Birja savdosini amalga oshirish tartibi. qimmatli qog`ozlar bilan birja savdosi muayyan qoidalarga asoslangan holda amalda beriladi. Bular quyidagilardan iborat:
birjada qimmatli qog`ozlar bilan oldi-sotdini faqat vositachilar bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar yoki bankning yuridik shaxslari, investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalari kiradi. Ularning vakolati bilan vositachilar (brokerlar, dilerlar) faoliyat ko`rsatadi va qimmatli qog`ozlarni mijozlardan sotib oladi yoki o`zining hisobidan keyinchalik sotuv uchun xarid qiladi;
fond birjasiga qimmatli qog`ozlar olib kelinmaydi. Uning mavjudligi, soni va sifatini sotuvchining qo`lidagi hujjat – sertifikat tasdiqlaydi;
fond birjasida qimmatli qog`ozlar istalgan miqdorda sotilmaydi. Savdo bu yerda lot (tup)lar, ya`ni birjadagi bir kontrakt yoki miqdor va sifat jihatidan standart tupi bo`yicha amalga oshiriladi. qisqasi, fond birjasi:
bu ulgurji savdo shaklidir;
fond birjasida faqatgina kotirovka ro`yxati («varag`»)da qayd qilingan qimmatli qog`ozgina sotiladi. Qimmatli qog`ozlarni mazkur ro`xatga kiritish ya`ni birjaga qo`yish listing deb ataladi;
baho fond birjasida ochiqdan ochiq o`rnatiladi. Ular to`g`risidagi axborot zalaridagi tablolarda e`lon qilinib turiladi. Birja operatsiyalarining qatnashchilari uchun sharoit bir xil bo`lib, ular birjada qabul qilingan to`g`rilik va uyushqoqlik qoidasiga bo`ysunadilar.
Shunday qilib, birjada uch tomon qatnashadi; bir tomonda birjada o`zining qimmatli qog`ozlari bilan savdo qilishga vaqti yo`q yoki umuman bu ish bilan shug`ullanish istagi bo`lmaganlar, ya`ni emitent va tadbirkorlar, ikkinchi tomonda esa muayyan haq evaziga shu qimmatli qog`ozlarni sotishni zimmasiga oluvchi brokerlar. Va nihoyat, qimmatli qog`ozlarga muhtoj kompaniyalar va xususiy shaxslar. Har uchchala tomonning manfaati birlashtiruvchi joy – bu fond birjasidir.
Bunday olib qarasak, birja qimmatli qog`ozlarni sotmaydi ham, sotib olmaydi ham. Faqat ulgurji savdo qoida va tartiblarini ishlab chiqadi, savdo-sotiq uchun sharoit yaratib beradi. Shu nuqtai nazardan, birja – bu eng avvalo savdo zali. U yerda brokerlar qimmatli qog`ozlarning oldi-sotdisi bo`yicha buyurtmalarni bajaradi. Birjalarda o`zining brokerlariga ega bo`lish uchun investitsiya institutlari birjada a`zolik huquqini beruvchi investitsiya institutlari birjada a`zolik huquqini beruvchi «o`rin»ni sotib olishlari lozim. Shundagina brokerlar qimmatli qog`ozlar bo`yicha operatsiyalarni bajarish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
«O`rin» - bu egasi uchun tovar hisoblanadi, egasi uni sotishi ham mumkin. Lekin shunday so`ng u birjada ishlash huquqini yo`qotadi. Birja oldi-sotdisida investor tashabbuskor bo`lib hisoblanadi.
U broker kompaniyasiga (telefon orqali yoki bevosita uchrashuvda) o`zining buyurtmasi va shartlarini bayon qiladi. Bu yerda asosan uchta shart to`g`risida so`z yuritiladi:
- qimmatli qog`ozlarning bahosi;
- qimmatli qog`ozlarning soni;
- buyuurtmaning bajarilish muddati.
Mijozlarning topshirig`i (buyurtmasi) shartnoma ko`rinishida rasmiylashtiriladi. Unda brokerlik haqi ham ko`rsatilgan bo`ladi. Shundan so`ng brokerlik firmasining vakili shartnomani bevosita buyurtmani bajaruvchi brokerga topshiradi. Buyurtma bajarilishi bilanoq oldi-sotdi operatsiyasi birjada qayd qilinadi va mijozga bu haqda hisob schetini taqdim etish to`g`risidagi ma`lumotnomani yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |