1. Belgilansinki



Download 316,19 Kb.
bet1/6
Sana11.02.2022
Hajmi316,19 Kb.
#443056
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISH a

Ichki iste’mol bozorida go‘sht, sut, tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ozuqa bazasini kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida:


1. Belgilansinki:
2021-yil 1-martdan boshlab Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kompensatsiya va kafilligidan foydalangan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik yo‘nalishidagi krediti bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida qaytarayotgan tadbirkorlik subyektlariga, ularning kredit bo‘yicha qarzdorligi to‘liq qoplanmaguncha, yangi kreditlar bo‘yicha jamg‘armaning kafilligidan yana foydalanishga ruxsat beriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4243-son qarori 2-bandiga muvofiq berilgan imtiyozlar chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xo‘jalik subyektlariga va omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan ham tatbiq etiladi;
2021-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar naslchilik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi.
2. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1-ilovada keltirilgan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda:
ularni olib kirishda hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddati 180 kunga uzaytiriladi;
to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisobot davri yakunidagi salbiy farq summasi soliq to‘lovchining arizasiga asosan tezlashtirilgan tartibda 20 kundan kechiktirmasdan qoplab beriladi hamda soliq summasi qoplab berilgandan so‘ng, kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-iyundan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 07/21/5146/0555-son)
chorvachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, go‘sht uchun realizatsiya qilingan yirik va mayda shohli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 so‘m hamda sutining har bir litri uchun 200 so‘m;
Oldingi tahrirga qarang.
parrandachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1 000 so‘m;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 07/21/5146/0555-son)
baliqchilik xo‘jaliklariga — intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr)ning har bir kilogrammi uchun 3 000 so‘m, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 so‘m miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratiladi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan subsidiyalar qo‘shilgan qiymat solig‘idan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan, shuningdek, kontragentlarni tanlashda lozim darajada ehtiyotkor bo‘lgan korxonalarga ularning subsidiyalar olish to‘g‘risidagi arizalariga asosan keyingi oyning 25 sanasigacha ajratiladi.
4. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga o‘zlari tomonidan yetishtirilgan va realizatsiya qilingan mahsulotlar uchun subsidiyalar ajratish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
“O‘zbekchorvanasl” agentligi markaziy apparati tuzilmasida 5 ta shtat birligidan iborat Parrandachilik va quyonchilik sohalarini rivojlantirish boshqarmasini tashkil etish;
“O‘zbekchorvanasl” agentligi direktorining parrandachilik va quyonchilik sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini kiritish;
“O‘zbekchorvanasl” agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Chorvanasl” markazlarida 2 ta shtat birligidan iborat parrandachilik va quyonchilik ishlarini rivojlantirish sektorini tashkil etish;
Davlat veterinariya xizmati tizimida chorva mollari, parrandalar va baliqlar ozuqasi tarkibini tahlil qilish hamda parrandalar kasalliklari tashxisini qo‘yish bo‘yicha laboratoriyalarni tashkil etish;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga qo‘shimcha ravishda respublikada go‘sht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi, tayyorlovchi hamda realizatsiya qiluvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek, o‘zaro hamkorligini ta’minlashga ko‘maklashish vazifasini yuklash.
6. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zbekchorvanasl” agentligi markaziy apparati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Chorvanasl” markazlari tuzilmasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni hamda chorva mollari va parrandalar va baliqlar ozuqasi tarkibini tahlil qilish va parrandalar kasalliklari tashxisini qo‘yish bo‘yicha laboratoriyalar xodimlarini mazkur qo‘mita tizimining umumiy shtat birliklari hisobiga shakllantirsin.
2021-yil 1-aprelga qadar chorva mollari va parrandalar ozuqasi tarkibini tahlil qilish hamda parrandalar kasalliklari tashxisini qo‘yish bo‘yicha laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilsin.
7. Quyidagilar “O‘zbekchorvanasl” agentligining parrandachilik va quyonchilik sohasidagi qo‘shimcha vazifalari etib belgilansin:
parrandachilik va quyonchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda narxlar monitoringini olib borish;
parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini olib borish, mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
parranda va quyonlar uchun to‘la qiymatli, yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yo‘li bilan parrandachilik va quyonchilik tarmog‘ining ozuqa bazasini mustahkamlash;
parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish va uni qayta ishlash sohasida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni tashkil qilish.
8. Moliya vazirligi:
a) “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan sun’iy suv havzalari, ularda yetishtiriladigan baliqlar va baliqchilik texnologik uskunalarini sug‘urtalash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, bo‘ron, dovul, sel, suv toshqini, zilzila, kasalliklar oqibatida nobud bo‘lish, mazkur joyga xos bo‘lmagan darajada havoning sovuq yoki issiq kelishi, portlash, baliqxo‘r qushlar tomonidan zarar yetkazilishi va uchinchi shaxs tomonidan qasddan qilingan harakat, o‘g‘riliklar (jinoyat ishi ochilgan bo‘lsa) sug‘urta hodisalari sifatida sug‘urtalash tartibida nazarda tutilsin;
b) “O‘zbekchorvanasl” agentligi bilan birgalikda respublikada faoliyat yuritayotgan parrandachilik korxonalaridagi mavjud parrandalarni turli kasalliklar va favqulodda vaziyatlar (elektr energiyasi va tabiiy gazdagi uzilishlar) oqibatida nobud bo‘lishini sug‘urtalash tartibini ishlab chiqsin.
Bunda, parrandalar bosh sonini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta tovonining 50 foizigacha bo‘lgan qismi Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aholiga sifatli va arzon parranda hamda baliq mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish maqsadida “Parrandasanoat” va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmalari taklifiga asosan:
parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga o‘zi ishlab chiqargan tuxum, parranda go‘shti va baliq mahsulotlarini sotish uchun dehqon bozorlari va aholi gavjum hududlardan (arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari o‘tkazilishi belgilangan joylar negizida) o‘rnatilgan tartibda doimiy savdo joylari (nuqtalari);
har bir dehqon bozorida hamda shahar (tuman)dagi aholi gavjum joylarda kamida 2 tadan yengil konstruksiya asosida parranda va baliq mahsulotlari sotishga mo‘ljallangan savdo do‘konlarini qurish uchun joy ajratilishini ta’minlasin.
10. “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ raps (urug‘i, shroti, kunjarasi, yog‘i), pista (urug‘i, shroti, kunjarasi, yog‘i), soya (urug‘i, shroti, kunjarasi, yog‘i), baliq uni va yog‘i, arpa, makka, fosfat (trikalsiy, monokalsiy, dikalsiy) va xolin xlorid mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalarni birja savdolariga jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Mahsulotlarni birja orqali milliy yoki xorijiy valyutada import qilishga ruxsat beriladi.
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro tajribani o‘rgangan holda birja savdolari orqali mahsulotlar importini amalga oshirishda “birja ombori” xizmatlaridan foydalanish mexanizmini joriy etish bo‘yicha taklif kiritsin.
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining chorvachilik yo‘nalishidagi loyihalari, loyihalarni amalga oshirish guruhlari loyiha doirasidagi huquq va majburiyatlari, shartnomalar va mol-mulklari bilan birgalikda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga o‘tkazilsin.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish bo‘yicha Fransiya taraqqiyot agentligining kredit liniyasini 2021-yil 1-iyuliga qadar hamda Jahon banki kredit liniyasini 2021-2022-yillarda jalb qilish choralarini ko‘rsin.
13. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi Marhamat yengil sanoat texnikumi negizida Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Andijon veterinariya meditsinasi texnikumini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha veterinariya meditsinasi va agrotexnologiyalar texnikumlarida parrandachilik, veterinariya, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilik yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida qabul kvota parametrlarini shakllantirsin.
15. Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Nishon, Mirishkor va Koson tumanlarini chorvachilikka ixtisoslashtirish, ushbu tumanlarda zamonaviy chorvachilik komplekslarini tashkil etish maqsadida quyidagilar:
Qashqadaryo viloyatida chorvachilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Qashqadaryo viloyatida 2021-2022-yillarda Dastur doirasida yerlarni meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Qashqadaryo viloyatida 2021-2022-yillarda sug‘orish kanallarini tozalash hisobiga qo‘shimcha yer maydonlarini o‘zlashtirish parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
Qashqadaryo viloyatida 2021-2022-yillarda pichanzor va yaylov yerlarida yangidan qaziladigan quduqlar dislokatsiyasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
16. Belgilansinki:
a) ushbu qarorning 4 va 5-ilovasiga muvofiq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi;
b) qo‘shimcha yer maydonlarini o‘zlashtirish hisobiga qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida quriladigan quduqlarga o‘rnatiladigan nasoslar tegishli agroklaster, fermer va dehqon xo‘jaliklarining balansiga hamda ularga o‘rnatiladigan transformator va elektr uzatish tarmoqlari “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ balansiga o‘tkaziladi.
v) Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlarida chorvachilikni rivojlantirishga oid loyihalarni amalga oshirishga:
AT “Xalq banki” va boshqa tijorat banklari tomonidan 2021-2022-yillarda xorijiy moliya institutlari kredit liniyalari hisobidan 50 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltiriladi;
Qashqadaryo viloyatiga 2021-2022-yillarda chet davlatlardan olib kelinadigan chorva mollarini sotib olish uchun aholi va tadbirkorlik subyektlariga zarur kreditlar vakolatli banklar tomonidan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida mavjud resurslar hisobidan ajratib boriladi.
17. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi:
tadbirkorlik subyektlarini chorvachilik bilan shug‘ullanishga qiziqtirish, ularni chorvachilik sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun o‘qitish, shuningdek, bu jarayonga xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish;
chorvachilik sohasiga oid seminar, anjuman, yarmarka va ko‘rgazmalar tashkil qilish, shuningdek, mahalliy chorvadorlarning xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirokini ta’minlash;
qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yaqindan amaliy yordam ko‘rsatsin.
18. Qashqadaryo viloyati hokimligi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda loyiha tashabbuskorlariga ajratilayotgan yer uchastkalarida ularning murojaatiga asosan yer ostidan suv chiqarish uchun sug‘orish tik quduqlari burg‘ulash joylarini aniqlasin hamda ularni xabardor qilsin.
19. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi sug‘orish tik quduqlarini burg‘ulash loyihalariga gidrogeologik xulosa berilishini ta’minlasin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
21. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari Sh.M. G‘aniyev va J.A. Qo‘chqorov belgilansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib borilsin.

Download 316,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish