1-bob. Matn ustida ishlash usullari


Boshlang’ich sinf o’qish darslarida nasriy asarlarni tahlil qilish usullari



Download 98,94 Kb.
bet6/17
Sana30.04.2022
Hajmi98,94 Kb.
#595531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Xurboyeva Mohiniso. BMI

1.3. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida nasriy asarlarni tahlil qilish usullari.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohot-lar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasi-ning markaziy bo’g’ini hisoblangan xalq ta’limida ham tub islohotlar ro’y bermoq-da. U yangilanmoqda, yoshlar ta’lim tarbiyasini takomillashtirish, ularning maz-munini, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar, pedogogik texnolo-giyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bormoqda. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaga-nidek, “...Xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish biz-dan nihoyatda katta kuch, mablag’ va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin istiqboli-miz, istiqlolimiz ko’zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarniqoplashi va oqlashi muqarrar”.
O’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri to’g’ri uyushti-rilgan qayta hikoyalashdir va uning to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yorda-mida aytib berishda faqat analizdan emas,sintezdan ham foydalanadi: ayrim fakt-larni o’zaro bog’laydi ( sintezlaydi ), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muho-kama yuritadi va xulosa chiqaradi. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti- harakatini qanchalik aniq ko’z oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida va unga ma’lum bir o’zgartirishlar kiritishda yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. O’qish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga ko’proq ahamiyat berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq turlaridan, texnika vositalaridan foydalanishga ko’prpq e’tibor beriladi.
Badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:
1.Asar mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakasini shakllantirish bir jarayonda boradi.
2.Asarning g’oyaviy-tematik asoslarini uning obrazlari, sujet chizig’i, qurilish va tasviriy vositalarini tushuntirish o’quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga, bog’lanishli nutqning o’sishini ta’minlaydi.
3.O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4.O’qish o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof muhit haqi-dagi bilimlarni kengaytirish vositasi hisoblanadi.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, har bir janr-ga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taalluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Shunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tan-lash talab etiladi.
Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo’lib o’qituvchi o’qish darslari-ning ta’lim-tarbiyaviy vazifalari badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlari va o’quv-chilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqazo qiladi. Badiiy asarda barcha kom-ponentlar o’zaro bog’langan bo’ladi. Asarda obrazlar rivojlanib boradi. Voqealar rivojlanib borgan sari qahramonlarning yangi-yangi tomonlari ochilib boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit o’qishni, idrok etishni, ya’ni sintez qilishni talab qiladi. Asar boshidan oxirigacha o’qilgandan so’ng analiz qilinadi so’ng yana yuqori sifatli sintezga o’tiladi. Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asarni o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi.
O’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi. Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi:
1.O’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan faktlarni o’quvchilar o’z hayotlarida kuzatishlari bilan bog’lay olish-lariga sharoit yaratish.
2.Yozuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning ijodiga qiziqish uyg’otish.
3.O’quvchilarni asarni emotsional idrok etishga tayyorlash.
O’qish darslarida to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishga o’rgatish vazifasi o’quv-chilarda asarni tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirish bilarn birga amalga oshiri-ladi. O’qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o’zaro bog’-liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi.
Badiiy ustida ishlashning ikkinchi bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilish-ning asosiy yo’nalishi matnning aniq mazmuni ( voqealar va uning rivojlanishi )ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va g’oyasini aniqlash hisob-lanadi.
Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasvi-riy-ifodali vositalari bilan bog’liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vositalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo’nalishini belgi-laydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar bajaradigan topshi-riqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi.
Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning turli xil metodlaridan foydala-niladi: o’qishdan oldin, o’qish jarayonida va o’qishdan keyin.
Shunday qilib, badiiy asar matnini tahlil qilishda, umuman, badiiy asarlarni o’rganishda o’quvchi shaxsiga kuchli ta’sir qiluvchi, ularning saviyasiga mos, bilimlarning o’zlashtirilishini ta’minlovchi metod va usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin.

Download 98,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish