1-bob O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlar



Download 46,86 Kb.
bet1/7
Sana13.07.2022
Hajmi46,86 Kb.
#785582
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
suxrob k



Mundarija
1.Kirish………………………………………………………………....
1-bob O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlar……………………………
1.1 Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish...... 1.2 O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni to’g’risidagi qonunlarga o’zgartirish va qo’shimchlar kiritish
2-bob O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish bosqichlari
2.1 Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing……………………………
2.2 Tashqi iqtisodiy faoliyatda transport aloqalar ahamiyati…..

Kirish
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, eksport salohiyatini kuchaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, fitosanitariya, sanitar-epidemiologik, veterinariya, ekologik nazorat organlari va sertifikatlash organlari (keyingi oʻrinda – vakolatli organlar) faoliyatini oʻrganish natijalari ularning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtuvchi tovarlar va transport vositalariga nisbatan nazorat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligi va tezkorligini oshirish, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlikni jadal joriy qilish orqali takomillashtirish zarurati mavjudligini koʻrsatmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–4059-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda – “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi) 2021 yil 1 yanvarga qadar BMTning Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va elektron ish amaliyotlari boʻyicha markazi tomonidan ishlab chiqilgan “yagona darcha” mexanizmini yaratish boʻyicha tavsiyalar va yoʻl-yoʻriq tamoyillari mezonlariga javob beradigan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimini (keyingi oʻrinda – “Yagona darcha” BAT) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
“Yagona darcha” BATni joriy etishda tashqi iqtisodiy faoliyat (keyingi oʻrinlarda – TIF) subyektlariga quyidagi imkoniyatlarni yaratadigan mexanizm nazarda tutilsin:
import, eksport va tranzitga taalluqli barcha tartibga solish talablarini bajarish maqsadida standartlashtirilgan maʼlumotlar va hujjatlarni yagona oʻtkazish kanalidan foydalangan holda taqdim etish;
axborot almashinuvning maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlovchi normativ-huquqiy baza bilan mustahkamlagan holda, tashqi savdo bitimlariga doir barcha axborotlarni almashish; davlat bojxona xizmati, vakolatli organlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsat etuvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning bosqichlarini masofadan kuzatish; barcha uchun ochiq boʻlgan elektron shakldagi ruxsat etuvchi hujjatlar reyestrlarini (keyingi oʻrinlarda – Reyestrlar) yuritishga toʻliq oʻtish;
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlardagi epizootik, karantin va fitosanitariya holatlari toʻgʻrisidagi ochiq maʼlumotlarni
eng soʻnggi koʻrsatkichlar holatida ushlab turish;
dastlabki maʼlumotlar asosida tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga amalda yetib kelishiga qadar ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarni berish.
2. “Yagona darcha” BATning samarali va toʻliq faoliyat yuritishi, shuningdek, vakolatli organlarning nazorat punktlaridagi ishlarini tizimli yondashuv va doimiy nazorat asosida tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Qoʻchqorov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattorov) va “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev) rahbarlarining shaxsiy javobgarligi koʻrsatib oʻtilsin.
3. Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda – Ishchi guruhi) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
4. Ishchi guruhi 2019 yil 1 oktyabrga qadar boʻlgan muddatda bojxona maʼmuriyatchiligini isloh qilish, davlat nazorati samaradorligini oshirish, TIF ishtirokchilarining xarajatlarini qisqartirish sohasida tanqidiy tahlillar oʻtkazsin va tahlillar yakunlari asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonini takomillashtirish boʻyicha konsepsiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun kiritsin. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
haddan ziyod maʼmuriy toʻsiqlar va davlat organlarining bir-birini takrorlovchi funksiyalarini bekor qilish;
resurslar cheklanganligi sharoitida davlat xarajatlarining erishilgan yoki kutilayotgan samaraga nisbatini inobatga olgan holda, xavf-xatarlarni boshqarishning toʻlaqonli tizimini joriy etish; “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini keng qoʻllash; bojxona koʻrigida tovarlar qadoqlarini buzib ochish holatlarini qisqartirish.
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilaridan quyidagilarni talab qilib olish taqiqlansin: ruxsat etuvchi xarakterga ega hujjatlarni berishda va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda – karantin ostidagi mahsulotlarni eksport va import qilishda zararsizlantirish (fumigatsiya) dalolatnomasini; eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda – oʻrov varagʻini; import qilinayotgan tovarlarga vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi hujjatlar va muvofiqlik sertifikatlarini berishda –Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelganlik toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan tovarlarning kuzatuv hujjatlarini (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura va boshqalar); vakolatli organlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olishda – ishonchnomalarni; import tovarlariga muvofiqlik sertifikatini berishda – normativ hujjat nusxasi, sanitar-epidemiologik xulosa nusxasini; vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarni berishda – ishlab chiqaruvchi mamlakat toʻgʻrisida sertifikatni; 2020 yil 1 yanvardan boshlab tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida, shuningdek, import qilinadigan tovarlarga muvofiqlik sertifikatini berishda – xalqaro shartnomalarda maxsus qogʻoz blankalarda rasmiylashtirishni talab qiladigan hujjatlardan tashqari, vakolatli organlar tomonidan qogʻoz shaklida beriladigan ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarning asli va nusxalari..


Download 46,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish