandixon-2 kabi yodgorliklarni kO’rsatish mumkin. Ularning Har biri mahal liy Hokimliklarning O’rdasi bo’lgan. Qadimgi Baqtriya podsholigi esa ana shu tuman va viloyatlarni birlashtiruvchi Harbiy-demokratik tipdagi konfederatsiya edi.
Shunday qilib, O’rta Osiyoni ahamoniylar saltanati bosib olgunga qadar (bu voqealar miloddan avvalgi VI-IV asrlarda sodir bo’lgan edi) bu ona zaminda Harbiy-demokratiya printsiplari asosida tarkib topgan ikkita davlat mavjud bo’lgan. Bular haqida “Avesto” va Yunon mualliflari juda qisqa bo’lsa-da, tegishli maolumotlar qoldirganlar. Bu davlatlar “Katta Xorazm” va Qadimgi Baqtriya podsholigi edi. Ularning hududiy doirasi, ichki davlat tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy ham da madaniy aloqalar haqida, ular O’tgan davr haqida Hali olimlar orasida Ko’p ilmiy munozaralar bo’ladi, ular haqida Ko’plab maxsus ilmiy tadqiqotlar O’tkaziladi va yangidan-yangi asarlar chop etiladi.
Eron ahamoniylari bosqinlari (milodda avvalgi VI-IV asrlar) va makedoniyalik Iskandar istilolari (miloddan avvalgi IV-III asrlar) davrida Vatanimiz xalqlarining uzoq va shonli kurashlariga, daxshatli qO’zolonlariga (Spitamen) qaramay, mahal liy davlatchiligimiz barham topdi.
Markaziy Osiyo (miloddan avvalgi 522-521 yillar)da bo’lib O’tgan xalq qO’zolonlari Doro I ni qattiq ichki siyosat olib borishga majbur o’tdi. U Hatto saroy aristokratiyasi Huquqlarini ham cheklab, mamlakatda Hokimiyat tartiblarini O’rnatdi.
Gerodotning Habar berishiga qaraganda, Doro I O’z imperiyasini alohida viloyatlarga-satrapliklarga bo’lib idora qilgan. Har bir satraplik Har yili davlat xazinasiga maolum miqdorda soliq tO’lashga majbur edi3.
Makedoniyalik Iskandar vafoti (miloddan avvalgi 323 yil)dan keyin taxt uchun kurashlar natijasida Sharq erlari lashkarboshi Salavkga o’tdi. U miloddan avvalgi 293 yil Sharqni idora qilish ishini O’zining Spitamen qizi Apamadan bo’lgan o’g’li Antiox I ga topshirdi
Miloddan avvalgi III asrning O’rtalariga kelganda (miloddan avvalgi 250 yil) salavkiylar saltanatinig O’rta Osiyodagi mavqei butunlay tushib ketdi. Saltanatning Sharqiy satrapliklari markaziy Hokimiyatga bo’ysunishdan bosh tortib, ularning Har biri mustaqil siyosat yurgizishga intildi. Ayniqsa, bu vaziyat Parfiya va Baqtriya satrapiklarida ko’zga yaqqol tashlanar edi. Bu vaqtda Baqtriya satrapi Diodot edi. Strabonning fikriga qaraganda Baqtriyaning salavkiylardan ajralib chiqishi, baqtriyaliklarning markaziy Hokimiyatga nisbatan isyoni edi. Baqtriyaning salavkiylardan ajralib chiqishiga Diodotdan tashqari, Evtidem ham aralashgan. Evtidem xuddi O’sha vaqtda SO’diyona Hokimi bo’lib, u Diodotga tobe edi.
Shunday qilib, miloddan avvalgi III asr O’rtalarida davlatchiligimiz yana O’z taraqqiyotining ikkinchi mustaqillik pallasiga kirdi.
Mustaqillikka erishgan Baqtriya Diodot I davrida qudratli davlatga aylandi. Miloddan avvalgi 212 yilda Evtidem Yunon-Baqtriya davlatining podshosi edi.
Miloddan avvalgi 206 yildan boshlab Yunon-Baqtriya davlati uchun salavkiylar tomonidan endi Hech qanday xavf yo’q edi.
Evtidemning O’li Demetriy davrida (miloddan avvalgi 199-167 yillar) Baqtriyaning hududi kengayib Har jihatdan yuksaldi. Uning nomi bilan Ko’plab joylarda tangalar zarb etildi. Davlatni boshqarish borasida isloHot O’tkazildi. Bunga ko’ra davlatni mayda Hokimliklarga bo’lib boshqarish joriy etildi. Demetriy mahal liy aslzoda vakillarini davlatni boshqarish ishiga tortadi.
Nihoyat, miloddan avvalgi 141 va 128 yillar orasida Yunon-Baqtriyaga Shimoldan kelgan kO’chmanchi yue-chjilar barham berdilar.
Vatanimix tarixida muhim rol O’ynagan Sharqning bu davlati 120 yildan ortiq vaqt yashadi. Tarixchilar bu davrda oldin Baqtriyaga qaram bo’lgan, keyin, miloddan avval II asrda, mustaqil bo’lgan SO’diyona haqida ham Ko’p gapiradilar.
Xitoy yozuvi (xit. an’anaviy 漢字, soddalashtrilgan 汉字, pinyin: hànzì) — soʻz va morfemalarni yozishda maxsus belgilar — iyerogliflar qoʻllanadigan yozuv. Xitoy yozuvida iyerogliflar shakli turli kombinatsiyalarda takrorlanuvchi 1 dan 36 tagacha boʻlgan standart chiziqlardan tashkil topadi. Iyerogliflar maʼlum yozuv qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda muayyan tartibda (chapdan oʻngga, yuqoridan pastga) yoziladi. Eng qad, piktogrammaiyerogliflar mil. av. 2ming yillik oʻrtalariga mansub. Xitoy yozuvi tarixida iyerogliflarning 7 xil — gu ven (qad. yozuv), da juan (katta belgili yozuv), syao juan (kichik belgili yozuv), li shu (rasmiy yozuv), sing shu (yarim tez yozuv), sao shu (tez yozuv), kay shu (namunali yozuv) kabi yozilish uslublari boʻlib, ular 4—5 ming yil davomida biri birining oʻrnini egallagan holda shaklan oʻzgarib, takomillashib borgan. Xoz. paytda mil. 1—2-asrlarda ishlab chiqilgan „kay shu“ husnixat turidan keng foydalanilmoqda4.

Xitoy yozuvi


An'anaviy va soddalashtirilgan iyerogliflarYozuv tipiideografikTillarxitoy tili, yapon tili, avval qo‘llaganlar: vyetnam tili, koreys tiliPaydo boʻlish joyiXitoyHududXitoy Xalq Respublikasi, Xitoy Respublikasi, Yaponiya, Singapur, MalayziyaYaratuvchiCangjieYaratilgan sanasitm. eramizdan 2000 yil avvalDavreramizdan 2000 yil oldin - bugungi kungachaYozuv yoʻnalishichapdan o‘ngga, avval - tepadan pastga, o‘ngdan chapgaBelgilar soni60 000 atrofidaTarixiy hujjatszyaguvenQardoshlarikoreys xancha yozuvi, yapon kandzi yozuviUnicode koʻlamiU+4E00…U+9FA5, U+20000…U+2A6D6 va b.ISO 15924Hani, 500


Xitoy yozuvi da iyerogliflarning umumiy soni 60 mingdan koʻggroq boʻlib, shulardan taxminan 96 foizi murakkab (ikki va undan ortiq qism — chiziqsan tuzilgan) va 4 foizi sodda (faqat bir qismdan iborat) iyerogliflar hisoblanadi. Hozirgi xitoy tilida taxminan 8—10 ming iyeroglif qoʻllanadi.

Xitoy anʼanalarida iyerogliflarning 6 turkumi farklanib, ular 3 guruhga ajratiladi: 1) piktogrammalar va ideogrammalar — 1500 atrofida boʻlib, ular eng qad. sodda belgilar, shuningdek, mavhumroq maʼnolarni ifodalovchi aralash belgilardan iborat; 2) fonogrammalar (iyerogliflarning koʻpchiligi) — soʻz yoki morfemaning maʼnosiga ishora qiluvchi ochqich (kalit)lardan iborat murakkab belgilar hamda belgining aniq yoki taxminan talaffuzini koʻrsatuvchi fonetik belgilardir. Ochqichlar har doim sodda belgilar koʻrinishida, fonetik belgilar esa sodda va murakkab holatda boʻladi. Xitoy lugʻatlarida iyerogliflar odatda ochqichlar boʻyicha joylashtiriladi; 3) „oʻzlashma“ iyerogliflar — dastlab muayyan soʻzlarni yozish uchun yaratilgan, keyinchalik boshqa, mavhum maʼnoli soʻzlarni yozish uchun qoʻllangan turli koʻrinishdagi belgilar. Ayni bir iyeroglif maʼnosi bir xil boʻlsada, turli laxjalarda fonetik jihatdan farqlanuvchi soʻzlarni, shuningdek, qad. va hozirgi tidda talaffuz jihatdan anchagina farq qiluvchi soʻzlarni yozish uchun qoʻllanadi.


Xitoy yozuvi dastlab Yaponiya, Koreya va Vyetnam xalklari tomonidan muayyan miqdordagi xitoycha soʻzlar bilan oʻzlashtiriladi. 20-asr oʻrtalarida iyerogliflardan faqat Yaponiya va Jan. Koreyada (yapon boʻgʻinli yozuvi va koreys alifbosi bilan qoʻshilgan holda) foydalana boshlandi. Bugungi kunda Jan. Koreyada Taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanib, keng isteʼmol uchun qabul qilingan 2000 ta iyeroglifdan foydalanilmoqda.

1958-yil fevralda XXRning Xitoy iyerogliflarini isloh qilish qoʻmitasi tomonidan iyerogliflarning talaffuzi uchun lotin grafikasi asosida 26 harfdan iborat transkripsion alifbo qabul qilindi. Ushbu alifbo hozirgi kunda jamiyatning barcha sohalarida keng qoʻllanmoqda. Xitoy yozuvini isloh qilish va alifboli yozuvga oʻtish lahjalarning koʻpligi va tarqokligi, madaniy meros va til muammolari sababli katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 1956 yildan XXR da iyerogliflarni grafik jihatdan soddalashtirish ishlari olib borilmoqda.




-3-
Ammo bu davrda tashkil topgan - somoniylar va XorazmshoHlar davlati davlatchiligimiz rivojida alohida O’rin egallagan tubjoy davlatlar bo’lib, ular davlat tizimining shakllanishida muhim rol o’ynaganlar.
VIII asr oxiri IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan oir siyosiy vaziyat abbosiylarning MovvarounnaHr va Xurosonda olib borayotgan siyosatini O’zgartirishga majbur o’tdi. Endilikda ular Sharqiy viloyatlarni boshqarishda davlat ishlariga mahalliy zodagonlarni jalb qilish va ular qo’li bilan bu viloyatlarni xalifalik tasarrufida tutib turishga Harakat qiladilar. Natija abbosiylar O’ylagandek bo’lib chiqmadi. Mahal liy zodagonlar MovarounnaHr va Hurosonnni asta-sekin O’z tasarrufiga olibgina qolmadilar, balki xalifalik markazida ham da Hokimiyatni boshqarishda tobora Ko’proq rol O’ynaydigan bo’lib qoldilar.
Ular masalan, 813 yilda Maomunning xalifa bo’lishida katta rol O’ynadilar. Bular orasida MovarounnaHrlik Somonxudot ham bor edi. Maomun uning yordamini unutmadi. Uning nabiralari Nux - Samarqandga. AHmad - Farg’onaga, YAHyo SHosh va Ustroshonga, Ilyos - Xirotga noib etib tayinlandi. O’zaro kurashlarda engib chiqqan Ismoil Somoniy (AHmadning nabirasi, 874-907 yillar Hukmronlik qilgan) MovarounnaHrni, Xurosonni birlashtirib yagona Hukmron bo’lib oldi va Somoniylar davlatiga asos soldi (888
yil). Bu saltanat X asr oxirigacha davom o’tdi5.
Ismoil Somoniy O’rta asrlarning qobiliyatli, serayrat va zukko davlat arbobi edi. U MovarounnaHrni birlashtirgach, mustahkam feodal davlat tuzishga intiladi. U O’z Vatanida barqaror tinchlikni taominlab, uni mustahkamlashda Hukmronlik qobiliyatining ham ma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Avvalo katta qo’shin tO’plab, kO’chmanchilar dashtiga askar tortadi. 893 yilda Taroz shaHrini fatx etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi.
MovarounnaHr mustaqilligining barqarorligi, avvalombor, markazlashgan mustahkam Hokimiyatning qaror topishiga boliq edi. Shuning uchun ular buni yaxshigina anglagan ixcham davlat maomuriyatini tashkil etadilar. Bu maomuriyat podsho dargoHi va devonlar Hokimiyatidan iborat edi.
DargoHda amir xarami ham da saroy aoyonlari navkar va xizmatchilar turar joylari bo’lgan. N.Narshaxiyning maolumoti bo’yicha Somoniylar davlatini devoni vazir, devoni mustafiy, devoni amid al-mulk, devoni soHibi shurat, devoni soHibi muayyid yoki barid, devoni mushrif, devoni muallikayi xos, devoni muxtasib, devoni avkof va devoni kazo nomlari bilan yuritiladigan devonlar boshqaruvi idora etgan. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv maHkamasi hisoblangan va davlatning maomuriy, siyosiy va xO’jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida bo’lgan. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Mustavfiy devoni xazina (moliya), kirim-chiqimlar, amid al-mulk devoni-davlat xujjatlari va elchilik aloqalari, soHibi shurat devoni-Harbiy, xususan amirning turkiy gvardiyasi va uning taominoti. SoHibi muayyid devoni - maktubot va axborot, yaoni pochta, mushrif - saroy ish boshqaruvchisi, muallikayi xos devoni - davlat mulklari, muxtagisb devoni - bozorlardagi toshu-tarozilar, narxu-navo ham da fuqarollarning mafkurasi, kazo devoni - adliya, avkod devoni masjid va madrasalarning vaqf xO’jaliklari bilan shuullanar edi.
Nasr Ibn AHmad (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi man shu maxsus binoga joylashgan. MaHkama xizmatchilari saroy aHli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan iborat bo’lib, ular muayyan bilimlarga ega bo’lishi shart edi. Odatda, ular arab va fors tillarini puxta egallaganlar. Ular Quroonni va shariatning asosiy qoidalarin yaxshi biladigan, turli fanlardan birmuncha xabardor bo’lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan.
Shubxasiz, bu O’rta asrlarning O’ziga xos feodal-amaldorlik madaniyati edi. Qadimiy anoanalarga asoslangan bu madaniyat somoniylar davrida ancha-muncha boyitilgan.
Markaziy maHkama viloyatlardagi mahal liy boshqarmalar bilan doimiy aloqada bo’lgan. Viloyatlarda, matbuot va axborot (pochta) devonidan tashqari, barcha devonlarning vakillari bo’lgan. Viloyat devonlari, bir tomondan, mahal liy Hokimga, ikkinchi tomondan markaziy maHkamaning tegishli devoniga bo’ysunar edi. Viloyat Hokimlari baozan vazir deb yuritilgan. Ular sulolaviy xonadonga tegishli amirzodalar yoki sobiq mahal liy Hukmdorlar ham da zodagon dehqonlardan tayin etilgan, bulardan tashqari, Har bir shahar da rais - shahar boshlii ham da muxtasib-nazoratchi bo’lgan. Ularni Hokimning bevosita O’zi mahal liy aslzodalar yoki Ko’pincha oliy tabaqa ruhoniylarning nufuzli vakillaridan tayinlagan. Mansabdorlarning xizmat xaqi uchun davlatning yillik daromad byurolari (byudjeti)ning deyarli yarmi sarf etilgan.

Download 71,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish