4
Bakteriyalarning harakatlanishi. Bakteriyalar xivchinlari yordamida harakatlanadi. Xivchinlar protoplazmatik ipdan iborat. Ular bakteriyaning tanasiga qaraganda 20 baravar kalta bo’ladi. Ba’zi bakteriyalarning (jumladan, nitrozomonas yavanenzisning) xivchini tanasiga nisbatan 50 baravar uzun bo’ladi.Spiroxetalar harakatlanganda tanasini bir tekis tebrantiradi. Achitqi zamburug’lari bir joyning o’zida harakatlanadi, ya’ni o’rnini almashtirmaydi. Bir joydan ikkinchi joyga siljish tezligi turli bakteriyalarda turlicha bo’ladi: ko’pchilik bakteriyalar bir sekund ichida o’z tanasi uzunligiga teng keladigan masofani bosib o’tadi. Ba’zilari, jumladan, vabo (xolera) vibrioni bir sekundda o’z tanasi uzunligiga nisbatan 15 baravardan ortiq masofaga siljiydi (tanasining uzunligi 2 mkm, bir sekundda o’tgan masofasi esa 30 mkm ga yaqin bo’ladi). Bakteriyalarning xivchini hujayrada turlicha joylashadi: monotrix xivchin-bakteriya hujayrasining faqat bir tomonida bitta xivchin bo’ladi; lofotrix xivchin-bakteriya hujayrasining bir tomonida bir nechta xivchin bo’ladi; amfitrix xivchin-bakteriya hujayrasining ikki tomonida bir nechtadan xivchin bo’ladi; peritrix xivchin-bunda Xivchinlanish tiplari: a – monotrixlar; b – lofotrixlar; v – peritrixlar. xivchinlar bakteriya hujayrasining hamma tomonini o’rab oladi. Monotrix va lofotrix xivchinli bakteriyalar to’g’ri chiziq bo’ylab, amfitrix xivchinli bakteriyalar odimlab, peritrix xivchinli bakteriyalar esa yumalab harakatlanadi
27
Prokariot va eukariot organizmlar belgilarini o‘zaro taqqoslash
Belgilar
|
Prokariotlar
|
Eukariotlar
|
Yadro
|
Mitoz yo‘li bilan bo‘linadi yadro membranasi yo‘q
|
Mitoz yo‘li bilan bo‘linadi yadrosi membrana bilan o‘ralgan
|
DNK ning holati
|
Gistonlar bilan bog‘lanmagan alohida molekulalar
|
Gistonlar bilan bog‘langan holda xromosomalarda joylashagan
|
Membranalarning tarkibi
|
Sterollar uchramaydi
|
Sterollar bor
|
Nafas olish sistemasi
|
Membranalar yoki mezosomalar nafas olish sistemalari. Mitoxondriyalar uchramaydi.
|
Mitoxondriyalar mavjud, nafas olish sistemalari membranalar bilan o‘ralgan organellalar
|
Ribosomalarning kattaligi
|
70S
|
80S
|
Sitoplazmaning harakati
|
Sitoplazma harakatlanmaydi
|
Sitoplazmaning harakati aniq
|
Hujayra po‘sti
|
Ximiyaviy tarkibida peptidoglikanlar kompleksi bor
|
Hujayra po‘sti organik va anorganik moddalardan tuzilgan.
|
Xivchinlar
|
Bir yoki bir necha fibrillalardan tashkil topgan juda nozik va mayda
|
20 ta fibrilladan tashqil topgan: ular 2x9x2 holatidagi guruhlarda to‘plangan
|
Vakuolasi
|
Kamdan-kam uchraydi
|
Doim uchraydi
|
Hujayralarning quruq moddasi
|
10-15-10-11g
|
10-11-10-7g
|
Antibiotiklarning ta’siri
|
Pensillinga sezgir yoki ta’sirchan
|
Pensillinga sezgir emas, ta’sirchan emas
|
Yuqori temperaturaga chidamliligi (vegetativ hujayrasi)
|
75-900C
|
40-600C
|
Gamma nurlariga chidamliligi
|
Chidamliligi yuqori
|
Chidamliligi past
|
Anaerobioz
|
Fakultativ va obligat
|
Fakultativ
|
Fotosintez jarayoni
|
Bakterioxlorofill pigmenti, qaytaruvchilar: H2S va S boshqa birikmalari, organik moddalar
|
Xlorofill a, v, s, d yoki e, kislorod ajraladi, qaytaruvchi – H2O
|
Jinsiy jarayoni
|
Meyoz uchramaydi, ba’zi fragmentlari uchraydi va irsiy informatsiyaning ma’lum bir qismi o‘tadi
|
Jinsiy protsess sistematik holda uchraydi, meyoz mavjud va xromosomalar hamma irsiy xususiyatlarni o‘tkazadi
|
Xromosomalar soni
|
Bitta xromosoma
|
Birdan ortiq xromosomalar
|
Xromosomalar tarkibi
|
DNK
|
DNK va oqsil
|
Xromosomalar soni
|
Gaploid
|
Gaploid yoki diploid
|
Sitoplazmatik DNK
|
Plazmidalar va episomalar (membrana bilan o‘ralmagan)
|
Mitoxondriyalar, xloroplastlar, sentriolalar, Golji apparati, kinetosomalar (bazal tanachalari)
|
Gametalar
|
Organizmning o‘zi
|
Organizmning o‘zi yoki meyozning maxsus mahsulotlari
|
DNK konsentratsiyasi grammlarda gaploid yadroga nisbatan
|
4,3 . 10-15
|
1,5 . 10-12
|
52
XIX asrda ko‘p mamlakatlarda tibbiyot mikrobiologiyasi rivojlandi. Bunga yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini o‘rgangan mashhur nemis olimi Robert Kox (1843-1910) ko‘p hissa qo‘shdi. U o‘z tadqiqotini kuydirgi kasalligini o‘rganish bilan boshladi va ushbu kasallikning qo‘zg‘atuvchisi Bacillus anthracis bakteriyasi ekanligini aniqladi. Keyinchalik odam va qoramollarda sil kasalligini qo‘zgatuvchisini hamda vabo vibrionini ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi, mikroskopik metodlarni takomillashtirdi, immersion sistemani qo‘llashni va mikrofotografiyani amaliyotga kiritdi.1905 yilda Kox sil kasalligi bo‘yicha tadqiqotlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. U va uning shogirdlari boshqa kasalliklarning qo‘zg‘atuvchisi - Osiyo vabosi, difteriya, tifo isitmasi, qoqshol, gonoreya kasalliklarini qo‘zg‘atuvchini topdilar
48
Mikrobiologiya fanining bir qancha tarmoqlari mavjud:1 Umumiy mikrobiologaya;2 Meditsina mikrobiologiyasi:3 Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi ;4 Veterinariya mikrobiologiyasi;5 Sanoat mikrobiologiyasi ;6 Suv mikrobiologiyasi;Umumiy mikrobiologiya mikroorganizmlar hayot faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Ular bu fanning asosini tashkil qiladi. Umumiy mikrobiologiya mikroorganizmlarni tekshirish usullari haqida, hamda mikroorganizmlarning morfologiyasi, fiziologiyasi, bioximiyasi, sistematikasi, o‘sishi va ko‘payishi haqida axborot beradi; u azot, uglerod, oltingugurt, temir moddalarining tabiatda aylanishini, ularda ishtirok etuvchi mikroorganizmlarning rolini o‘rganadi.Tibbiyot mikrobiologiyasi odamlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen mikroorganizmlarning morfologiya va fiziologiyasini, har xil kimyoviy moddalar, ayniqsa, dezinfeksiya qiluvchi moddalarga chidamliligini, mikroorganizm va mikroorganizmlar orasidagi munosabatlarni o‘rganadi. Bularni hammasi umumiy tibbiyot mikrobiologiyasida o‘rganiladi.
18
Zamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlarni atroflicha o‘rganib, ularning barcha xususiyatlarini bilishni taqazo etadi. Mikroorganizmlarni sinflarga ajratish va nomlash uchun zarur bo‘lgan axborotni olish uchun har tomonlama ko‘rinishlari, mikrobning hamma tashqi va ichki tuzilishlarini, uni fiziologiya va bioximiyasini bilish muhimdir. Shuning uchun mikroorganizmlarining tashqi va ichki strukturalari, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini, hamda mikroorganizmlarni tabiiy sharoitda yuzaga keltiradigan asosiy jarayonlarni bilish zarur bo‘lib, bunda ularning quyidagi xususiyatlari haqidagi bilimlar asos qilib olinadi:1. Shakli va o‘lchami;2. Harakati (hivchinlarining bor - yo‘qligi va joylanishi);3. Kapsulasining bor yo‘qligi;4. Endospora hosil qilishi;5. Gram usulida bo‘yalishi;6. Modda almashinishinig o‘ziga xos tomonlari va energiya olish uslublari;7. Energiya olishi;8. O‘zi yashab turgan tashqi muhitni qanday qilib o‘zgartirishi va tashqi muhit uning yashashiga qanday qilib ta’sir etishi va uning hayot faoliyatini saqlab qolishi.
51
Mikroorganizmlarni o‘rganishning ikkinchi davri - «fiziologiya davri» - buyuk fransuz olimi Lui Paster (1822-1895) ishlaridan boshlandi. birinchi marta, kimyogarlarning fikriga zid ravishda, fermentatsiya va chirish jarayonlari har bir fermentatsiya turiga xos bo‘lgan mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. U ushbu jarayonlarni anaerob sharoitida molekulyar kislorodga ega bo‘lmasdan amalga oshirish mumkinligini aniqladi. Shunday qilib, Paster tamomila yangi biologik hodisa - anaerobiozni kashf etdi. U ko‘pgina bijg‘ish jarayonlarining, ya’ni spirtli, sut kislotali, sirka kislotali bijg‘ish hamda boshqa tur bijg‘ishlarning biologik mohiyatini aniqladi Har bir bijg‘ish jarayonining o‘z mikroorganizmlari borligini tajribalar bilan isbotladi. U yana chirish jarayonlarining ham alohida mikroorganizmlar ta’sirida borishini ko‘rsatdi. Lui Paster kuydirgi, quturish, saramas, pasterellyoz, gazli gangrena, tut ipak qurtining (pebrina) kasalligini, vino va pivoning buzilishini o‘rgandi va ularga qarshi kurash choralarini aniqlab berdi. Kislorodsiz muhitda yashaydigan anaerob bakteriyalarni aniqladi. Laboratoriya amaliyotiga sterillash (mikroblarni nobud qilish) va pasterlash usullarini kiritdi
28
BergiProcariotaedunyosinito’rttabo’limgaajratadi.IGracilicutes'bo’limiBubo’limgagrammanfiyhujayradevorigaega,sharsimon, ipsimonyokitayoqchasimonbakteriyalarkiritilganbo’libularharakatchanyokiharakatsiz:endosporahosilqilmaydi.Lekin,mevatanalarhosiltayoqchamiksobakteriyalarmiksosporalarhosiltaqsimKo’ayishikurtaklanishyokibinarbo’linibsodirbo’ladi..Bo’limga3sinfkiradi.I. Scotobacteriasinfi
Businfengkattasinfbo’lib10guruhnio’zichigaoladi.1 — guruhgaSpirochaetaceaevaLeptospiraceaeoilalarikiradi. Saprofit, odamvahayvonlardayukumlikasallikko’zgatadiganvakillari bor.2 — guruhgaSpirillaceaeoilasikirib, qattiq, spiralsimonburalgantayoqchashakligaega. Saprofitvaparazitvakillari bor. Bdelvibriodeganvakilibakteriyalardaparazitliktayoqchamayda, birhujayralimikroorganizmdir.3 — guruhgaPseudomonaceae (vakillaritayoqchasimonshaklgaega), Azotobacteriaceae {vakillari oval, tayoqchasimon), Rhizobiaceae (vakillaritayoqchasimon), Methylcoccaceae (vakillaritayoqchavasharsimon) vaboshqaoilalarinio’zichigaolib, vakillariazoto’zlashtirishjarayonidaqatnashadiyokio’simliklarda har xilkasalliklaryuzagakeltiradivahokazo.
4 - rypyhEntherobacteriaceaeva Vibrionaceae oilalaridantashkiltopganbo’libEsherihia, Salmonella, Shigeila, Erviniakoida Vibrio, Protobacterium. vaboshqaavlodlarnio’zichigaolib, ba’zivakillariodamvahayvonlardakasallikko’zgatsa, ba’zilarituproqda, suvdayokiepifatmikroflorashaklidauchraydi.
5guruhgaodamvahayvonlarichidauchraydiganBacterioidaceaeoilasigamansubvakillarkirad
i6 guruhgaammiakyokinitratlarninitratdagachaoksidlaydigantayoqchasimon, sharsimon, oval shaklliNitrobacteriaceaeoilasivakillarihamdasharsimon, tayoqchashakllikapsulalivakapsulaustida temir yokimarganetsoksidlarinito’playdiganSiderocapsaceaeoilasigamansubvakillarkiradi.
7 - guruhgasirpanuvchibakteriyalar — miksobakteriyalarkirib, ularikkitartibga (MyxobacterialesvaCytofagales) kiruvchioilalarvakillaridantashkiltopadi. Miksobakteriyalarbirhujayrali, shilliqqalin: bilanqoplanganorganizmlar. Ularninghujayradevorlariosonegiluvchan — elastikbo’libhujayrashaklinio’zgartirishimumkin. Sirpanibharakatlanishxususiyatigaega. Rivojlanishiningma’lumdavridamevatanasihosiltaqsim
8 - guruhxlamidobakteriyalar deb atalib, bakteriyahujayrasiustikobikbilanuralgan.
9 — guruhgakurtaklanuvchiyokipoyalibakteriyalarkirib, tayoqchasimon oval yokiloviyasimonshakllibo’ladi.
10 — guruhgariketsiyavaxlamidalar deb nomlanganRikcettsialesvaChlamidialestartiblarikiradi. Tayoqchasimon, sharsimonyokiipsimonshaklgaegabo’lib har xilyuqumlikasalliklargasababbo’ladi..Masalan, Rhycketsiaprawarekiitoshmatifkasalliginiyuzagakeltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |