2. Ma’buda Artemida ibodatxonasi haqida ma’lumot bering
Ma’buda Artemida ibodatxonasi. Ma’buda Artemida sharafiga Efes shahrida (bu shahar hozir Turkiya hududida joylashgan) ko‘rganlarni lol qoldiradigan ibodatxona qurilgan. Afsonalarga ko‘ra, Artemida Zevsning qizi bo‘lgan. U hosildorlik, ov, Oy ma’budasi edi. Ayni paytda hayvonlar homiysi, shuningdek, ayollar madadkori ham bo‘lgan. Artemida ibodatxonasinmg tomini qoyatoshlardan ishlangan 18 metrli ustunlar suyab turgan. Ibodatxona ichida yunon rassomlarining ajoyib asarlari joylashtirilgan. Bu mo‘jizaviy ibodatxona 100 yil saqlanib turgan.
3. Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati.
Abu Ali ibn Sino olim, faylasuf. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. G‘arbda Avitsenna (ingl. Avicenna) ismi bilan mashhur. Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh al -Qumriyning xizmati katta bo‘ldi. Ibn Sino undan tabobat ilmini olib, bu ilmning ko‘p sirlarini o‘rgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan bo‘lib, 999 yilda vafot etdi.
Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. O‘sha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob bo‘lib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrug‘i butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sog‘ayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘1adi. Somoniylarning kutubxonasi o‘sha davrda butun O‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘z davrining eng o‘qimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab o‘rta asr falsafasini mustaqil o‘rganishga kirishdi.
30-BILET
1. Amir Temurning Movarounnahrni egallashi.
14-asr oʻrtalarida barlos beki oʻgʻli Temur Taragʻay buyuk siyosiy arbob sifatida tarix sahnasida namoyon boʻladi. Nufuzli turk amiri Qazagʻon nabirasi —Samarqand hukmdori Xusayn bilan ittifoqchilikda Temur Movarounnahrni birlashtirish va uni moʻgʻil bosqinidan ozod qilish uchun kurash boshlaydi. Biroq koʻp oʻtmay ular oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashadi. 1370 yili Amir Temur Xusayn qoʻshinini tor-mor qilgach, Movarounnahr amiri deb eʼlon qilinadi. 1372—1388 yillar davomida Amir Temur Xorazmga besh marta yurish qiladi va uning oʻziga toʻla tobe boʻlishiga erishadi. Shundan soʻng u Eron, Iroq, Kavkaz, Suriya, turkiyaga harbiy yurishlarni boshlaydi. Natijada ulkan imperiya barpo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |