1-bob. Matn ustida ishlash usullari



Download 98,94 Kb.
bet17/17
Sana30.04.2022
Hajmi98,94 Kb.
#595531
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Xurboyeva Mohiniso. BMI

Tadqiqotning vazifalari:
- mazkur muammoga oid ilmiy – metodik adabiyotlarni o‟rganish;
- boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standarti, ona tili o`quv dasturi va darsliklarini o`rganish;
- boshlang‟ich ta`lim sinfdan tashqari o‟qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishning hozirgi holatini o`rganish va tadqiqot ishining vazifalarini belgilab olish;
- boshlang‟ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga oid ilg`or tajribalarni kuzatish va ularni takomillashtirish;
- boshlang‟ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga imkon beradigan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Tadqiqotning metodologik asosini bilishning dialektik metodi va adabiyotshunoslik, adabiyot o‟qitish metodikasidagi muammoga oid tadqiqotlar tashkil etadi. Tadqiqotga bevosita metodologik asos bo‟lib xorijiy olimlar va o‟zbek adabiyotshunoslari, psixolog, pedagog hamda metodistlarining qarashlari xizmat qiladi.
Tadqiqot metodlari: kuzatish va tahlil qilish; so‟rovnoma; ilg‟or pedagogik tajribalarni umumlashtirish; matematik – statistik metod.
Tadqiqot nazariy-tajribaviy yo‟nalishda amalga oshiriladi. U quyidagi bosqichlarni o‟z ichiga oladi:

1. Tadqiqot muammolariga oid adabiyotlarni o‟rganish, tadqiqotning maqsadi, farazlarini aniqlash, qayd qiluvchi tajribalarni o‟tkazish, dissertatsiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish – 2011-2012- yillar.


2. Umumiy o‟rta ta‟limning boshlang‟ich bosqichi bazasida boshlang‟ich ta`lim sinfdan tashqari o‟qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishning tajriba- sinov ishlarini o‟tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalash – 2012-2013- yillar.


Natija va xulosalarning asosli va haqqoniyligi anketa ma‟lumotlari va o‟quvchilarniig o`qish ko`nikmalari, o`qigan asarlarini hisobga olish bilan asoslaniladi. Tajriba ishlariga Toshkent shahridagi 135-maktabнинг boshlang‟ich sinf o‟quvchilari, shuningdek, o‟qituvchilari жалб этилdi. Anketa savollariga javoblar olishda qo‟shimcha tarzda yana 12ta o‟qituvchilar jalb etildi. Ish natijalari anketa ko‟rsatkichlari, o‟quvchilarning og‟zaki va yozma javoblari asosida baholandi.


Kitob mutolaasi izsiz qolib ketmaydi. U dastlabki bosqichda o`quvchilarning o`qish malakasini shakllantirishdan asta-sekin mustaqil fikrlashga yo`naltiradi. Fikr esa nutq orqali ifodalanadi. Shuning uchun o`quvchilar nutqini o`stirishda mavzuga oid material tanlash va uni o`zlashtirish bilan bog`liq mantiqiy izlanishlarga katta ahamiyat beriladi. Shuning uchun sinfdan tashqari o`qish darslarining asosiy vazifasi o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va mustaqil fikrlash iqtidorini shakllantirishdan iborat deyish mumkin. Shulardan kelib chiqib tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
1. Ta‟lim tizimidagi yangilik va ta‟lim mazmunidagi o‟zgarishlarni hisobga olgan holda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish muammosi boshlang‟ich ta`limda sinfdan tashqari o‟qish darslari misolida tadqiq qilindi.
2. Tadqiqotda boshlang‟ich ta‟lim maktablarida ta`limda sinfdan tashqari o‟qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishdagi asosiy nuqson va kamchiliklar aniqlandi, ularni bartaraf etishning yo‟llari ko‟rsatib berildi.
3.Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishning samaradorligini ta'minlovchi samarador mеtodlar asoslandi.
4. Boshlang‟ich ta`limda sinfdan tashqari o‟qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida badiiy adabiyotlar ro`yxati tuzildi.
5. Boshlang‟ich ta`limda sinfdan tashqari o‟qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga oid maxsus mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqildi. 5. Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish mеtodikasi ishlab chiqildi va amaliyotga tavsiya etildi.
. Ilmiy tadqiqot ishida mustaqillik g‟oyasi va mafkurasi asosida sinfdan tashqari o`qish uchun badiiy saviyasi yuksak asarlar tanlash va ular ustida ishlash metodlarini aniqlash o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishda alohida nazariy ahamiyat kasb etadi.
Ishning amaliy ahamiyati shundaki, o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga oid nazariy jihatdan asoslangan hamda tajribaviy jihatdan tekshirib ko‟rilgan mashqlar tizimi va tegishli didaktik materiallar, metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida tatbiq etilgan mеtodlardan boshlang`ich ta'lim maktablarida sinfdan tashqari o`qish darslari samaradorligini oshirishda, o`quv qo`llanmalari va mеtodik adabiyotlar yaratishda foydalanish mumkin.
Dissertatsiya kirish, 3 bob, umumiy xulosalar, va foydalanilgan adabiyotlar, иловаларdan tarkib topgan.


1Shavkat Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz Toshkent, “O’zbekiston”.2016. 13-bet.



2Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’mlami. Toshkent, 2017.



3M.Umarova va boshq. O`qish kitobi, 3- sinf uchun darslik. T., 2012, 10-b.

4 Umarova M., Hakimova Sh. O`qish kitobi. Toshkent, 2008, 6-7-betlar.

5 Umarova M., Hakimova Sh. O`qish kitobi. 3-sinf uchun darslik. Toshkent, “Cho`lpon”, 2008.
–B. 7.

6 O`sha joy.

7 O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Toshkent, 2002. –B.151.

Download 98,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish