Pollar. Loyihalanadigan binoda pollar tarkibi quyidagicha qabul qilingan: -ish kabinetlarida yog‘och konstruksiyali, - hojat va qo‘l yuvish yuvinish xonalarida plitkali, ichki yo‘laklarda - mozaikali.
Ish kabinetlarida loyihalangan parket pollari quyidagicha konstruksiyadan tashkil topgan: 1-orayopma plitasi; 2-tovush o‘tkazmovchi to‘shama; 3-tekislovchi qatlam; 4-mastikada o‘rnatilgan donabay parket; 5-plintus; 6-taxta raskladka.
Loyihalanadigan binoning hojat va qo‘l yuvish xonalarida pollar plitkali mahsulotlardan loyihalangan. Plitkali pollar qalinligi 20 mm gacha bo‘lgan 100 markali sement-qumli qorishmaga o‘rnatilgan. Plitkali pollarni o‘rnatishda “archa” va boshqa turdagi terish usullaridan foydalanilgan.
Zinapoyalar - binolarda qavatlar bo‘yicha joylashgan xonalarni tik yo‘nalishda o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi. Zinapoya konstruksiyalari pillapoyalar va zina maydonchalaridan iborat bo‘ladi.
Qavatlararo aloqa zinalar va liftlar yordamida amalga oshiriladi. Shu bilan birga zinalardan avariya sharoitida kishilarni evakuatsiya qilishda xam foydalaniladi.
Zinalar mustahkam, pishiq va odamlar xarakati uchun qulay va xavfsiz hamda yong‘indan muxofazalangan bo‘lishi kerak.
Zinalarni bino planida joylashtirish, ularning soni va o‘lchamlari binoning vazifasiga, katta-kichikligiga va belgilangan vaqtda kishilarni evakuatsiya qilish uchun qulaylik ta’minlanishiga qarab aniqlanadi. Masalan, turar-joy binolarida zinalar soni kamida ikkita bo‘lishi, o‘n va undan ortiq qavatli turar-joy binolarida har bir kvartiradan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bog‘lovchi o‘tish yo‘li orqali ikkita zinaga chiqish ta’minlanishi kerak.
Zinalar marshlaridan va zina maydonchalaridan iborat bo‘ladi.
Marsh konstruksiyasi o‘z navbatida pillapoya va uni ko‘tarib
turuvchi balka (kosbo‘r)dan iborat bo‘ladi.
19. Qurilish fizikasi - bino va inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq fizik jarayonlar va hodisalarni oʻrganish hamda ularga doir muhandislik hisoblash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi ilmiy fanlar (amaliy fizika boʻlimlari) majmui. Asosiy sohalari — qurilish akustikasi. kurilish yorugʻlik texnikasi, qurilish issiqlik texnikasi. Bular tovush yoki yorugʻlikning tarqalishi, issiqlikning koʻchishi qonuniyatlarini oʻrganish masalalari bilan shugʻullanadi. Ular ishlab chiqqan tavsiyalar binolar va inshootlarda odamning sezgi organlari uchun eng qulay va gigiyena nuqtai nazaridan eng maqbul akustika, yorugʻlik va temperatura-namlik sharoitlarini yaratishda juda qoʻl keladi. Qurilish konstruksiyalari va qurilish materi-allarining chidamliligi nazariyasi, qurilish iqlimshunosligi va qurilish aerodinamikasi boʻlimlari ham Qf.ning muhim sohalari hisoblanadi. Bino va inshootlarning mustah-kamligi, bikirligi va turgʻunligi masalalari amaliy fizikaning muhim boʻlimi qurilish mexanikasit oʻrganiladi.
20. Bloklari PBS - beton kub shakli, temir majmuasi vakili mustahkam poydevor bloklari.
Binoning mustahkamligi poydevorning sifati bilan belgilanadi. Ushbu qoida har qanday maqsadlar uchun binolarni qurishda asosiy hisoblanadi. Ko'plab zamonaviy poydevorlar jamoalar tomonidan yaratilgan. Ularni yaratish uchun odatda FBS bloklari tanlanadi. FBS poydevorini tanlashda, poydevor nafaqat strukturaning og'irlik yukiga bardosh berishi, balki uni iloji boricha teng ravishda tarqatishi kerakligini ham hisobga olish kerak.
FBS bloklari xususiy kam qavatli turar-joy qurilishida va turli xil mayda shakllardagi ob'ektlarni ishlab chiqarishda foydalanishga mo'ljallangan bo'lib, ular loyihalarning narxini pasaytirishi va qurilish jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.