1-bob. O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va yuqori iqtisodiy o’sish suratlarini ta’minlash yo’llari


Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari



Download 67,83 Kb.
bet4/4
Sana05.07.2022
Hajmi67,83 Kb.
#740690
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi

Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari.
Hukumat siyosatchilari biznes sikliga qanday munosabatda bo’lishlari lozim? Yuqorida keltirilgan ikkita fikr: birinchisi - Federal zahira tizimining sobiq raisining fikri, ikkinchisi - Federal zahira tizimi siyosatining mashhur tanqidchisining - bu savolga javoblar xilma xilligini namoyon etmoqda
Ba’zi iqtisodchilar, William McChesney Martin kabi, nobarqarorlikni iqtisodiyotga xos bo’lgan xususiyat deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiyot doimo yalpi talab va yalpi taklif sohasida to’satdan shoklarga duch keladi deb ta’kidlaydilar. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga yo’naltirilgan pul va byudjet-soliq siyosati o’tkazilmasa, bu shoklar ishlab chiqarish hajmlarida istalmagan va samarasiz tebranishlarga olib kelishi, ishsizlik va inflyatsiya muammolarini kuchaytirishi mumkin. Hammaga tanish bo’lgan fikrga ko’ra, makroiqtisodiy siyosat “shamolga qarshi yurishi”, ya’ni turg`unlik sharoitida iqtisodiyotni rag’batlantirib va “qizib ketganda” uning o’sishini sekinlashtirishi lozim.
Milton Fridmanga o`xshagan boshqa iqtisodchilar iqtisodiyot tabiyatan barqaror deb hisoblashadi. Vaqti - vaqti bilan unda yuzaga keladigan kuchli va xatarli tebranishlar uchun javobgarlikni ular noto’g’ri iqtisodiy siyosat zimmasiga yuklaydilar. Ular iqtisodiyotni maqsadga yo’naltirilgan tadbirlar yordamida “nozik sozlash”ni ta’minlashga harakat qilish kerakmasligini isbotlaydilar. Aksincha, iqtisodiy siyosatchilar imkoniyatlari cheklanganligini hisobga olib, zarar yetkazishmaganidan xursand bo’lish kerakligini uqtiradilar
Federal hukumatning siyosatchilari iqtisodni barqarorlashtirishni o`zlarining asosiy majburiyatlaridan biri deb hisoblashadi. Makroiqtisodiy siyosatni tahlil qilish iqtisodiy maslahat kengashi, Kongriss budjet idorasi, Federal zahira tizimi va boshqa davlat tashkilotlarining xar kunlik majburiyatlariga kiradi. Oldingi boblarda ko`rganimizdek, monetar va fiskal siyosat jami talabga, va shu asnoda, inflyatsiya va ishsizlikka kuchli tasir qilishi mumkin. Qachonki Kengash yoki prezident fiskal siyosatda yoki Federal zahira tizimi monetar siyosatda katta o`zgarishlar amalga oshirishmoqchi bo`lsa, avvalambor, o’zgarishlarni muhokama qilishda ko’zda tutilayotgan chora-tadbirlar inflyatsiya va ishsizlikka qanday ta’sir ko’rsatishi hamda yalpi talabni oshirish yoki qisqartirish zarurligi haqidagi masala diqqat markazida bo’ladi.
Pul-kredit va byudjet-soliq siyosatlarini ishlab chiqish va o’tkazish hukumatning an’anaviy vazifalari bo’lishiga qaramay, uning barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga majburligi haqidagi fikr yuzaga kelganligiga unchalik ko’p bo’lmadi. Hukumat makroiqtisodiy vaziyat uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olganligining birinchi dalili 1946 yilda qabul qilingan bandlik to’g’risidagi Qonun bo’ldi
Masalani aktiv davlat siyosati foydasiga hal etish ko’plab iqtisodchilarga oddiy va tushunarli bo’lib ko’rinadi. Pasayish davrlari uchun ishsizlikning yuqori darajasi, daromadlar va aholi farovonligining past darajasi xosdir. Yalpi talab va yalpi taklif modeli qanday qilib to’satdan bo’ladigan shoklar iqtisodiy pasayishlarni yuzaga kelitirishini ko’rsatadi. U shuningdek, qanday qilib monetar va fiskal siyosat bunday shoklarga tezda ta’sir etib iqtisodiy pasayishlarni oldini olishi mumkinligini ko’rsatadi. Shuning uchun, bu iqtisodchilarning fikrlariga ko’ra iqtisodiyotni barqarorlashtirishning bunday vositalarini qo’llashdan voz kechish aqlsizlik bo’lar edi.
Boshqa iqtisodchilar hukumatni iqtisodiyotni barqarorlashtirishga intilishlariga tanqidiy yondoshadilar. Bu tanqidchilar davlat makroiqtisodiy siyosatdan chetda turishi lozim deb hisoblaydilar. Birinchi qarashda bunday nuqtai nazar g’alati tuyulishi mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiyotning barqaror o‘sishi hamda aholi faravonligi oshishining kafolatidir. Mamlakatda inflyasiya darajasini pasaytirish Markaziy banklarning bosh maqsadiga aylangan. Inflyasiyaning yuqori darajada namoyon bo‘lishi iqtisodiy o‘sishning sekinlashiga va aholi daromadlarining real qiymatining tushib ketishiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikdan keyingi davrida yuqori inflyasiya darajasi kuzatilganligi va faqatgina 2003-2016 yillarda inflyasiya bitta raqam bilan ifodalanishiga erishgan. Ammo 2017 yildan mamlakatimizda inflyasiya darajasining oshishi kuzatilgan. Bunga yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarni, hususan keng qamrovli davlat dasturlarining bajarilishi, naqd pul masalasining xal etilishi, milliy valyutamizning erkin konvertirlanishi ta’minlanishi va boshqa shu kabi dolzarb masalalarni sabab sifatida keltirishimiz mumkin.
Ikkinchi Jahon urushidan keyin markaziy banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati kuchayib bordi. Ular yuqorida keltirgan maqsadga erishish yo‘lida bir qancha usullardan foydalanishgan. Jumladan 1970 yillardagi “neft inqirozi” natijasida ko‘plab rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida kuzatilgan yuqori darajadagi inflyasiyaga Markaziy banklar asosan pul massasi o‘sishini targetlash orqali kurashgan va bu o‘zining ijobiy natijasini bergan. Ammo 1990 yildan keyin markaziy banklar inflyasiyani bilvosita emas balki bevosita tartibga solish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyasiyani targetlashga o‘tishgan. Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o‘tkazishni o‘z oldiga maqsad qilib ko‘ygan. Bunga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-sonli Qarori asos bo‘lganligini ta’kidlashimiz lozim.
Inflyasion targetlash asosidagi g‘oya shvetsiyalik iqtisodchi, kapital, narx darajasi va ish xaqining umumiy nazariyasini ilmiy tadqiq qilgan olim Viksell Knutga ta’luqlidir. K.Viksell 1896 yilda Shvetsiya iqtisodchilar assotsiatsiyasida Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutani tovar va xizmatlarga nisbatan barqarorligini ta’minlash hisoblanishi kerakligini ta’kidlab o‘tgan. O‘sha davrda Markaziy banklar milliy valyutaning iste’mol tovarlariga qaraganda oltin narxiga nisbatan barqarorligini saqlashni bosh maqsad sifatida bilishgan. Uning bu qarashlari 1914 yilga qadar, ya’ni oltin standartida inqiroz kuzatilganiga qadar qo‘llab-quvvatlanmagan. 1931 yilda Shvetsiya Riks banki bu olimning milliy valyuta barqarorligini iste’mol tovarlariga nisbatan ta’minlash kerakligini amaliyotga joriy qildi va 1931 yil sentyabr oyida o‘z oldiga bosh maqsad sifatida mamlakatda narx barqarorligini ta’minlash qilib belgiladi. 1938 yilda Shvetsiya Riks banki narx darajasining barqarorligini ta’minlashga erishib, iste’mol tovarlar narxini 1928 yildagi narx darajasiga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Shunday qilib, biz Shvetsiyani inflyasiyani targetlagan davlatlar ichida birinchilardan bo‘lganligini keltirishimiz mumkin. Chunki, inflyasion targetlash xususiyatlari bilan 1931 yilda Shvetsiya Riks bankining narx barqarorligini ta’minlash xususiyatlari bir-biriga juda yaqin hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 1990 yilda Yangi Zelandiya birinchilardan bo‘lib inflyasion targetlashga o‘tgan bo‘lsa, 2005 yilga qadar asosan industrial rivojlangan davlatlar Markaziy banklari bu kabi targetlashga o‘tishgan.
2005 yildan hozirgi davrga qadar inflyasion targetlashga o‘tgan davlatlar qatorida rivojlanayotgan davlatlarning ulushi katta qismni tashkil etmoqda.
Oxirgi yillarda turli davlatlar Markaziy banklari valyuta kursini targetlashdan yoki pul massasi o‘sishini targetlashdan ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyasiyani targetlashni o‘z oldiga asosiy maqsad sifatida belgilamoqda. Hususan, 2010 yilda Xalqaro Valyuta Fondiga a’zo davlatlar Markaziy banklarining 16,4 foizi inflyasion targetlash rejimiga o‘tishgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib, 21,4 foiz davlatlar Markaziy banklari inflyasion targetlash rejimini amaliyotga qo‘llashgan. Ajablanarlisi bu jarayon doimiy o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Bundan, dunyoning ko‘pchilik davlatlari almashinuv kursini targetlash effekt bermayotganligini va inflyasiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri targetlash lozimligini tan olayotganligi borasida xulosa chiqarsak bo‘ladi.
Bir qator mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarning pul-kredit siyosatini inflyasion targetlash sifatida izohlash mumkin. Masalan, Amerikaning Stendforsk Universitetining mashhur professori Dj.Teylor, Amerika Qo‘shma Shtatlarining pul-kredit siyosati inflyasion targetlashning empirik qoidasi sifatida tavsiflanadi, deb hisoblaydi. Ushbu qoidaga binoan, Federal Zaxira Tizimi YaIM o‘zgarishining uning potensial ko‘rsatkichidan chetlashishiga hamda mavjud inflyasiya darajasining prognoz ko‘rsatkichidan chetlashishiga javoban, tizimli ravishda federal fond foiz stavkani (federal Fund Rate) to‘g‘irlab boradi.
Nima uchun bir qator mamlakatlar uchun inflyasion targetlash rejimiga o‘tish zamon talabi bo‘lib qolmoqda? O‘ylaymizki, ko‘pchilik davlatlar uchun, shuningdek aksariyat olimlar uchun, mamlakatda narxlarning barqarorligiga (ya’ni past va bir maromdagi inflyasiya darajasiga) erishish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi birinchi omil hisoblanadi. Amaliyot esa shuni ko‘rsatmoqda-ki, iqtisodiy siyosatning, ya’ni bandlikning yuqori darajasi yoki yalpi ishlab chiqarishning o‘sishi kabi maqsadlarga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlar, barqaror narxlar tamoyiliga zid kelmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar, pul-kredit siyosati yordamida birdaniga bir necha maqsadlarda harakat qilishi, inflyasiyaning o‘sishiga olib keladi, deb hisoblaydilar.

Inflyasion targetlash, inflyasiya hali o‘zi haqida bildirmasdan turib, inflyasion choralar ko‘rish imkonini beradi. Iqtisodiy nazariyaga ko‘ra, inflyasion targetlash yetarli darajada oddiy jarayon hisoblanadi. Uning mohiyati quyidigidan iborat: Markaziy bank kutilayotgan inflyasiya dinamikasining prognozini belgilaydi; inflyasion prognoz inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari (imkon qadar erishilishi kutilayotgan) bilan taqqoslanadi; inflyasion prognoz hamda inflyasiyaning maqsad ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq pul-kredit siyosatida qanchalik tuzatishlar olib borilishi kerakligi haqida darak beradi. Inflyasion targetlashning mohiyati shundan iboratki, bunda Markaziy bank inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichini belgilaydi, va unga erishish uchun barcha instrumentlardan foydalanadi. Inflyasion targetlashdan foydalanayotgan mamlakatlar, Markaziy banklar murojaat qiladigan standart usullarga qaraganda pul-kredit siyosatining samaradorligini oshirishga yordam beradi, deb hisoblaydilar.



Inflyasion targetlash ikki asosiy shartning bajarilishini talab qiladi. Birinchidan, Markaziy bank mustaqil pul-kredit siyosatini olib borish uchun yetarli darajada avtonomiyaga ega bo‘lishi lozim. Markaziy banklarning hech biri xukumat ta’siridan to‘liq holi bo‘lishi mumkin emas, u hech bo‘lmasa inflyasiyaning maqsadli darajasiga erishish uchun zarur bo‘ladigan rejalashtirilgan instrumentlarni tanlashda erkinlikka ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Birinchi shartni bajarish uchun, mamlakat “fiskal ustunlik” tamoyilidan bosh tortishi, ya’ni byudjet-soliq siyosati pul-kredit siyosatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Fiskal ustunlikdan bosh tortish deganda xukumat keng daromad bazasiga ega ekanligini va doimiy ravishda senorajdan keladigan daromadlarga tayanmasligi nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi misolida, boshqa rivojlanayotgan davlatlar singari, yoqilg‘i mahsulotlari narxlari, elektr-energiya narxlari va boshqa shu kabi birlamchi mahsulotlar narxlari Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Qiziqarli jihati shundaki, bu kabi tovarlar aksariyat ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar tan narxida o‘tiradi. Demak, bu kabi birlamchi tovarlar narxlarining oshishi mamlakatda umumiy narx darajasining oshishiga olib keladi. Ya’ni fiskal ustunlik davom etaversa, byudjet-soliq siyosati inflyasion bosimni kuchaytiradi, bu esa pul-kredit siyosatining samaradorligini tushirib yuboradi. Iqtisodiy til bilan aytganimizda bu yo‘l bilan inflyasiyaning vujudga kelishi nomonetar inflyasiya deyiladi.
Shunday ekan, Markaziy bank inflyasion targetlashga o‘tishi ikki xil shaklda amalga oshiriladi. Ayrim davlatlarda inflyasion targetlashga faqat Markaziy bank javobgar hisoblansa, ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarda inflyasion targetlashni Markaziy bank hukumat bilan birga amalga oshiradi. Bizning mamlakatimizda ham inflyasion targetlashni Markaziy bank hukumat bilan birgalikda amalga oshiradi. Buning tasdig‘i sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyozevning 2019 yil 18 noyabrdagi “Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-5877-sonli Farmonida Moliya vazirligiga, Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-2021 yillarda tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni, inflyasiya maqsadlariga ta’sirini hisobga olgan holda erkinlashtirish grafigini ishlab chiqish vazifasi yuklatilganligini keltirishimiz mumkin.
Inflyasion targetlashning samaradorligini belgilab beruvchi ikkinchi shart, Markaziy bank boshqa, ya’ni pul massasi o‘sishi, bandlik darajasi yoki valyuta almashinuv kursi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni targetlashdan voz kechishidan iborat. Masalan, agar Markaziy bank boshqariladigan valyuta kursi rejimini saqlab turgan bo‘lsa, zamonaviy sharoitlarda xalqaro kapitallarning yuqori harakatchanligi bilan u bir vaqtning o‘zida inflyasion targetlashdan foydalana olmaydi. Gap shundaki, Markaziy bank ikki yoki undan ortiq maqsadlarni ushlab turgan bo‘lsa, vaziyat yomonlashganda ularning qaysi birini afzal ko‘rishini, bozor bilmaydi. Bizning fikrimizcha, Markaziy bank tanlashi kerak: yoki boshqariladigan almashinuv kurs rejimini qo‘llash, va bu bilan inflyasion maqsaddan bosh tortishi, yoki inflyasion targetlash rejimini qo‘llab, boshqariladigan almashinuv kursi rejimidan voz kechish lozim.
Markaziy bank oldida mustaqillikdan keyin yana bir maqsad doim bo‘lgan. Bu milliy valyutaning xorijiy valyuta kursiga nisbatan almashinuv kursidir. Biz kabi rivojlanayotgan davlatlarda milliy valyuta almashinuv kursi doim markaziy banklar oldidagi muhim vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Xatto 2017 yil 5 sentyabrda milliy valyuta kursining erkinlashtirilishi hamda uning erkin almashinuvini yo‘lga qo‘yilishiga qaramasdan, Markaziy bank doim intervensiya o‘tkazish orqali uning almashinuv kursini e’tibordan chetda qoldirgani yo‘q.
Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy valyutada AQSh dollariga nisbatan almashinuv kursi pasayishining oldini olish maqsadida 2017 yil 2847,8 mln. AQSh dollari miqdorida sof intervensiya amalga oshirgan bo‘lsa, 2018 yilda 3162,4 mlrd.AQSh dollari miqdorida hamda 2019 yilning ikki choragida 1572,4 mlrd. AQSh dollari miqdorida sof intervensiya o‘tkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi oxirgi 2 yilda doimiy ravishda amalga oshirilgan intervensiya natijasida valyuta zaxirasining kamayishi va bu holatning doimiyligini inobatga olib 2019 yil avgust oyi oxirida valyuta kursini erkin suzib yuruvchi kursga o‘tkazdi. Ammo shunga qaramay Markaziy bank milliy valyuta kursini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgani yo‘q. Hususan, 2019 yil sentyabr oyida 188 mln. AQSh dollari miqdorida sof intervensiya o‘tkazgan.
Bu bilan aytishimiz mumkinki, Markaziy bank inflyasiyani targetlashga o‘tayotganligiga qaramasdan milliy valyuta almashinuv kursini e’tibordan chetda qoldirgani yo‘q.
Biroq Markaziy bankning chegaralanmagan erkinligi jamiyat uchun ortimal hisoblanmaydi. Hususan, XVF mutaxassislari pul-kredit va byudjet-soliq siyosatining o‘zaro bir-biriga ta’sirini modellashtirib, jamiyatning farovonligi nuqtai nazaridan – Markaziy bank tomonidan mamlakatda yalpi ishlab chiqarishning o‘sish zaruratini hisobga olgan holda optimal inflyasion maqsadlarga erishish eng yaxshi qaror bo‘ladi, degan fikrga keldilar.
Ikki asosiy talab qondirilgach, nazariy jihatdan mamlakatlar inflyasion targetlashdan foydalanishga kirishishlari mumkin. Amaliyotda esa, inflyasion targetashga mas’ul tashkilotlar bir qator tayyorgarlik choralari ko‘rishlari lozim, hamda tahliliy model yaratish ularning ichidan asosiysi hisoblanadi. Inflyasion targetlash ikki komponentni o‘z ichiga olgan yetarli darajadagi oddiy tahliliy modelga asoslanadi. Birinchi komponent – bu iqtisodiyot qanday ishlayotganligini, unga pul-kredit siyosati qanday ta’sir ko‘rsatayotganligini tasvirlovchi modeldir. Ikkinchi komponent – ustuvor ahamiyat beriladigan, Markaziy bankning yakuniy maqsadlarini, ya’ni maqsadli funksiyasi tasvirlanishini namoyon etadi. Birinchi iqtisodiy modelda Markaziy bank pul-kredit siyosatining instrumentlaridan birini qo‘llagan holda, misol uchun qayta moliyalashtirish foiz stavkasini, ma’lum bir davrdan so‘ng YaIMga impuls reaksiyasi o‘rganiladi. O‘z navbatida YaIMning o‘zgarishi (yoki haqiqiy YaIMning o‘zining potensial qiymatidan og‘ishi) ma’lum bir davr o‘tib inflyasiyaga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, qayta moliyalashtirish stavkasining o‘zgarishi yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etgan holda ma’lum davrdan keyin mamlakatda inflyasiyaning o‘zgarishiga olib keladi.
Modelning ikkinchi tarkibiy qismi, Markaziy bankning maqsadli funksiyasi – ikki yo‘nalishda harkatlanadi. Birinchidan, Markaziy bank ma’lum berilgan ko‘rsatkich atrofida inflyasiyani barqarorlashtirishga intiladi. Ikkinchidan, Markaziy bank iqtisodiy o‘sishni maksimal o‘sish potensiali ko‘rsatkichi atrofida barqarorlashtirishni istaydi. Ishlab chiqarish yoki ish bilan bandlik kabi real sektordagi o‘zgaruvchanlarni barqarorlashtirish Markaziy bankning yakuniy maqsadlari ro‘yxatiga har doim ham kiravermaydi. Biroq, amaliyotda Markaziy bank real sektorning ortiqcha tebranishlaridan qutulishga harakat qiladi. Inflyasion targetlash, Markaziy bankni real sektor muammolari qiziqtirmagan paytda, “qattiq” darajasidan, ushbu real sektordagi keskin tebranishlarni silliqlashtirish istaganda, “egiluvchanlik” darjasigacha o‘zgarishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish foiz stavkasi o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’siriga baho beradigan bo‘lsak, ushbu asosiy foiz stavkaning real iqtisodiyotga ta’siri va buning natijasida mamlakatdagi inflyasiya darajasiga ta’siri kuchli ekanligi shubha ostida qolmoqda. Hususan, mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga asosiy talabning aholi tomonidan bildirilishini inobatga olsak, tijorat banklari tomonidan iste’mol kreditlarining YaIMga nisbati 5-6 foiz atrofida ekanligi Markaziy bank foiz stavkasi o‘zgarishining aholi talabiga ta’sirini susaytirib yubormoqda. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan jami iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarining YaIMga nisbati 40-45 foiz atrofida bo‘lishi, tadbirkorlarning investitsion xarajatlariga foiz stavka orqali ta’siri sustligini bildiradi. Shu bilan birga tijorat banklarining umumiy aktivlari YaIMning 50 foizini tashkil etishi Markaziy bank tijorat banklari orqali iqtisodiyotdagi yalpi talabga ta’siri hamda buning natijasida mamlakatdagi inflyasiya darajasiga ta’siri pastligini keltirib chiqarmoqda.
Markaziy bank inflyasion targetlash rejimini qo‘llash jarayonida oraliq maqsad sifatida aholining hamda yuridik shaxslarning inflyasion kutilmalaridan oraliq maqsad sifatida foydalanadi. Shunday ekan Markaziy bank doimiy aholi va yuridik shaxslarning inflyasion kutilmalarini tahlil qilib borish inflyasion targetlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Shuning uchun ham ayrim iqtisodiy adabiyotlarda inflyasion targetlashni (inflation target) inflyasion prognozlashni targetlash (inflation forecast targeting) deb ham atashadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar inflyasion targetlash rejimi qo‘llanadimi? – degan savolni o‘z oldimizga qo‘yishni maqsadga muvofiq deb bildik. Rivojlanayotgan davlatlar pul-kredit siyosati va moliyaviy bozorlari bir-biridan farq qiladi. Bir tomondan, so‘nggi vaqtda ushbu davlatlar iqtisodiyotida bir-biriga o‘xshash o‘zgarishlar yuz bermoqda. Hususan, moliya sektoridagi islohotlar, xalqaro kapital bozorlariga kirishi, pul-kredit siyosatining bilvosita instrumentlariga ishonchning ortishi kabi o‘zgarishlar bilan tavsiflanmoqda. Biroq, boshqa tomondan esa rivojlanayotgan mamlakatlar ba’zan foiz stavkalarining darajasi, ichki moliya bozorining rivojlanish darajasi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar kabi ko‘rsatkichlari bilan keskin tarzda bir-biridan farq qilmoqda. Natijada, nafaqat inflyasion targetlashdan foydalanish imkoniyatlarini baholash, balki rivojlanayotgan mamlakatlarning maqbul tasniflanishini olib borish ham qiyin bo‘lib qoladi. Natijada, tahlil hozircha noaniq empirik tadqiqotlarga emas, balki umumiy diskussion mulohazalarga asoslanmoqda.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, fiskal ustunlikdan ozod bo‘lish va iqtisodiy siyosatning, hususan valyuta kursini boshqarish kabi boshqa maqsadlarga nisbatan qattiq majburiyatlarning qo‘yilmaganliklari inflyasion targetlashga o‘tishning zaruriy shart-sharoitlari sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, markoiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sish va inflyasiya darajasining optimal barqarorligiga erishish xozirgi zamon iqtisodiyotining dolzarb masalalaridan biri hisoblanib, bu yo‘lda mamlakatda fiskal va monetar siyosat olib boriladi. Rivojlangan davlatlar tajribasini e’tibor qaratsak, AQSh va ko‘pgina Yevropa davlatlarida monetar siyosatga katta ustunlik berilgan bo‘lsa, ya’ni Markaziy bank iqtisodiyotda dominant hisoblansa, Osiyo davlatlarida, hususan Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi davlatlarda hamda Rosssiya va bizda ham fiskal siyosatga katta ahamiyat berilib kelmoqda. Ammo 2017 yildan e’tiboran Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlari, jumladan 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3270-sonli qarori, 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-sonli qarori, 2019 yil 18 noyabrdagi “Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-5877-sonli farmoni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiyotni tartibga solishdagi ahamiyatini yanada oshirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 oktyabrdagi yangi tahrirda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘RQ-573-sonli qonuni valyuta munosabatlarini tartibga solishda Markaziy bankga katta erkinlik berilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 noyabrdagi yangi tahrirda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank to‘g‘risida”gi O‘RQ-582-sonli qonuni Markaziy bank bosh maqsadini aniq belgilab bergan bo‘lib, bunda uning bosh maqsadi mamlakatda narx barqarorligini ta’minlash ekanligi keltirilgan.

O‘ylaymizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakat iqtisodiyotida narx barqarorligini ta’minlashda muhim ikki zaruriy shartga e’tibor qaratishi lozim.


Bular, birinchidan iqtisodiy o‘sish va inflyasiya darajasi o‘rtasidagi optimal balansga erishish hamda ikkinchidan inflyasiyaning prognoz ko‘rsatkichi bilan uning maqsadli ko‘rsatkichi o‘rtasidagi tavofutni kamaytirishda Markaziy bank pul-kredit siyosati transmission mexanizmi rivojlangan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Chunki rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda Markaziy bank “arsenal”ida inflyasiyaga yetarlicha ta’sir ko‘rsatadigan transmission mexanizm kanallarini rivojlantirish hayotiy muhim va dolzarb sanaladi
Download 67,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish