1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik


- Mavzu: Tadbirkorlik uchun zarur bo'lgan qobiliyatlar



Download 0,92 Mb.
bet43/85
Sana29.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#76149
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari fanidan ma`ruza matni

13- Mavzu: Tadbirkorlik uchun zarur bo'lgan qobiliyatlar
Muvaffaqiyatli tadbirkorlik uchun zarur bo'lgan qobiliyatlar tadbirkorni shakllantirishda juda muhim. Muvaffaqiyatli tadbirkorlik uchun zarur bo'lgan uch asosiy qobiliyat mavjud. Ular quyidagicha ta'riflanishi mutnkin:

• kerakli miqdordagi bilimlarga ega bo'lish;

• ko'nikmalar to’plamini ishlatib bilish;

• shaxsiy xususiyatlar to'plamiga ega bo'lish.

Ularni tartib bo'yicha ko'rib chiqamiz.

Bilimlar — kerakli paytda chaqirib olinishi mumkin bo'lgan, to'plangan axborot yig'imlari yoki hajmidan iborat, deb ta’riflangan edi. Biznes kontekstida, bilimlar quyidagi kabi jihatlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lish (yoki tanishish) da namoyon bo'lishi mumkin:

• biznesda ochilayotgan imkoniyatlar;

• bozor;

• iste'molchilar;

• raqobatchilar;

• ishlab chiqarish jarayonlari;

• texnik detallar;

• biznesni boshqarish;

• yordam ko'rsatish manbalari.

Ammo inson faoliyatining biznes yoki tadbirkorJik kabi sohasini bilishning o'zi, hali o'z korxonasini tashkil etish va uni boshqarishda muvaffaqiyatga erishish uchun yetarli emas. xuddi shunday, masalan, samolyotni boshqarish, mashinani haydash yoki suzish haqida o'qish yoki ma’lumotlarni o'rganishning o'zi, siz sa­molyotni, mashinani boshqarishingiz yoki basseynda suzishingiz uchun yetarli bo'lmaydi.

Ko'nikmalar — bilimlarni ishlatib bilish qobiliyati, deb ta'riflangan edi; ular amaliy foaliyat orqali egallanisiii yoki rivojlanishi mumkin, masalan, samolyoini boshqarish, mashinani haydash yoki suzishni amalda bajarish yo'li bilan. Biznes kontekstida texnik va boshqaruv mazmundagi ko'nikmalar o'rtasida farqni ko'rish mumkin. Ba'zi misollar quyida keltirilgan:

Texnik Boshqaruv

• injenering marketing (jumladan, sodsh ham)

• kompynierlardan moliyaviy faoliyatni boshqarish
foydalanish

• duradgorlik san'ati • jarayonlarni tashkil qilish

• mexanika • rejalashtirish

• umumiy ovqatlanish • yetakchilik



Bilim va ko'nikmalarni ancha oson o'rganish yoki ularni o'zida rivojlantirish mumkin. Aksincha, ma'lum shaxsiy xusnsiyatlarni rivojlantirish bir qancha vaqt talab qiladi; ular osonlikcha o'zgarmaydi yoki ularga tez erishilmaydi.

Shaxsiy sifatlar (xususiyatlar) — ruhshunoslar tomonidan shaxsning o'ziga xosligini tashkil etuvchi shaxsiy xususiyatlar jamlanmasi, deb belgilangan. Tadbirkorning bu 14 shaxsiy sifati quyida keltirilgan:

Muvaffaqiyalli tadbirkor:

• tashabbuskor;



• imkoniyarlarni ko'radi va ularni ro'yobga chiqaradi;

• tirishqoq;

• ma'lumotlarni shaxsan o'zi qidiradi;

• sifatni oshirish tashvishida bo'ladi;

• shartnomalarning to'liq bajarilishiga erishadi;

• yuqori samaradorlikka yo'naltirilgan;

• o'z faohyatini muntazam rejalashtiradi;

• muammolarni original yo'llar bilan hal qiladi;

• o'ziga ishonch hissini namoyish etadi;

• hisob-kitob bilan tavakkal qiladi;

• shiddalli:



• ishonch uyg'otadi;

• boshqalarni o'z ta'siriga bo'ysundirish strategiyalaridan foydalanadi.

Quyida bu sifatlar qisqacha bayon etilgan. Ushbu qobiliyatlarning uchalasiga ham (bilimlar, ko'nikmalar. shaxsiy sifatlar) ega bo'lmagan odam, biznesiga nisbatan qo'llaganda, o'z korxonasini muvaffaqiyatli boshqarish yo'lida, shu qobiliyatlaiga ega bo'lgan odamdan ko'ra, qiyinchiliklarga duch kelish ehtimoli ancha ko'proq.

Agar odam quyidagiga ega bo'lsa, nima bo'lishi mumkin:

Faqat bilim va ko'nikmalarga

Faqat bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan odam, o'z ishini umuman boshlashga erishgan holda ham, biznesda uzoq vaqt jon saqlashi juda ham shubhali. Masalan, ma'lum bir shaxsiy sifatlarga ega bo'lmay turib, odam biron-bir jiddiyroq muammoga duch kelgach, kam qat'iyatlikni namoyish etishi mumkin yoki bunday odam ochilayotgan imkoniyatlarni ko'rmasligi va ularni amalga oshira olmasligi mumkin yoki u mas'uliyatli ishtirokchi sifatida, qulay ishga kirishish tavakkalini (hatto hisoblangan bo'lsa-da) o’z zimmasiga olishni umuman rad etishi mumkin.

Faqat bilim va tadbirkorlik sifatlariga

Faqat bilimlar va tadbirkorlik sifatlarga ega bo'lgan shaxs agar texnik ko'nikmalarga ega bo'lmasa, bu qobiliyallarini qo'llashga biron-bir yaxshiroq narsa topa olmasligi mumkin. Yoki u begonalarga qattiq bog'liq bo'lgani tufayli, ehtimol, juda zaif ekanligini aniqlashi mumkin. Bu muammoning yechimi, kerakli ko'nikmalarga ega bo'lgan hamkorni topish yoki odamlami jalb etishda bo'lishi mumkin.

faqat ko'nikmalar va tadbirkorlik sifatlariga

Kerakli ko'nikmalar va tadbirkorlik sifatlariga ega bo'lgan, ammo bilimlarga ega bo'lmagan bo'lajak tadbirkor, o'z korxonasini tashkil etishi mumkin. Ammo raqobat muhitida, bilimlarning yo'qligi yoki hech bo'lmasa, masalan, iste'molchilarni, bozorni (shu jumladan, bozorda rivojlanayotgan an'analarni) bilmaslik, oxir-oqibat inqirozga olib kelishi mumkin. Axborot muvaffaqiyatli rivojlanishga intilayotgan har bir korxona uchun juda muhim.

Tadbirkor bo'lmoq uchun tug'ma qobiliyatga ega bo'lish kerak, degan fikr ko'p vaqtdan beri hukm surib keldi. Ammo endilikda, bozor iqtisodiyoti sharoitida har kim ham tadbirkor bo'lishi mumkinligini ko'plar tan olmoqda. Xo'sh, buning uchun nima qilmoq kerak?

Bu savolga to'la-to'kis javob berish qiyin. Ammo, bir qator olimlar, jumladan, Y. Abdullayev va F. Karimovlarning fikricha, hozirgi zamon tadbirkori quyida keltirilgan 10 fazilalga ega bo'lishi lozim.

1. Halollik va rostgo'ylik. Bu tushunchalar tadbirkorlikni asosi bo'lib, halol foyda olish va ishda yaxshi munosaballar o'rnatishni birdan bir shartidir. Tadbirkor birinchi galda ishning ko'zini biladigan, halol va haromni farqiga boradigan shaxs bo'lishi kerak. Sababi, tadbirkor qanchalik halol ishlasa, mahsulotlari sifatli bo'lsa, bozorda uning mavqeyi baland, mahsulotlari shuncha xaridorgir bo'ladi. Chunki halol tadbirkorlarga hamma ishonadi.

2. Majburiylik, so'zsiz bajarishlik. Tadbirkor qachon o'z so'zining ustidan chiqsa, va'dasida tursa va berilgan topshiriqlarni bajarsagina ishi o'ngidan keladi. So'zini ustidan chiqish, kelishilgan shartnomada ko'rsatilgan murakkab va oddiy og'zaki vazifalarning (biron yerga aytilgan vaqida borish) bajarilishini o'z ichiga oladi. Berilgan va'da har qanday sharoitda bo'lsa ham bajarilishi shart. Haqiqiy tadbirkor o'z mijozi (raqibi)ni aldamasligi kerak. Vazifani o'z vaqtidan kechikib bajarish ham subitsizlikka kiradi.

3. Mas'uliyatli bo'lish. Haqiqiy tadbirkor qilmishi uchun o'z puli yoki mablag'i bilan javob beradi. Agar u aybdor bo'lsa, yo'l qo'ygan xatosini tuzatishi, ko'rilgan zararni qoplashi lozim.

4. Boshqalar bilan munosabat chog'ida ularga nisbatan hitrmatda bo'lish. Tadbirkor boshqalarga shunday munosabatda bo’lishi kerakki, unga boshqalar ham shunday munosabat bilan javob qaytarishsin.

5. Qonunga itoat qilish. Tadbirkor bo'lish istagida yurgan har bir kishi qonun va boshqa huquqiy huyallarga itoat qilishi, ularni og'ishmay bajarishi shart. Qonun talablaridan chekinish, qonunchilikni buzish, huquq-tartibotga, provardida esa davlat tomonidan qo'riqlanadigan manfaatlar va o'zaro numosabatlariga tajovuz qilish demakdir.

Buyuk Sohibqiron Amir Temur ham o'z tuzuklarida «...tegishli tartibga va qonunga amal etish mening taqdirim va yutuqlarimning asosi hamda tayanchi bo'lib xizmat qiladi», deb yozgan edi.

6. Saxiy va xayr-ehsonli bo'lish. Xalqqa xayr-ehson qilish eng ulug' fazilat. Saxovatli. saxiy tadbirkor shunday kishiki, birov narsa so’ramay turib, oldindan hadya qilib ulashadi.

7. Insofli bo'lish. Insof — bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg'usi va qobiliyati, ishda kishilar bilan munosabatda: halollik, to'g'rilik, barobariik, sofdillik, haqiqat go'ylikdir.

8. Vazmin va sahrli bo'lish, ehtiroslarga berilmaslik, ba’zi shoshma-shoshar tadbirkorlar. shoshqaloqlik yoki shumligidan pushaymonlik chuquriga yiqiladilar, o'ylamasdan shoshilib ish boshlaganlar esa balolar girdobiga g'arq bo'ladilar. Aqlli, tajfibali va vazmin tadbirkorlar esa, tadbir hamda sabrni o'zlariga yo'ldosh, qilib oladilar, fikr oynasini donishmandlarning ishorat va nasihatlari bilan pardozlaydilar, unga sayqal beradilar. Yengiltaklik, shoshma-shosharliklardan hazar qiladilar.

9. Xizmat etikasiga rioya qilish. Eng avvalo, hukumatga hurmat bilan qarang. Davtatning ijtimoiy-iqlisodiy va siyosiy siyosatini o'zmgiznmg asosiy qurolingiz qilib oling va ularga rioya qiling. Bilingki, hukumatga hurmat va xizmat etikasiga rioya qilish — bu tadbirkorlikni muvaffaqiyatga eltuvchi ikki lokomotivdir.

10. O'z ishining mutaxassisi bolish. Biz shunday davrda yashayapmizki, bunda faqat mutaxassisgina. o'z ishining ustasigina obro'-e'tibor topadi. Shuning uchun mutaxassis bo'ling. Qaysi sohada ishlashga to'g'ri kelmasin, albatta, birinchi bo'lishga harakat qiling. Savol tug'iladi: unga qanday qilib erishiladi? Javob bitta, bu ham bo'lsa. mehnat va o’z uslingizda tinimsiz shug'ullanishingiz lozirn. Dahoni mehnat yaratadi. Yetuklikka yo'l esa — tirishqoqlik.

Shunday qilib, tadbirkorlikka ahd qilgan har bir kishi o'zining imkoniyatlari, qobiliyatlari, shu jumladan, o'z izlanuvchanfik qobiliyatini, o'z ishining usiasi hamda yuqorida qayd qilingan sifatlarning o'zida niavjudligini aniq o'lchay bilishi kerak.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish