Kurtak payvand qanday qilinadi ?
Payvandlardan eng ko(p tarqalgani kurtak payvanddir. Payvandlash uchun kesib olinadigan kurtakli qalamcha payvandust deyiladi. Payvand qilish uchun o‘stirilgan urug‘ko‘chat payvandtag deyiladi. Payvandlash uchun kurtaklari tiniin davrida bo‘lgan bir yillik, quyoshda toblangan novdalar kesib olinadi. Payvandlash uchun dastlab payvandtag po‘stlog‘i o‘tkir pichoq bilan «Т» harfi shaklida kesiladi. Kesilgan joy po‘stlog‘i asta-sekin keriladi. Ulanadigan kurtak biroz po‘stloq va yog‘ochligi bilan birga kesib olinadi va payvandtagdagi ochilgan po‘stloq orasiga joylanadi, so‘ngra yuqoridan pastga qarab chipta bilan o‘rab bog‘lanadi. Payvand qilingan kurtaklaming tutgan-tutmaganligi 6-10 kunda bilinadi. Kurtagidan payvandlash, asosan, avgust oyida o‘tkaziladi.
Urug‘ tarkibida organik moddalar borligi qanday jarayon orqali aniqlanadi?
0 ‘simliklaming turiga qarab urug4ning tarkibi har xil bo4ladi. Urug4 tashqaridan quruq bo4lib ko4rinishiga qaramay, uning tarkibida oz miqdorda suv bo4ladi. Buni bilish uchun probirkaga bug4doy yoki boshqa o4simlik urug‘idan solib, uni alanga ustida tutib qizdiring. Oradan ko4p vaqt o4tmay, probirka devorida hosil 59bo‘lgan suv tomchilarini ko‘rish mumkin. Agar urug‘ni qizdirish davom ettirilsa, u tutay boshlaydi, kuygan hid taraladi, urug‘ qorayib, yorilib-yorilib ketadi. Bunda urug‘ning asosiy qismini tashkil etgan organik moddalar kuyadi. Urug‘ asta-sekin kuyib, probirka ostida kul qoladi. Bu kul mineral moddalardan iborat. Urug‘lar tarkibidagi organik moddalar turli birikmalar shaklida bo‘ladi. Bularga kraxmal, oqsil va moylar kiradi.
30-BILET.
Namatakning tuzilishi va ahamiyati haqida tushuntirib bering?
Tog‘ va to‘qaylarda na’matak turkumiga mansub turlar o‘sadi. Ulardan biri oddiy na’matak (ra’no)dir. U bo‘yi 2-3 m ga yetadigan, poyasi ko‘p, tikanli, sershox buta. Barglari murakkab, toq patsimon, 5-9 yaproqchali. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti, gulkosacha va gultoji 5 tadan. Gulda juda ko‘p changchi va urug‘chilari bor. Na’matakning soxta mevasi to‘q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm, ichida juda ko‘p qattiq urug‘lari bor. Meva tarkibida inson salomatligi uchun zarur moddalardan darmondori, limon kislota, oshlovchi va boshqa moddalar bo‘ladi. Tabobatda avitaminoz kasalligining oldini olish va davolashda ishlatiladi. 0 ‘zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o‘simlik o‘sadi. Na’matak madaniy atirgullaming yowoyi turi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |