1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik



Download 0,92 Mb.
bet50/85
Sana29.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#76149
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari fanidan ma`ruza matni

Qiziqishlar/manfaatlar. Xobbi (qiziqish) — bu bo'sh vaqtda xohish bo'yicha bajariladigan mashg'ulot yoki faoliyat. Ko'pgina odamlar o’z qiziqishlari bilan shug'ullanish jarayonida yoki manfaatlarini qondirish orqali tadbirkorlikka kirishgan. Agarda siz, misol uchun, kompyuter o'yinlari yoki noan'anaviy retseptlar bo'yicha taom tayyorlash, musiqa, sayohat, sport yoki san'atning ijro turlari (qo'shiq, drama va h-k.) va faoliyatning ko'pgina boshqa turlaridan lazzat olsangiz, siz ularni ko'pincha to'laqonli tadbirkorlikda rivojlantirishingiz nuimkin. Masalan, agar siz sayohat, san'at­ning ijro turlaridan lazzatlansangiz va mehmonlarni qabul qilishni xush ko'rsangiz, siz jahon iqtisodiyotining eng yirik sohalaridan bin bo'lgan turistik tadbirkorlik bilan shug'ullanish imkoniyatini ko'rib chiqishingiz mumkin.

Shaxsiy ko'nikmalar va tajriba. Muvaffaqiyatli korxonalarga asos bo'lgan g'oyalarning qariyb yarmi ish joyida yig'ilgan tajribadan kelib chiqqan; katta garajda ishlagani tufayli tajriba orttirgan va shuning natijasida avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish uchun o'zining shaxsiy stansiyasini ochishga qaror qilgan yoki avlomobilni o'z tadbirkorligida ishlatayotgan avtochilangar bunga misol bo'la oladi. Shunday qilib, tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari (orttirilgan ko'nikmalar ham bunga kiradi), tadbirkorlik bilan shug'ullanish to'g'risida qaror qabul qilishda hamda korxona turini tanlashda juda muhim rol o'ynaydi. Ko'nikmalaringiz va tajribangiz, nafaqat g'oyalarni yaratish nuqtayi nazaridan, balki ularni (g'oyalarni) kapitalizatsiya qilish imkoni nuqtayi nazaridan ham, ehtimol sizning eng muhim resursingizdir.

Franshiza. Tanilgan savdo markaga ega bo'lgan mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqaruvchi yoki yagona distributerining (litsenziya egasi) mustaqil chakana sotuvchilarga bu tovar yoki xizmatni, litsenziya egasiga tegishli kompensatsiya to'lanishi, ishlash standartlari esa bu korxonaning standartlariga mos bo'lishi evaziga, mahalliy tarqatishga alohida huquqni berish to'g'risidagi litsenziya bitimi — franshiza, deb ataladi. Franshiza turli xil shaklga ega bo'lishi mumkin, lekin litsenziya egasi o'z nomi, imiji, tadbirkorlikni olib borish usuli va o'z ish jarayonlarini taqdim etadigan shakli — eng qiziqarli shakllardan biridir.

O'tgan asrning 80—90-yillari boshida franchayzing AQSH va Yevropada millionlab tadbirkorlar uchun tadbirkorlikka kirishishning muhim yoli bo'lib, keskin o'sish davrini boshdan kechirdi. Faqat AQSHda franshizaning 2000 dan ziyod turi mavjud, uning hisobiga yiliga 300 milliard dollardan ortiq sotuvlar hajmi va chakana savdoning yillik hajmidan uchdan bir qismi to'g'ri keladi. Franshizaning o'zini xarid qilishdan tashqari tadbirkor franshiza konsepsiyasini ishlab chiqishi va sotishi mumkin. Qo'shimcha axborot taqdim etishi mumkin bo'lgan ko'plab kataloglar, ma'lumotnomalar hamda uyushmalar, jumladan, Xalqaro Franchayzing Uyushmasi mavjuddir.

Ommaviy axboroi vositalari. Ommaviy axborot vositalari (massmedia) juda katta axborot, g'oyalar va ko'pgina hollarda, korxonani barpo etish uchun bevosita qulay imkoniyatlar manbayidir. Gazetalar, jurnallar, televideniye, hozirda esa Internet ham — bularning barchasi massmediaga misoldir. Masalan, gazeta va jurnallardagi tijorat e'lonlarini diqqat bilan ko'rib chiqsangiz, sotiladigan korxona to'g'risidu ma'lumot topishingiz deyarli aniq. Sunday taklifga javob, tadbirkorlikka kirish yo'lidan bin bo'lishi mumkin.

Boshqa nashrlar yoki Internet saytlaridagi maqolalar yoxud hujjatli teleko'rsatuvlar orqali modadagi o'zgarishlar yoki iste'molchilarning xohishlari to'g'risida axborotga ega bo'lish mumkin. Masalan, hozirgi vaqlda odamlar sog'lom oziq-ovqat va jismoniy chidamlilikni tarbiyalash usullari bilan ko'proq qiziqishlari to'g'risida o'qishingiz yoki eshitishingiz mumkin.

Shuningdek, siz buxgalter, oshpaz va ofitsiant, qo'riqchilar xizmatlari kabi ma'lum kasbiy ko'nikmalarni talab etuvchi xizmatlarga talab borligi to'g'risidagi e'lonlarni topishingiz mumkin. Yoki bu e'lonlarda investorlarni jalb etishni taqozo etadigan yangi konsepsiya, misol uchun franshiza, taqdim etilishi mumkin.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish