16. Differonlar, to’qima regeneratsiyasi, regeneratsiya turlari. O’zak va kambial xujayralar. Ularning xususiyatlari. To`qima va organlarda o`layotgan hujayralar hamda hujayra shakliga ega bo`lmagan tuzilmalar doim, butun hayot davomida qaytadan tiklanib turadi. Bu jarayon fiziologik regeneratsiya deb atalib, turli to`qimalarda turlicha kechadi. To`qimalarning shikastlangandan so`ng qaytadan tiklanishi reparativ regeneratsiya deyiladi.
Reparativ regeneratsiya bir necha yo`l bilan boradi.
1. Regeneratsion gipertrofiya. Bu yo`l bilan boruvchi regeneratsiyada a’zoning massasi hujayralarning bo`linishi yoki ularning gipertrofiyasi (kattalanishi) natijasida qayta tiklanadi. Bu tipdagi regeneratsiya yuqori tabaqali hayvonlarning jigar, buyrak va ayrim boshqa a’zolariga xosdir.
2. Hujayra proliferatsiyasi. Bu xil yo`l bilan boradigan regeneratsiyada organning shikastlangan joyi hujayralar bo`linishi hisobiga qayta tiklanadi. Masalan, me’da-ichak yo`li epiteliysi.
3. Hujayra ichi regeneratsiyasi. Bu tipdagi regeneratsiyada hujayra organellalarining hajmi va soni ortish hisobiga hujayra hajmi ham ortadi va natijada organ yoki to`qimaning ham hajmi qayta tiklanadi. Masalan, yurakning mushak qavati, neyronlarda.
Organizmda ko’pgina to’qima va organlar butun xayoti davomida kam differentsiyalangan xujayralar populyatsiyasiga ega. Kerak bo’lganda shu xujayralar xisobiga to’qimalarda xujayralar yangilanadi. Kambial xujayralar mitoz bo’linish natijasida , ikkita qiz xujayra xosil qiladi. Qiz xujayralarning biri kambial xujayra sifatida populyatsiyani saqlab qoladi. Ikkinchi qiz xujayra esa boshqa xujayraga differentsiyalanadi.O’zak xujayralar to’qimalarda ma’lum joylarda uchrab o’zining kam differentsiyalanganlik xususiyatini saqlab qoladi. Ularni soni kam va ko’zga yaqqol tashlanmaydi. Bo’linuvchi xujayralarning ko’pchiligi kambial xujayra bo’lmay, ular xujayra- o’tmishdoshlari yoki tranzit xujayralar deyiladi. Bunday xujayralar kambial xujayralardan xosil bo’lib, differentsiyalanish yo’lidagi xujayralardir. Bu xujayralar mitoz yo’li bilan ko’payib, regeneratsiya bo’layotgan xujayralar o’rnini to’ldiradi. Kambial xujayralar ko’payib, xujayra-o’tmishdoshlariga aylanadi. Xujayra –o’tmishdoshlari qisqa vaqt ichida o’lgan xujayralar o’rnini tiklaydi. Turg’un populyasiyaga ega bo’lgan to’qimalar masalan biriktiruvchi, silliq mushak to’qimasi, qon-tomirlar devorini qoplovchi xujayralarda regeneratsiya sekinlik bilan va epizodik kechadi.