Delisting – bu qimmatli qog`ozlarni birjaning yoki kompaniyaning o`z qaroriga binoan ro`yxatdan chiqarilishi, ya`ni listing imtiyozlaridan tamomila mahrum bo`lishidir.
Agar, masalan aksiyalarning o`zi qolmagan bo`lsa; firma qaytarib olsa yoki yangisiga almashtirgan bo`lsa; kompaniya aktivsiz qolsa yoki sinsa; aksiyalarni oshkora joylashtirish maqbul bo`lmagan kichik hajmga ega bo`lsa; kompaniya listing kelishuvini buzsa, bunday hollarda delisting qo`llaniladi.
Fond birjasi to`g`risidagi qonunchilik. O`zbekiston Respublikasida fond birjalarini tashkil etish va ular faoliyatini o`ziga xos jihatlari «qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risida»gi qonun bilan tartibga solinadi.
Qonunda belgilab qo`yilganidek, fond birjasi qimmatli qog`ozlarning, risoladagidek aylanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradigan, ularning bozor narxlarini (qimmatli qog`ozlarga talab va taklif o`rtasidagi muvozanatni aks ettiradigan) aniqlab beradigan va bu narlar xususidagi axborotni tarqatadigan, qimmatli qog`ozlar bozori qatnashchilarining yuksak darajadagi (professionalizm)ni qo`llab-quvvatlaydigan tashkilotdir.
Fond birjasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining qonunlariga, birja ustaviga hamda qimmatli qog`ozlar operatsiyalarini amalga oshirishga doir ichki qoidalarga rioya qiladi.
Fond birjasi ro`yxatdan o`tadi va O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan qimmatli qog`ozlar bilan birja faoliyatini yuritishga litsenziya oladi.
qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalar yuritish huquqi uchun ijozatnoma (litsenziya) olgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasining muassislari bo`lishi mumkin.
Yuridik, jismoniy shaxslar, shu jumladan brokerlik o`rnini sotib olgan xorijiy shaxslar fond birjasi (tovar-fond yoki valyuta birjasining fond bo`limi) a`zolari bo`lishi mumkin. Fond birjasi a`zolarining sonini birjani boshqaruvchi organlari, prokuratura va sud organlari, bulardagi mansabdor shaxslar va mutaxassislar fond birjasining a`zosi huquqiga ega emas. Fond birjasi a`zolarining savdoga kirishi uchun ularning qo`lida qimmatli qog`ozlar operatsiyasining litsenziyasi bo`lishi va ular investitsiya muassasasi maqomini olishi kerak.
Brokerlik o`rnini sotib olgan va qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalar o`tkazish beradigan malaka guvohnomasi bor jismoniy shaxs joylardagi davlat hokimiyati idoralarida savdoga kiritilishi mumkin.
qonunda qimmatli qog`ozlar bilan bo`ladigan birja operatsiyalari qoidalariga talablar belgilab qo`yilgan va u birja boshqaruvining oliy organi tomonidan tasdiqlanadi.
qoidalar quyidagilarni nazarda tutadi:
mazkur birjada qimmatli qog`ozlar savdosining tartiblari;
birja savdorlari qatnashchilarining tarkibi va ularga qo`yilgan talablar;
birja yig`ilishi bo`ladigan joy va vaqt haqidagi axborot;
birja savdosiga chiqariladigan qimmatli qog`ozlarning navbat tartibi;
birja bitimlarining tavsifi;
mijozlarning brokerlarga topshiriqlari (buyruqlari)ning turlari;
savdoni tashkil etish;
bitimlarni ro`yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi;
qo`llaniladigan qimmatli qog`ozlar operatsiyalarining shartnomalar, hisobotlar, buyurtmalar, xabarnoma va birja hujjatlari shaklining namunalari.
qonun bilan fond birjasining quyidagi huquqlari belgilab qo`yilgan:
birja a`zoligiga kirish uchun investitsiya muassasalariga qo`yiladigan zarur eng kam majburiy talablarni belgilash;
birja yig`ilishlarini chaqirish va tashkil etish;
birja ishi uchun zarur ekspert, malaka, kotirovka komissiyalari, maslahat va ma`lumot byurolarini va boshqa muassasalarni ta`sis etish, shuningdek qimmatli qog`ozlar opearsyailari chog`ida paydo bo`ladigan baxslarni hal qilish uchun ekspert komissiyalari tuzish;
o`z ustaviga ko`ra, birja a`zolaridan kirish va joriy badallarini belgilab qo`yish va undirish, bitimlarni ro`yxatdan o`tkazish, texnika xizmati, birjani doimiy va birgalik qatnashchilaridan kirishi uchun haq olish, shuningdek, ustavni birja yig`ilishlari qoidalarini buzgani hamda ro`yxatdan o`tish yig`imini o`z vaqtida to`lamagani uchun jarimalar hamda peniyalar undirish;
birja buketlari, ma`lumotnomalar, to`plamlar nashr etish;
nazorat organlarining huquqiga xilof hatti-harakatlari bo`yicha sudga ariza bilan murojaat etish.
Fond birjasining faoliyati quyidagilar evaziga mablag` bilan ta`minlanishi mumkin:
aksiyalar va paylarni sotish, brokerlik o`rnini sotish;
fond birjasi a`zolarining muntazam tushib turadigan a`zolik badallari;
birja bitimlarini ro`yxatdan o`tkazish yig`imlari;
qimmatli qog`ozlar operatsiyalaridagi vositachilik haqi;
birja ustavida ko`zda tutilgan axborot va boshqa xizmatlardan tushadigan daromad.
quyidagi holda fond birjasi faoliyati to`xtatiladi:
muassislar umumiy yig`ilishining qarori bilan yoki sud organlarining qarori asosida.
Do'stlaringiz bilan baham: |