O'z-o'zini band qilishning tabiati
Daromad. Biznesingiz barqaror rejimga kirishgandan keyin siz oyiga qancha ko'p daromad olmoqchisiz? Siz bir oyda 130 ming so'm. 375 ming so'm. 550 ming so'm yoki ko'proq ishlamoq-himisiz? Bu masaia bo'yicha oldindan qarorqabul qilish muhim, chunki biznesning bar xil turi bar xil daromad ta'minlash imkoniyatiga ega. Daromad nuqtayi nazaridan. tez xizmat ko'rsatisti restorani bir imkoniyatga ega, kichik ishlab chiqarish biznesi esa mutlaqo boshqa daromad bera oladi.
O'zingiz uchun daromad ko'rsatkichini juda baland darajada, aytaylik. oyiga o’zi yuz ming so'm, deb belgilash juda ham havas qilgudek bo'lsa kerak. Ko'p bizncslar uzoq muddatli kelajakda juda muvaffaqiyatli bo'iish imkoniyatiga ega. boshqalari csa hech qachon juda katta foyda beradigan bo'la olmaydi. Shaxsiy daromad olish borasida maqsadni bclgilashning yo'llaridan biri quyidagi savolga javob topishdan iboraldir: «Aytaylik, hozirgi paytdan olti yil o'tgandan so'ng men qanday oylik (yillik) daromad olishni xohlayman?”.
Mavqe. Odamlar o'z mavqelarini u yoki bu tarzda oshirishga intilishadi. Ammo bizneslarga ham ma'lum mavqe mansub. Obro'li faoliyat sohalari va unchalik obro'ga ega bo'lmagan sohalar mavjud.
Masalan, axlat yig'ish obro'li ish etnas. Ayrim odamlar o'z biznes-larining mavqcyi baland bo'lishidan juda manfaatdor. boshqalari esa bunga umuman e'libor berishmaydi. Biznesning u yoki bu lurini tanlashingizda, bu mulohaza juda muhim bo'lishi mumkin. Siz uchun mavqeyi umuman qoniqarli bo'ladigan biznesni tanlash kerak.
Odamlar orasidag/ aloqalar. Siz odamlar bilan qanchalik yaxshi ishlay olishingi? to'g'risida qanday fikrdasiz? Muloqotdan xursand bo'lasizmi yoki aksincha. doim yakka ishlay olarmidingiz yoki qandaydir o'rtaroqdamisiz? Biznesda amalda uch turdagi asosiy shaxslar orasidagi aloqalar mavjud: isie'molchilar bilan aloqalar, xodimlar bilan aloqalar va ta'minotchilar bilan aloqalar. Kichik korxonalar egalarining ko'pchiligi xodimlar va la'minotchilar bilan aloqalarga e'tibor berishmaydi, chunki ular bu munosabatlarda psixologik eng qulay tomonni cgallaydilar.
Biznes egalari va isie'molchilar orasidagi munosabatlar esa. bizncsingizning turiga qarab, kcng doirada o'zgaradi. Masalan, ko'chmas mulkni sorish, ma'lum darajada shaxsiy jur'atni talab ctadi. Agar shaxsiy sotuvlar varianti sizga rohat kekirmasa. usiz bo'lmaydigan biznes lurini tanlamang. Ko'p korxonalar shaxs ahamiyati kamroq sotuvlar variantini qo'llashadi.
Chakana savdoda ko'pgina korxonalar uchun. masalan, sotuvlardagi muvalTaqiyat. iste'molchilar bilan yaxshi shaxsiy aloqalar o'rnatilishidan ko'ra, yaxshi tovarlar borligi, loyiq narx va reklama borligiga ko'proq darajada bog'liq. Shaxs ahamiyati yo'q sotuvlarning eng yorqin misoli - bu pochta orqali savdo. bu yerda siz umuman xaridoringizni ko'rmaysiz (xaridor buyurtma yuboradi. korxona egasi esa unga tovarni yuboradi).
Biznesga vaqtni bag'ishlash. Kichik korxonani barpo etish katta hajmdagi og'ir ish bajarilishini talab ctadi. Haqiqatan ham. dastlabki bir necha yil bu sizdan butun uyg'oq vaqtingizni sartlashni talab etadi. Ammo, uzoq kelajakda. kichik korxonani cgasi tomonidan boshqaruv jarayonlarga kuch bag'ishlash va shaxsan jalb ctilish darajasi keng doirada o'zgarishi mumkin. Ko'pgina barqaror bo'lgan kichik korxonalarda bar kunlik boshqamv faoliyat i taklif etilgan menejer zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Shaxsan jalb etilishning qaysi darajasini siz ma'qul ko'rishingiz va o'z korxonangizga kclgusida (masalan, hozirgi paytdan olti yil o'tgandan kcyin) qanday kuchni bag'ishlashni xohlashingizni, hal qiling. Siz bundan kcyin ham korxonangiz ishlariga to'liq qatnashadigan bo'lib qolishingiz, umuman ma'qul bo'ladi, ammo balkim, siz qisman qatnashishni ma'qul ko'rarsiz yoki korxonani shaxsan boshqarishdan mutiaqo voz kecharsiz.
Ish vaqti. Kolpgina kichik korxonalar dushanbadan jumagacha, ertalab soat 9m dan kunduzi \7a gacha ish grafigini o'zlari uchun qabul qila olishmaydi. Agarda oddiy ish haftasi sizga ko'proq mos keladi. deb hisoblasangtz, biznes turini tanlashda ehtiyotkor boMishingiz kcrak. Agar siz ishlab chiqarish. ulgurji savdo yoki oddiy ish rejimli biznesning qandaydir boshqa turi bilan shug'ul-lanmoqchi bo'lsangiz ham, doimo oddiy ish kuni chcgarasidan tashqarida bajarilishi kcrak bo'lgan ko'pgina ishlar qoladi.
1. O'Z-O'ZINI BAND QILGAN ODAMLAR:
Ish haqi cvaziga ishlamasdan. daromtidini mustaqil shakllanlirish uchun korxona tashkil etishni afzal ko'rganlar.
2. TMKON1YATLAR:
O'z-o'zini band qilish tamoyili odamlarga kichik oilaviy do'kondan boshlab, yirik ishlab chiqarish kompaniyasigacha egalik qilishga imkoniyat beradi.
3. EGILUVCHANLIK:
O'z-o'zini band qilish tamoyili egiluvchanlikni namoyon etish va mamlakatning barcha sanoat tarmoqlarida, shu jumladan, foydali qazilmalarai qazib olish, ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo, xizrnat ko'rsatish sohalarida korxona barpo etish uchun sharoitlar yaratadi.
4. O'Z KUCHIGA TAYANISH:
O'z-o'zini band qilish o'z kuchiga ishonchni va shu kuchlarga tayangan holda o'zini saqlashga intilish hissiyotini tarbiyalashni rag'batlantiradi.
5. ISH BERUVCHI:
O'z-o'zini band qilish odamlarga, ular yollanma xodim va bo'ysunuvchi emas, balki ish beruvchi va yetakchi ekanliklaridan qoniqish hissiyotini beradi.
Biznes bilan shug'ullanish
foydasiga dalillar
Biznes bilan shug'ullanish quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:
1. VUJUDGA KELGAN VAZIYAT
• Meros bo'lib qolgan oilavjy boylik.
• Birdaniga nimadandir ruhlanish.
• Boshqa ishga o'tish yoki ko'chish.
• Atrofdagi odamlarning ta'siri.
• O'z boshlig'i yoki hamkasblaridan norozilik.
• O'qishni tugatish vaqtida bo'sh olrinlarning yo'qligi.
2. AMALIY MULOHAZALAR
• Shaxsiy hayotni yaxshilash va (yoki) badavlat bo'lish.
• Nafaqaga chiqishga tayyorlanish. Bu degani, nafaqa paytida “nimadir qilish” yoki nafaqaga qo'shimchani ta'minlash yoki unisi ham, bunisi ham.
• Qo'shimcha daromad olish va sarmoya yig'ish, misol uchun ko'chmas mulk shaklida.
• Biznesdan soliq yukini pasaytirish vositasi sifatida foyda-lanish yoki biznesni olib borish xarajatlari sifatida mablag’larni yopish.
• Bo'sh vaqtni ish bilan band qilish (zerikishdan qochish).
• Butun oila uchun umumiy g'amxo'rlik mazmunini tashkil etish va shu orqali uning jipsligiga erishish.
3. SHAXSIY MAVHUM MULOHAZALAR
Shaxsiy mavhum sabablar tarkibiga quyidagilar kiradi:
• hissiy rag'bat olish, shaxsiy mavqe to'glrisidagi tasavvurni hamda tasawurdagi obrazni amalga oshirish, shaxsiy ijodiy niyatlar rivojlanishi va kengayishidan qoniqish;
• yana boshqa birovga ishlash zaruratidan ketish istagi:
• o'zgaruvchan ish vaqtiga ega bo'lmoq istagi - o'zingizga yoqadigan ishni, o'zingiz xohlagan paytda bajarish erkinligi;
• begonalar farmoyishlarini bajarishdan ketish istagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |