2.bob O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish bosqichlari Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari haqida tikr bildiril-ganda, asosan muayyan mamlakatning tovar eksport-import operatsiyalari, kapitallar, kreditlar, investitsiyalar harakati, ishchi kuchi migratsiyasi va ular bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar nazarda tutiladi. Mustaqillikning dastlabki bosqichida eksportning asosiy qismini xomashyo tashkil etgan bo'lsa, iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida tayyor malisulotlarni eksport qilish jadallik bilan ko'payib bormoqda.
O'zbekistonda davlatning tashqi iqtisodiy sohadagi siyo-satini shakllantirishda rejali iqtisodiyotdan meros bo'lib qolgan iqtisodiy aloqalarning xususiyatlari ham hisobga olingan. Unga ko'ra, an'anaviy tovarlar savdosi bilan cheklanib qolish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xizmatlar va axborotlar, moliya kapitali va ishchi kuchi bilan ayirboshlash kabi turlarini deyarli rivojlanmaganligini, importning eksportdan ustunligi, eksport va import strukturasining samarasizligi: chetga asosan xomashyo chiqarilib, chetdan iste'mol tovarlari keltirilganligi kabi salbiy jihatlarini sanash mumkin.
Bunday holat respublika iqtisodiyotidagi nomutanosiblikni yanada chuqurlashtirdi. Shuning uchun ham O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo'shilishi respublikaning mavjud imkoniyatlarini obyektiv baholashni va ulardan milliy manfaatlar yo'lida imkoni boricha to'liq foydalanishni talab qiladi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining xatti-harakatlarini erkinlashtirish borasida izchil islohotlar olib borildi. Unga ko'ra, islohotlarning tadrijiy rivojlanish bosqichida dastlab tashqi savdoni tartibga solishning institutsional va huquqiy bazasi yaratilib, tashqi savdoni tartibga solishda bilvosita ma'muriy usullardan keng foydalanilgan bo'lsa, keyingi bosqichlarda tashqi savdoni tartibga solishning xalqaro amaliyotga mos keladigan bevosita iqtisodiy usullari joriy etilib, ekportga yo'naltirilgan tashqi savdo siyosati olib borildi. Tashqi savdoni bosqichma-bosqich erkinlashtirilishi natijasida milliy valutani joriy operatsiyalar bo'yicha konvertatsiyalashuviga erishildi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi savdosini erkinlashitirish bosqichlari:
Birinchi bosqich 1991-1994-yy-
Import o'rnini qoplash siyosatining yiiritilishi. Tashqi savdoni tartibga solishning iastitutsional va huquqiy bazasi yaratildi. Tashqi savdo siyosatida notarif usullari yetakehillk qildi.
Ikkinchi bosqich 1995-1997-yy-
Tashqi savdoni tartibga solishning xalqaro amaliyotiga mos keladigan dastaklari joriy qMindi. Bu davr miqdoriy cheklovlarining qisqarishi hamda keng miqyosda eksport va import bojlarini faol qo'llash davri hisobianadi.
umumiy hajmida o'zi ishlab chiqargan tovarlar eksportining erkin konvertatsiyalanadigan valutaga eksport qilish ulushiga bog'liq holda daromadga soliq solishning regressiv shkalasi amal qiladi.
Eksport ulushi:
Uchinchi bosqich —
1997-1999-yy-
Bu davr tashqi savdoni erkinlashtirishni chuqur-lashtirish, tarif va notarif usullarini soddalashtirish, mamlakat eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan savdo siyosatining yuritilishi, eksport bojlarining bekor qilinishi, eksportga yo'naltirilgan siyosatning oMb brilishi bilan izohlanadi.
To'rtinchi bosqich
2000-2003-
yy-
Tashqi savdoni va valuta bozorini erkinlashtirishga qaratilgan yangi davr hisobianadi. 2002-yilning 1-iyulidan boshlab import tarifining uch pog'anali stavkalari (0; 10; 30) joriy etildi.
Beshinchi bosqich — 2003-yildan hoziiga qadar
O'zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish bosqichi. Tashqi savdoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish natijasida milliy valutaning joriy operatsiyalar bo'yicha konvertatsiyalashuviga erishildi. Bu, o'z navbatida, eksportga yo'naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuchli rag'batlantirish bo'ldi.
Respublikamizda ham eksport salohiyatini oshirish inaq-sadida milliy ishlab chiqaruvchilarga o'zi isfaiab chiqargan tovar (ish, xizmat)Iarni eksport qilganida bir
qator soliq imtiyozlari ko'zda tutilgan. Jurnladan:
Qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha:
tovariarni erkin konvertatsiya qilinadigan valutadagi eksportiga nol darajali stavka bo'yicha soliq solinadi, ya'ni eksport faoliyati to'liqligicha qo'shilgan qiymat solig'idan ozod etilgan.
Aksiz solig'i bo'yicha: ovariarni erkin konvertatsiya qilinadigan valutadagi eksportiga aksiz solig'i solinmaydi (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim tovarlardan tashqari).
Daromad (foyda) solig'i bo'yicha: eksportchi korxonalar uchun realizatsiyaning realizatsiyaning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizga qadar bo'lganida-belgilangan stavka 30 foizga kamayadi; realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko'p bo'lganida - belgilangan stavka 2 baravarga kamayadi.