3.Kompyuterlarni tashkil etilishi tamoyillari va klassifikatsiyasi
4. Kompyuterlarning turlari va tashkiliy qismlari. Kompyuterlarning asosiy ko‘rsatkichlari va xususiyatlari
Kompyuterlarning turlari sifatida esa, quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1.Shaxsiy kompyuterlar (ishchi stansiyalar).
2.Serverlar.
3.O‘rnatiladigan kompyuterlar – mikrokontrollerlar (rus tilida – встраиваемые компьютеры).
4.Ishchi stansiyalardan iborat komplekslar – klasterlar.
5.Meynfreymlar.
6.O‘yinlar uchun mo‘ljallangan kompyuterlar (rus tilida – игровые компьютеры) PS-3, PS-4.
7. «Bir marotaba qo‘llaniladigan» kompyuterlar (rus tilida – одноразовые компьютеры).
Shaxsiy kompyuterlar. Shaxsiy kompyuterlarning ikki xili mavjud: bular – statsionar, ya’ni bir joyda turadigan (rus tilida – настольные компьютеры) va ko‘tarib olib yursa bo‘ladigan, portativ kompyuterlar, ya’ni noutbuklardir. Noutbuklar, statsionar kompyuterlardan, o‘zlarining kichik o‘lchamlari bilangina farqlanadilar. Noutbuklarda ham, statsionar kompyuterlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan dasturiy vositalardan foydalaniladi.
Hozirgi paytda ikkala xildagi shaxsiy kompyuterlar tarkibi - bir necha gigabit xajmga ega tezkor xotira, bir necha yuz gigabit hajmga ega qattiq diskli tashqi xotira, CD-ROM/DVD qurilmalari, modem, tovush kartasi, tarmoq interfeysi, yuqori tiniqlikdagi monitor va boshqa tashqi qurilmalardan iboratdir. Ushbu shaxsiy kompyuterlarda imkoniyatlari kengaytirilishi va ular bilan ishlashda juda ko‘p turli dasturiy vositalardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan, operatsion tizimlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Ba’zi mutaxassislar Intel protsessorlari o‘rnatilgan kompyuterlarni - shaxsiy kompyuterlar deb ataydilar. Bu bilan ular shaxsiy kompyuterlarni, yuqori unumdorlikka ega RISC protsessorlariga mansub, Sun UltraSPARC kabi protsessorlar o‘rnatilgan «ishchi stansiyalardan» farq qilishini ta’kidlashmoqchi bo‘lishadi. Aslida esa ushbu xildagi kompyuterlar orasidagi farq unchalik katta emasdir.
Har qanday shaxsiy kompyuterning asosiy tashkil etuvchisi bo‘lib – tarkibida protsessor, xotira va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish modullari, klaviatura va sichqoncha, disk yurituvchi qurilma, tarmoq platasi va boshqa tashqi qurilmalar interfeyslari, hamda qo‘shimcha platalar o‘rnatish uchun mo‘ljallangan ulanish nuqtalariga ega bo‘lgan asosiy bosma plata hisoblanadi [15]. 1.9-rasmda ana shunday bosma platalardan biri keltirilgan.
2.1-rasm. Shaxsiy kompyuterning asosiy bosma platasi.
Serverlar. Unumdorligi yuqori bo‘lgan shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar - odatda bir korxona chegarasida ishlaydigan lokal kompyuter tarmoqlarda, hamda Internet tarmog‘ida - tarmoq serverlari sifatida ishlatiladilar. Bunday kompyuterlar, ya’ni serverlar – bitta protsessorli va ko‘p protsessorli konfiguratsiyalarga ega bo‘lishlari mumkin. Ushbu xildagi kompyuter tizimlarida, odatda umumiy hajmi bir necha gigabaytlarni tashkil qiladigan tezkor xotira modullari, yuzlab gigibaytli xotiraga ega bo‘lgan qattiq disklar va yuqori tezliklarda ishlovchi interfeyslar o‘rnatilgan bo‘ladi. Ba’zi serverlar sekundiga bir necha ming tranzaksiyalarni ishlash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Arxitektura nuqtai nazaridan bitta protsessorli server, shaxsiy kompyuterdan unchalik farq qilmaydi. U shaxsiy kompyuterga nisbatan tezroq ishlaydi, kattaroq joyni egallaydi, nisbatan kattaroq diskli xotiraga va ancha tez ishlaydigan tarmoq interfeyslariga ega bo‘ladi. Serverlar ham, shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan operatsion tizimlar asosida boshqariladi, odatda bu UNIX, Windows va Linux operatsion tizimlarining turli xil versiyalari bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |