3. Yusuf Xos Hojib hayoti va faoliyati.
Turkiygo‘y adib, mutafakkir va davlat arbobi bo‘lgan Yusuf Xos Hojib (XI asr) “Qutadg‘u bilig” dostonining muallifidir. U qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan bo‘lgan Bolasog‘unda tug‘ilgan. Yusuf bu yerda arab, forsiy til va undagi adabiyotlarni puxta o‘rgandi. Falsafa, mantiq, matematika va boshqa bilimlarni mukammal egalladi, davlat ishlari, idora qoidalari bilan qiziqdi. Yusufning hayoti va ijodiy yo‘li haqidagi ma’lumotlar juda oz. Yusuf Xos Hojib haqida ma’lumot beruvchi yagona manba “Qutadg‘u bilig” dostonidir. U 1069-yilda “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”) asarini Bolasog‘unda yoza boshlaydi va 1070-yilda Koshg‘arda tugatadi. Asarni qoraxoniylar hukmdorlaridan bo‘lgan Tavg‘och Bug‘roxonga taqdim etadi. “Qutadg‘u bilig” Tavg‘och Bug‘roxonga ma’qul kelib, Yusufga “Xos Hojib” (eshik og‘asi) martabasini beradi. O‘shandan boshlab adibni Yusuf Xos Hojib deb atay boshlaydilar. Asarda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotdagi o‘rni va vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi. “Qutudg‘u bilig”da oddiy xalq, mehnatkash inson alohida ehtirom bilan tasvirlanadi. “Qutadg‘u bilig”da axloq, odob, sadoqat va va sevgi kabi masalalar haqida hikmatli so‘zlar yuritadi. U ilm va ma’rifatga saodatning kaliti deb qaraydi. Shuning uchun ham o‘z dostonini “Qutadg‘u bilig” deb ataydi. Unda ilm va ma’rifatni targ‘ib qiladi, olimlarni ulug‘laydi, davlat boshliqlarini ilm-fan ahllaridan ta’lim olishga va ularning maslahatlari bilan ish ko‘rishga da’vat qiladi
34-bilet
1. Xristofor Kolumb kashfiyotlari
Genuyalik, admiral Xristofor Kolumb (1451-1506) o‘z oldiga Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan yo‘l ochishni maqsad qilib qo‘ydi.Nihoyat, X. Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindistonga yo‘l ochish Xristofor Kolumb uchun ekspeditsiyani boshlash haqida shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Shartnomaga ko‘ra, qirol ekspeditsiyaning xarajatlarini o‘z zimmasiga oldi. X. Kolumb 1492-yilning 6-avgust kuni 3 ta kemada birinchi ekspeditsiyasini boshladi. 1492-yil 12-oktabr kuni X. Kolumb ekspeditsiyasi a’zolari Karib dengizidagi orollardan biriga kelib tushdi. X.Kolumb bu orolni San-Salvador («Muqaddas xaloskor») deb atadi (hozirgi Bagama orollari davlati hududidagi orol). Shu tariqa Hindistonga olib boradigan suv yo‘lini ochish maqsadida uyushtirilgan ekspeditsiya Amerikaning kashf etilishiga sabab bo‘ldi. Biroq X. Kolumb 1492-yilda Hindistonga emas, Amerikaga kelib qolganligini anglamadi. U Hindistonga keldim, deb hisoblar edi. Shuning uchun ham X. Kolumb Amerikaning mahalliy aholisini hindular deb atadi. Amerikaga 4 marta ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiyalar natijasida ochilgan hududlarda Ispaniya bayrog‘i hilpiray boshladi. Shu tariqa bu hududlar Ispaniya mulkiga aylandi. X.Kolumb esa o‘sha hududlarning vitse-qiroli etib tayinlandi. 1492-yil 12-oktabr Amerika qit’asining rasman kashf etilgan kuni hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |