10-Mavzu: Tadbirkorlar yetakchi sifatida
Tadbirkorlar o'z korxonalafining maqsadhirini qo'yish va ishlash rejalarini yig'ish uchun javobgar. Xodimlar bu rejalarni amalga oshirish va maqsadlarga erishishda o'z mehnatlari bilan katta sarmoya kiritishadi. Shuning uchun muammoning mantiqiy me'yorlarini tarbiyalash va yuqori darajada ushlab turish tadbirkorning muhim vazifasi sanaiadi.
Yetakchilik xususiyatlari tadbirkorning rivojlanish jarayonida tarbiyalanishi lozim, chunki dastavval bu xususiyatlar turli odamlarda turlichadir. Sizda yetakchi bo'lish qobiliyatining mavjudligiga o'zingiz javobgar ckanligingizni anglash hissi mukammallikka intilishingizga yordam beradi. Yetakchi bo'lishning yagona eng maqbul yo'li yo'q. Tadbirkorlar-bu o'zining shaxsiy yetakchilik omillarini ishlab chiquvchi odamlardir? "Yelakchilikning, odatda, uch omili ko'riladi:
1. «Temir mushtum» yoki avtokratik yetakchi – bu guruh a'zolari nima xohlashini maslahat qilmay turib qaror qabul qiluvchi va topshiriqlami beruvchilar.
2. «Keling, ovoz beramiz” yoki demokratik yetakchi - bu guruh a'zolariga qaror qabul qilish uchun ovoz berish huquqini beruvchilar.
3. «Jonimga tegmang» yoki uncha talabchan bo'lmagan yetakchi - bu bardia qarorlarni qabul qilishni guruh a'zolariga tashlab qo'yuvchilar.
Ko'pgina yetakchilarga bu usullarning aralashmasi xosdir, bu guruhning Tarkibi va vaziyatga bog'liq. Biznes olamida yetakchilar ikki turdagi asosiy mas'uliyatni o'z zimmalariga oladilar:
a) vazjfalaming bajarilishi uchun mas'uliyat yoki «shunday qilish lozimki, ish bajarilgan bo'lishi shart”, shuningdek,
b) insoniar uchun javobgarlik yoki mantiqiy me'yorlarni saqlab turish.
Tadbirkorlar, odatda, o'z xodimlari faoliyatini muvaffaqiyatli rag'batlantirishni bilishadi. Ayrim tadbirkorlar boshqalarni o'zlarining mehnatkashliklari bilan rag'batlantirishadi, ammo yetakchilikning bu omili doimo ham yaxshi hisoblanmaydi. Kuchli shaxslararo munosabatlarga yo'nalgan tadbirkorlar muvaffaqiyatli rag'batlantiruvchilar bo'lish ehtimoli ko'proq. Xodimlarni rag'batlantirishda bunday yetakchilar quyidagi yondashuvlarni qo'llashlari mumkin:
1. Xodimlarda o'zini o'zi hurmat qilish hissini tarbiyalang. Xodimlarning bajargan ishlarini maqtash yo'li bilan o'z kuchlariga bo'lgan ishonchni shakllantiring, bunda xodimlardan maksimal intilishlar kutilayotganligini ko'rsating.
2. Xodimlarni ma'lumotlar bilan ta'minlang. Nima bajarilishi lozimligi to'g'risidagi axborotni xodimlarga yetkazishga harakat qiling. Korxona ichida yuqori muloqot darajasi mnvaftaqiyatga erishishda muhim o'rin egallaydi.
3. Vakoiat va mas'uliyatni taqsimlab chiqing. Yaxshi yetakchi vakolat va mas'uliyatni kerakli darajada bera oladi.
4. Aloqani ushlab luring. Barcha xodimlar bilan shaxsiy aloqani ushlab turish uchun o'z yetakcliilik rolingizdan foydalaning.
5. Muvaffaqiyatni mustahkamlash tamoyilim qo'llang. Maqsadga muvofiq deb ko'riladigan xulqni rag'batlamirish lozim, odatda, xodimlar xulqning rag'batlantirish yolidan yurishadi. Maqsadga muvofiq bo'lmagan xulqni rag'batlantirmang. shunda xodimiar rag'batlanlirilmaydigan xulq yo'lidan voz kecbishadi,
6. Faol eshituvchi bolishni o'rganing. Bu qaytma aloqaning o’rnatilishini ta'minlaydi (ya'ni gapiruvchi odam uning suhbatdoshi diqqal bilan eshitayotganini sezishi lozim).
7. Aniq maqsadlar qo'ying. Bu maqsadlar aniq, tushunarli va o'lchamga ega bo'lishi lozim. ularni vaqt-vaqti bilan qayla ko'rib chiqish lozim.
8. To'g'rilovchi harakatlarni qo'llang. Xodimlarnmg faoliyatida ayrim salbiy ko'rsatkichlar bilan to'qnashganda. u bilan gaplashing. Hech qachon xodimni hammaning oldida tanqid qilmang.
Ma'lum darajada yetakchilik bu tadbirkor «shunday qilish lozimki, ish bajarilgan bo'lishi sharr» usuliga tayanadigan yondashuvda o'z aksini topadigan hayotiy holatdir. Yetakchi. Odatda, o'zida katta tavakkal va katta imkoniyatlarni jamlovchi talabni qabul qilishga tayyor. Yetakchi bajarilishi lozim bo'lgan vazifani butunlay anglab yetadi va bu vazifani bajarishning yangi va novator yo'llarini aniqlashga qodir. Yuqori mantiqiy me'yorlarni ushlab turish uchun quyidagi yetakchilarning yaxshi qoidasiga amal qilish lozim: «odamlarga ular senga qanday muomalada bo'lishlarini istasang. shunday muomalada bo'l". Vaziyatni siz bilan birga ishlayotgan odamlar ko'zi bilan ko'rishga intilish, xudbinlikka qarshi hayotiy yondashuvni rivojlantirishga yordam beradi.
Yaxshi yetakchi bu ikki mas'uliyat turlari orasidagi muvozanatga erishadi. Vaqti kelganda ayrim vaziyatlar, ya'ni yangi guruh tuzish kabi vaziyatlar ishning funksional (vazifaviy) tomoniga emas, insoniy (odamlar) tomoniga katta e'tibor berishni talab etadi. Boshqa hollarda, yangi jarayonlarni kiritish kabi hollarda vazifalarga e'tibor berishni talab etadi. Yetakchilik mohiyatini tushinish insonlarga samaraliroq yetakchi bo'lishga yordam berishi mumkin.
O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirishning davlat dasturida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiylashtirishdan keyingi davrda korxonalar bir maromda ishlashini ta'minlash choralari ko'zda tutilgan. Burling uchun davlat:
• maxsus investitsiya fondlari va banklar tuzadi:
• xususiylashtirishdan olingan mablag'larga xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish dasturlarini qo'llab quvvatlashda foydalaniladi;
• davlatga tegishli aksiyalarga olingan dividendlarni texnika jihatdan qayta qurollantirislvva asosiy fondlarni yangilashga yo'naltiriladi;
• bojxona to'lovlari va soliqlarning ayrim turlarini pasaytirish yoki bekor qilish; narx belgilash va litsensiyalash hajmlarini kamaytirish va shu kabi ko'rinishdagi turli imtiyozlarni belgilaydi;
• tadbirkorlikning huquqiy va iqtisodiy muhofazalanishini kafolatlaydi.
Davlat tadbirkorlar uchun shart-sharoitlar yaratishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik rivojtantirish uchun xizmat qiluvchi shart-sharoitlarni yaratilishi kerak.
Bu zarur shart-sharoitlar nimalardan ihorat? Bir necha asosiy qoidalar borki, ularga amal qilmoq kerak:
• salmoqli huquqiy va ma'muriy tartibga asoslangan bozor iqtisodiyotiga yo'nalgan siyosat;
• boshlovchi tadbirkorlarni o'qilish dasturlarini ishlab chiqish;
• mablag'dan unchalik katta bo'lmagan yangi korxonalar ham foydalana olishini ta'minlovchi tadbirkorlarning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi.
Kichik tadbirkorlik to'g'risidagi qonun hujjatlarining asosiy maqsadi uning samarali o'sishini ta'minlaydigan infratuzilmasini shakllantirish uchun umumiy qulay iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratishdir. Kichik tadbirkorning xususiyati yirik industrial ishlab chiqarish uchun inqiroz davrida uning ustuvorligi hisohlanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasi shtindan guvoh beradiki, uzoq davom etadigan iqtisodiy inqiroz muhitida, asosan, ishlah chiqaradigan mayda korxonalar yirik korxonalarga nisbatan kamroq jabrlanadi, hattoki, bozorda o'z mavqeyini mustahkamlaydi. Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash dasturlariga 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag'batlamirish to'g'risida» gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidemining 1995-yil 5-yanvardagi - Xususiy tadbirkorlikda tashabbuskorlik va uni rag'batlantirish to'g'risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-iyuldagi "Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qollab-quvvatlash fondini lashkil elish to'g'risida”gi qarorini kiritish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan Kichik biznesni rivojlantirishga ko'maklashish jamg'armasi (Biznes-fond) eng muhim moliyaviy vosita hisoblanadi. Jamg'arma budjetidan ajratilgan, davlat va munitsipial mol-mulkni xususiylashlirishdan tushgan mablag'larda o'z faoliyalidan kelgan daromadlardan xususiy va jismoniy shaxslaming ixtiyoriy badallari, qimmatli qog'ozlar chiqarish va joylashtirishdan tushgan daromadlardan iborat pul mablag'larini jamlash yo'li bilan kichik tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar va tadbiriarni mablag' bilan ta'minlaydi.
Biznes-fondning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
• ustuvor yo'nalishlarda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash yo'li bilan bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish mobaynida davlat siyosatini o'tkazishga ko'maklashish;
• kichik biznesning bozor infrastrukturasini vujudga keltirishga ko'maklashuvchi infrastruktura elementlari (bank, axborot, sug'urta. lizing va boshq.)ni shakllantirish;
• kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash hamda rivojlantirish uchun o'z mablag'larini ajratish va chet el investitsiyalarini jalb etish masalalarida xalqaro moliya va jamoat tashkilotlari hamda jamg'armalari, korporatsiyalari, agenlliklari, vakolat xonalari, idoralari, xususiy, huquqiy va jismoniy shaxslar iadbirkorlik tuziimalari bilan o'zaro hamkorlikni ta'minlashdan iboratdir.
Biznes-fondning asosiy vazifalari:
• kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalariga respublika tovar bozorlarini to'ldirish, chctdan keltiriladigan tovarlar o'rnini bosish va chetga chiqariladigan tovarlar o'rnini kengaylirish, yangi ish o'rinlarini barpo etish uchun moliyaviy yordam ko'rsatish;
• kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuziimalari innovatsiya faoliyatini qo’llab-quvvatlash, raqobatga bardoshli tayyor mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishni rag'batlantirish;
• O'zbekiston Respublikasida ma'lumotlar bankini vujudga keltirish va biznesni tashkil etib, rivojlantirish borasida axborot huquqiy xizmatlar ko'rsatish;
• kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning kamyob xalq iste'moli buyumlari ishlab chiqarish va xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan loyihalari hamda dasturlari uchun moliyaviy mablag'lar ajratishdan iborat.
Biznes fond bilan bevosita hamkorlikda «Madad» sug'urta agentligi ish olib boradi. Davlat uning hammuassisi bo'lib, kichik va o'rta korxonalaming faoliyatini kredillash bilan bog'liq kattagina xatarning moliyaviy ta'minoiini o'z zimmasiga oldi.
«Madad» sug'urta agentligi:
• kichik va o'rta biznesning dasturlari va loyihalarini ekspert baholash va tanlab olishni hamda ularni ro'yobga chiqarish uchun moiiyaviy mablag'lar ajratilishi tnaqsadlarini ko'zlab. xalqaro moliyaviy tasiikilotlar bilan ishlab chiqish;
• tadbirkorlik tuziimalari Biznes-fonddan ajratilgan mab-lag'lardan samarali foydalanishi ustidan nazorat mexanizmini ishlab chiqishni ainalga oshiradi;
• buyurtmaning fond dasturiy yo'rig'iga muvofiq, darajasini;
• loyihaning dolzarbligi, noyobligi, realligi, raqobatga bardosh-liligi, loyihaning mintaqa manfaatlariga muvofiq, loyihabudjeti va grafigi (hayotiy sikli) mukammalligi loyihaning moliyaviy asoslanganligini belgilaydi;
• loyihalarni amalga oshirish bilan bog'liq tavakkalchilikni sug'urtalaydi.
Kichik va xususiy Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tadbirlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
• qonuniy-huquqiy ta'minot;
• tashkiliy la'ininot;
• tadbirkorlikni rivqjlantirish uchun moddiy-tcxnikaviy sharoit yaratish;
• moliyaviy kredit ta'minoti;
• tadbirkorlikni sug'urta bilan ta'minlash;
• tadbirkorlik shu'basini kadrlar bilan ta'minlash;
• tashqi iqtisodiy faoliyat ishini iqtisodiy qo'llab-quvvatlash;
• axborot-mastahat ta'minoti;
"tadbirkorlikni ijlimoiy-ruhiyjihatdan ta'minoti va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |