2. Semiramida osma bog‘lari haqida ma’lumot bering.
Qadimgi Yuno-niston tarixchisi Gerodotning yozishicha, Semiramida osma bog‘larini qadimgi Ossuriya podshohi - malika Semiramida (asli ismi Shammuramat) mil.avv. VIII asrda barpo ettirgan. Bog‘ supaga o‘xshash qilib qurilgan, supalarni ustunlar ko‘tarib turgan. Supalar ustiga tuproqlar tashlanib, unga rang-barang gullar, har xil ko‘chatlar o‘tqazilgan. Har bir qavatdagi bog‘ga zinapoyalar orqali chiqilgan. Har kuni ko‘plab qullar tepaga suv tashishgan. Bog‘dagi so‘lim daraxtlar soyasi, tepadan pastga jilvirab oqayotgan suv salqini haqiqiy mo‘jizaning o‘zi bo‘lgan. Keyinchalik bu bog‘ni Bobil podshosi Navuxodonosor II vayron qilib tashlagan.
3. Galileo Galiley hayoti va ilmiy faoliyati.
G. Galiley ham italiyalik (1564-1642) buyuk astronom edi. U osmon jismlarini kuzatuvchi asbob - teleskopni yaratdi va shu teleskop bilan osmonni kuzatgan Yev-ropaning birinchi olimi edi. Uning tad-qiqot ishlari Kopernikning ta’limotini tasdiqladi. Bundan tashqari, G. Galiley Oyda ham Yerdagi kabi tog‘lar borligini va
hatto Quyoshda dog‘lar mavjudligini qayd etdi. G. Galiley o‘z qarashlarini «Yulduzlar axboroti» kitobida bayon etdi. Cherkov bu kitobni taqiqlangan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritdi. Inkvizitsiya esa uning kashfiyotlarini qoraladi. Keksa, kasalmand Galiley besh oy davomida tergov qilindi. Tergov uning tinka-madorini quritdi. Oxir-oqibatda, inkvizitsiya uni o‘z g‘oyalaridan voz kechishga majbur etdi. 1992-yilda Rim Papasi Ioann Pavel II (marhum) G. Galileyga nisbatan inkvizitsiya sudi qarori bekor qilinganligi va G. Galileyning oqlanganligini e’lon qildi. Ayni paytda u inkvizitsiyaning buyuk olimga nisbatan o‘tkazgan zulmi uchun kechirim so‘radi.
16-bilet
1. Yuechjilarni O‘rta Osiyoga bostirib kirishi.
Mil. avv. 140–130-yillar oralig‘ida ko‘chmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. Yuechjilar Baqtriya yerlariga kelib o‘rnashadilar va milodiy I asrda Guyshuan (Kushon) xonadonining boshlig‘i barcha yuechji mulklarini o‘z hokimiyati ostida birlashtirib, Kushon davlatiga asos soladi. Birlashgan yuechji qabilalarining birinchi hukmdori Kudzula Kadfiz bo‘lgan. Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Afg‘oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo‘shib olingan.Uning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada kengaydi. Podsho Kanishka hukmronligi zamonida poytaxt Baqtriyadan Peshovar (hozirgi Pokiston)ga ko‘chiriladi, Kushon podsholigi esa ulkan davlatga aylanadi. Uning hududiga Hindiston, Xo‘tan, Afg‘oniston va O‘zbekistonning janubigacha bo‘lgan yerlar kirgan. Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari qatorida Kushon davlati ham ulkan podsholiklardan biriga aylangan. To‘xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati inqirozga yuz tutdi va parchalanib ketdi
Do'stlaringiz bilan baham: |