1. Berilgan qaysi so`z etikdo`zlik kasbiga doir emas? A qolip b poshna c shirach d mola



Download 41 Kb.
bet1/2
Sana22.12.2022
Hajmi41 Kb.
#894185
  1   2
Bog'liq
1. Berilgan qaysi so`z etikdo`zlik kasbiga doir emas A qolip b

ona tili


1. Berilgan qaysi so`z etikdo`zlik kasbiga doir emas? A) qolip B) poshna C) shirach D) mola
2. Azob, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat,alam, iztirob, uqubat, sitam.
Berilgan sinonimlardan qaysi biri keng tushunchaga ega, u «ruhiy va jismoniy qiynoq» ma’nosida ham, «o‘zga tomonidan bo‘ladigan, shuningdek, biror narsadan bo‘ladigan qiynoq» ma’nosida ham qo‘llanaveradi? A) azob B)aziyat C)jabr D)zahmat
3. Jilmaymoq so`zining qaysi sinonimida salbiy baho kuchli? A) tirjaymoq B) irshaymoq C) irjaymoq D) ishshaymoq
4. Rabot so`zi qanday ma’nolarni ifodalaydi? 1) Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda
soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan ma’lum masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on. 2) Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy. 3) Shahardan chetroqdagi turar-joy. A) 1, 2 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D)1, 3
5. Qaysi so`roq gapda hayrat va taajjub ma’nosi ifodalangan? A) Shunaqayam bo‘ladimi?! B) Men g`olib bo`ldimmi? C) Vaqtida yetib bora olarmikanmiz? DBu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka?
6. Yamon so‘zkim kelib jong‘a urg‘ay,
Ki jondin o‘tib imong‘a urg‘ay.
Ma’dani inson guhari so‘zdurur,
Gulshani odam samari so‘zdurur. (Navoiy) Ushbu she’rda qo`llangan “samar” so`zining ma’nosini qaysi javobda to`g`ri izohlanmagan? A) meva B) natija C) foyda D) hosila
7. Barglarda raqs etar shabboda,
O‘ynar sabo shaklinda kecha.
Tun bulutga ko‘tarib boda,
Afsonalar aytar tonggacha. (Rauf Parfi) Ushbu she’riy parchada shakl va ma’no munosabatiga ko`ra qanday so`zlar ishtirok etgan? A) sinonimlar B) antonimlar C) sinonim va antonimlar D) antonim va omonimlar
8. Zupta so`zining sinonimi qaysi javobda berilgan? A) chaqqon B) kichik C) pishiq D) asil
9. Qaysi gaplarda qatnashgan undalmalarning emotsionallik bo`yog`I ortiqroq? 1. Qani, To‘xta xola, gapiring! 2. Ko‘p bema’ni ish qilibsiz-da, o‘g‘lim! 3. Uydagilar yaxshi o‘tirishibdimi, Xolida? – dedim uning qadamiga qarab ohista
borarkanman. 4. Hurmatli o‘rtoq Saidova, «Yoshlik» kompleks binosining jyuri a’zolari sizning loyihangiz bilan tanishib chiqdi. Jyuri sizga shu loyiha uchun birinchi mukofot berilishini loyiq topdi... A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3
10. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, demakki, nutqiy uslublarning hammasida erkin qo‘llanadigan til birliklari mavjud. Ular uslub nuqtayi nazaridan betaraf, ya’ni biron-bir uslubga xoslanmagan vositalar hisoblanadi va ular tilde juda katta qismni tashkil etadi. Bunday birliklar barcha uslublarning umumiy unsurlari sanaladi. Berilgan so`zlardan nechtasi yuqoridagi ta’rifga mos so`zlar hisoblanadi? Ishlamoq, yurmoq, kitob, uy, suv, katta, kun, aytaylik A) sakkiztasi B) yettitasi C) oltitasi D) beshtasi
11. Berilgan gaplarning qaysi birida fe’lning ikki xil zamon shakli qatnashgan? A) U ovutib turgan ukamni qo‘ydi-da, qo‘g‘irchoqlarining oldiga yugurib ketdi. B) “Hozir ko‘nglimga qil sig‘mayapti, keyinroq gapirarsiz”, - dedi Salomatga qarab. C) O‘zi qator joylashgan, bir-biriga boylangan, bir-birini kuzatar, behisob nur uzatar. D) Sen ko‘rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘nib boryapti.
12. Ko‘chirma gap qismi bog‘lovchisiz qo‘shma gap hisoblangan ko‘chirma gapli qo‘shma gapni aniqlang. A) “Shuni bilki, bu in’omning teran ma’nosi bor”, - dedi Bibixonim sirg‘alarni kelinining qulog‘iga taqib qo‘yar ekan. B) “Har bir kishining so‘zi – o‘z fazilatlarining dalili va tarjimonidir”, - deb yozgan Xoja Ahmad. C) “Yur, bolam, senga bitta muzqaymoq olib beray!” – dedi to‘satdan. D) “Himmat hamma narsadan yuqori turadi, aql binosi esa hech vaqt vayron bo‘lmaydi”, - degan edi Suqrot.
13. Kasalxonaga yaqinda tushgan Madrahimov, jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga
burkanib, yengchadan boshini chiqarib turgan sichqondek derazadan ko‘chaga qarab o‘tirgan edi. Ushbu gapdagi vergullar nima sababdan qo‘yilgan? A) uyushiq bo‘laklar va qo‘shma gap qismlari orasidagi sodda gaplarni ajratish uchun B) ajratilgan bo‘lak va qo‘shma gap qismlari orasida sodda gaplarni ajratish uchun C) uyushiq bo‘lak, ajratilgan bo‘lak va qo‘shma gap qismlari orasidagi sodda gaplarni ajratish uchun D) uyuqshiq va ajratilgan bo‘lak borligi uchun
14. Har ikkala qismida ham yasama so‘z mavjud bo‘lgan bog‘langan qo‘shma gap qaysi javobda berilgan? A) Dunyo ko‘rgan odam bilan hamsuhbat bo‘lsang, bahri diling ochiladi. B) Guli yo‘q bo‘stondan yaproq yaxshi, foydasi yo‘q yo‘ldoshdan tayoq yaxshi. C) Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma. D) O‘ylamoq yaxshi narsa, biroq ko‘p o‘ylab, xayolparast bo‘lish zararlidir.
15. Malika Mumtozmahal shohning ma’yusligini sezgach, uni xushnud etish uchun g‘azallar o‘qib,

Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish