1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik



Download 0,92 Mb.
bet49/85
Sana29.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#76149
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari fanidan ma`ruza matni

Tadbirkorlik g'oyasibu odam (bir nechta shaxs)ning yoki tashkilotning o'z atrofida (bozorda, ular yashaydigan jamoa) aniqlangan bir muammoni yechish yoki anglangan ehtiyojlarni qondirish zaruratiga javob reaksiyasidir.

Tadbirkorlik g'oyasibu odamning o'z oldiga qo'ygan rnaqsadiga eltuvchi fikrlar jamlanmasidir, ya'ni strategiyani amalga oshirishdagi taktik harakatlarning yig'indisi bo'lib hisoblanadi.

Hayotda har bir kishining qandaydir maqsadi bo'ladi. Insonlar ko'proq yaxshi yashashni, maqbul joylarda ishlashni va badavlat bo'lishni orzu qilishadi. Maqsadlarga erishishda, asosan, boylik ham muhim ahamiyat kasb etganligi bois har bir kishi turli hil faoliyat yuritish bilan unga erishishga harakat qiladi. Insonni o'z maqsadiga erishishida eng optimal yo'lni tanlay bilishi (o'qituvchi, muhandis. sotuvchi) ham tadbirkorlikningbir ko'rinishidir. Chunki bu bilan u o'ziga eng qulay bo'lgan daromad topish yo'lini topadi. Buni insonning hayolda o'z yo'lini tanlay bilishi bilan bog'lash mumkin. Shuning uchun tadbirkorlik — bu aynan savdodagi faoliyat emas, balki davlatning soliq yukini kamaytirish yo'li orqali soliq to'lovchilar sonini yanada ko'paytirishga erishishi, korxona rahbari xodimlar holatiga qarab, moddiy va ma'naviy rag'batlantirishi natijasida samaradorlikni oshirishi, “Tiko” rusumli avtomashinaning egasi mashinani gazlashtirishi kabilar ham o'z kasb



sohasidagi tadbirkorlik shakli bo'lib hisoblanadi. Inson qaysi sohada bo'lmasin, yaxshi natijaga erishishi uchun, awalo, unda g'oya bo'lishi lozim.

Yaxshi tadhirkorlik g'oyasi — bu muvaffaqiyatli korxona tashkil etishning muhim tarkibiy qismi, aniqrog'i, dastlabki bosqichi. Yaxshi tadbirkorlik g'oyalari, odatda, o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Aksincha, ular mashaqqatli mehnat, tinimsiz harakatlar va, hattoki, tadbirkor tomonidan g'oyalarni yaratishda, ochilayolgan imkoniyatlarni aniqiash va baholashda ijodkorlik namoyish etilishining natijasidir.

Yaxshi g'oyaning izlab topilishi — bu tadbirkorning orzu va ijodiy qobiliyatlarini tadbirkorlikdagi imkoniyatga aylantirish va uni amalga oshirish orqali muvaffaqiyatga erishishdagi birinchi qadamdir.

Ammo ikki narsani esda saqlash kerak:

a) tadbirkorlik g'oyasi dastlabki bosqich bo'lsa-da, u — faqat vositadir;

b) g'oyaning o'zi, eng yaxshi g'oya bo'lsa ham, muvaffaqiyatga erishish uchun yetarli emas.

Boshqacha qilib aytganda, o'zining juda muhimligiga qaramasdan, g'oya hali faqat rivojlantirilishi va to'laqonli ishga aylantirilishi lozim bo'lgan vositadir.

Tadbirkorlik g'oyasining muhimligi yuqoridagi ta'riflardan ma'lum bo'lishicha, u tadbirkorni o'z maqsadi sari yetaklaydi. Shu sababli, eng optimal tadbirkorlik g'oyalarini topish va shakllantirishning quyidagi sabablarini ko'rsatishimiz lozim:

• bozorning ehtiyojlariga javob berish:

• tovar stilini va unga nisbatan talablarni o'zgartirish;

• raqobatbardosh bo'lib qolish:

• texnologiyani rivojlantirish uchun, tovarni yaxshiroq ishlash;

• chiqarilayotgan mahsulotning hayotiy aylanishiga rioya etish;



• tavakkalchilikni taqsimiash va omadsizlik natijalarini yumshatish;

• iqtisodiy qiymat barqarorligini ta'minlash.



Agar tadbirkorlik g'oyalari biznesni boshlash uchun shu qadar ahamiyatli bo'lsa, uni shakllantirish va uning manbalarini qidirib topish talab etiladi. G'oyalarni manbalari sifatida, avvalambor, shaxsning o'z bilim va ko'nikmalari, hayotiy tajribasi va mavjud muhit hisoblanadi.

Butun dunyodagi millionlab tadbirkorlar va ularning muvaffaqiyatlari tadbirkorlik g'oyalarining ko'pgina potensial manba­lari borligidan dalolat beradi. Ayrim eng foydalilari quyida bayon etilgan.

Tadbirkorlik g'oyalarining manbalari:

• qiziqishlar/shaxsiy manfaatlar;

• shaxsiy ko'nikmalar va tajriba;

• franshiza (boshqa firma mahsulotini ishlab chiqarish va sotish huquqi);

• ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, televideniye, Internet);

• ko'rgazmalar;

• tadqiqotlar;

• shikoyatlar;

• aqliy hujum;

• ijodkorlik.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish