3. Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyati.
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875 Samarqand – 1919.25.3, Qarshi) - dramaturg, publitsist, din vajamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri. Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga ko4tariladi. Behbudiy haj safarida bo‘lgan chog‘ida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899—1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yakinidagi Halvoyi qishlog‘ida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903.04), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi, „Risolai asbobi savod” („Savod chiqarish kitobi”, 1904), „Risolai jug‘rofiyai umroniy”, („Aholi geograflyasiga kirish”, 1905), “Muntaxabi jug‘roflyai umumiy” („Qiskacha umumiy geografiya”, 1906), „Kitobat ulatfol” (,,Bolalar xati”, 1908), “Amaliyoti islom” ( 1908), “Tarixi islom” (1909) kabi kitoblar chop ettiradi. Keyinchalik (1908 yilda) Shakuriynilig Rajabamindagi maktabini Samarqanddagi o‘z hovlisiga ko‘chirib keltiradi. Behbudiy 1911 yilda „Padarkush” dramasini yozdi. Bu birinchi o‘zbek dramasi edi.
28-BILET
1. BMTning tashkil topishi.
1945-yilning avgust oyi...Ikkinchi jahon urushi hamon davom etmoqda edi. AQSH dunyoga o‘z kuch-qudratini namoyish etish maqsadida 6- va 9-avgust kunlari Yaponiyaning Xirosima hamda Nagasaki shaharlariga eng dahshatli qurol – atom bombasi tashladi. O‘zining bu harakatini Yaponiyani tezroq taslim bo‘lishga majbur etish bahonasi bilan oqlashga urindi. Davlat arboblari bundan keyin jahon urushi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yer yuzida mustahkam tinchlik o‘rnatishda
xizmat qiluvchi xalqaro tashkilot tuzishga ahd qildilar. Bunday xalqaro tashkilot
tuzildi. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) deb ataldi. Birl ashgan Millatlar
Tashkiloti 1945-yilning 24-oktabrida tuzildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining
asosiy maqsadlari quyidagilar ekanligi belgilab qo‘yildi:
– butun dunyoda tinchlikni ta’minlash;
– dunyo xalqlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish;
– dunyoda ocharchilik, kasallik va savodsizlikni tugatish borasida birgalikda harakat qilish;
– ekologiya halokatining oldini olish;
– inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarashni rag‘batlantirish. Dunyoning qaysi bir burchagida bo‘lmasin, um umiy tinchlikni xavf ostiga qo‘yadigan vaziyat yuzaga kelsa, BMT uni muhokama qiladi va tinchlikni saqlab qolish uchun zarur choralarni ko‘radi. Hozirgi kunda dunyoning 200 ga yaqin davlati BMT a’zosidir. Mana, Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘tgan yillar davomida BMT Yer yuzida mustahkam tinchlik ishi uchun kurashib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |