2.Didaktik testlar va ulardan bilimlarni nazorat qilishda foydalanish;
Test — inglizcha “sinash” so’zidan olingan bo’lib quyidagi ma’nolarda ishlatiladi.
1) standart shakldagi topshiriqlar bo‘lib, aqliy taraqqiyot,
qobiliyat, bilim va malakani aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan sinovdir;
2)aniq sotsiologik tadqiqotlarda foydalaniladigan tarqatma material, savolnoma;
3) shaxs ruhiyati va xulqining aniq miqdoriy va ma’lum sifat baholarini
oldindan berilgan ba’zi standart — test me’yorlari bilan qiyosiy o‘iganishga
mo‘ljallangan psixologik tadqiqotlaming standartlashtirilgan metodi.
Topshiriq - o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy
tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniIadigan
usul.
Testdan o‘tkazish — ta’lim oluvchining bilim va malakalarini, psixik rivojlanishi va ijtimoiy tajribasini aniqlash uchun savollar tizimining qo‘yilishidir.
Didaktika - pedagogikaning ta‘lim nazariyasi bilan shug’ullanadigan tarmog’i;
Didaktik test - bu tinglovchilarning bilim va ko’nikmalarini baxolash maqssadida ilmiy me’yorlar asosida tanlab olingan topshiriqlar majmuasidir.
Didaktik testlar tinglovchilarning davomatini an’anaviy baxolashga nisbatan sezilarli ustunliklarga ega. Ular quyidagilarda namoyon bo’ladi: Didaktik test kursatkichlari, an’anaviy baxolashda bo’lgani kabi, muayyan bilimlar majmuini baxolashga emas, balki asosiy tushunchalar, o’quv dasturida nazarda tutilgan mavzu va elementlarning o’zlashtirilishini o’lchashga kiratilgan;
Didaktik test o’quv fanining butun asosiy mazmunini yoki uning bir qismini to’liq qamrab oladi;
Didaktik test o’tkazishni kamchiliklardan xoli deb xisoblash, albatta, katta xato bo’ladi. Didaktik testlarni qo’llash - bilim va o’quvlar (maxorat)ning formallashtirish mumkin bo’lgan soxasi. Ammo barcha o’quv fanlari yoki ularning bo’limlarini ham formallashtirib bo’lmaydi.Test nazoratining kamchiliklariga ular tinglovchilarni o’z javoblarini mustaqil ifodalash imkoniyatidan maxrum etishi, o’z individualligini, ijodini namoyish etish imkoniyatining yo’qligi kabilarni kiritish lozim. Ammo eng katta kamchilik - yaxshi test topshiriqlarini ishlab chiqishning qiyinligidir,xolbuki bir qarashda bu borada xech qanday qiyinchilik bo’lmasligi kerakdek tuyuladi. Axir test topshiriqlarini o’z fanini yaxshi bilgan o’qituvchilar ishlab chiqadilar. Aslida esa, didaktik testlar ishlab chiqish o’qituvchidan yuqsak pedagogik malaka, ilmiy kompetensiya hamda testlar tuzish borasida katta metodik tajriba talab etadi.Shu sababli test topshiriqlarining sifatini oshirishga. nixoyatda katta e’tibor qaratish lozim. Didaktik test o’tkazish sifatining asosiy mezonlari Didaktik test o’tkazishning uchta uzaro bog‘lik sifat mezonlari ajratiladi. Bular ishonchlilik, validlik va xolislik. Test materiallari ana shu mezonlarga ko’ra tekshiriladi. Testning ishonchliligi - diagnostik o’lchovlarning aniqligini, shuningdek test natijalarining begona tasodifiy omillar ta’siriga nisbatan barqarorligini aks ettiruvchi mezon. Didaktik testning ishonchliligi uni tayyorgarlik darajasi yaqin bo’lgan tinglovchilarning turli guruxlarida qo’llashda taxminan bir xil natijalar olishga imkon beradi. Testning validligi -test nimani va qanchalik yaxshi aniqlashini belgilovchi mezon. «Validlik» tushunchasida pedagogik testning o’z maqsadiga muvofikligi g’oyasi aks etadi. Bir narsani xar xil usullar bilan tekshirish mumkinligini intuitiv ravishda hamma tushunadi. Binobarin, tekshirish sifati talablariga boshqalariga qaraganda to’liqroq javob beradigan eng maqbul (valid) vositani izlash masalasi yuzaga keladi. Didaktik test sifatini aniqlovchi keyingi muxim mezon - ob’ektivlik (xolislik), ya’ni diagnostik ma’lumotlarni olish va talqin etishning o’qituvchiga bog’liq emasligi. Didaktik testlarning xolisligi ishonchlilik, validlik g‘oyalarini, bundan tashqari pedagogik, axloqiy xususiyatga ega bir qator jixatlarni qamrab oladigan muxim birlashtiruvchi mezondir.
Didaktik test xolisligini oshirishning pedagogik jixati standart test dasturlari, tekshiruvning texnik vositalari, avvalo Didaktik testni otkazishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanilishida ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |