1. BADIIY TARJIMA – DO‘STLIK KO‘PRIGI
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ”Yuksak ma’naviyat va yengilmas kuch ” asarida tarjima haqida shunday fikr bildiradilar:
” Har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o‘z-o‘zidan bo‘sh joyda shakllanib qolmaydi.Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo‘lishini hammamiz yaxshi bilamiz.
Sharq olamida, jumladan o‘zimizning O‘rta Osiyo sharoitida jamoa bo‘lib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini qo‘llab – quvvatlab hayot kechirishga zamin tug‘diradi.Shu ma’noda , xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan bo‘lsak boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan , nafaqat o‘zaro muomala ,balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo‘ladigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz.
Misol uchun, tilimizdagi mehr-muhabbat,mehr-shafqat,qadr qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik.Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilishning o‘zi mushkul bir muammo” ¹.
Biz bitiruv malakaviy ishimizda mana shu sermashaqqatli ish – tarjima haqida so‘z yuritamiz.
Tarjima millatlararo do‘stlikning qurolidir. Tarjima yo‘li bilan milliy madaniyatlar bir-birini bo‘yitadilar. Hozirgi tajima barcha milliy madaniyatlar faolyatida o‘zining sharafli burchini bajarmoqda.
Uning yordamida turli millat vakillari boshqa xalqlarning tarixi, madaniyati, adabiyoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Agar tarjima bo‘lmaganida, milliy madaniyatlar va insoniyatning buyuk daholari bunyod qilgan o‘lmas fan va san’at obidalari bir-birlari bilan abadiy uchrashmaydigan orollar shaklida yakkalanib qolgan bo‘lar edi. Ajabmaski, Abu
_________________________
¹ Islom Karimov . Yuksak ma’naviyat va engilmas kuch.Toshkent ”Ma’naviyat” 2008
Ali ibn Sino –faqat “Buxorolik ”, Abu Rayhon Beruniy faqat “Xorazmlik ” buyuk olim bo‘lib qolar edilar. Faqatgina tarjima orqali tarjimonlar mahorati tufayli ilm va hikmatlari umum bashariy ma’no kasb etgan, jahon xalqlarining tarixi va taqdirida, ma’daniyati va ma’rifatida muhim rol o’ynagandir. ”O’tmishni bilmasdan turib kelajakka biz olg‘a qadam qo‘ya olmaymiz” ,deb ta’kidlaydi birinchi prezidentimiz I.A.Karimov.
Tarjima orqali xalqlar hamma zamonlarda hoh adabiy, hoh ilmiy, hoh siyosiy kitoblar tarjimasi bo‘lsin –xalq, u yaratgan yoki yaratayotgan madaniyat, fan, adabiyot va san’at bundan faqat foyda ko‘rgan.
Tarjima tufayli yuz yaqin tilda bunyod etilgan fan yoki adabiyot obidasi boshqa muhitga tushadi, boshqa tilda yashay boshlaydi, o‘zga xalq manfatlariga xizmat qiladi. Tarjima qilingan asar uchun yangi hayot nishonalari kurtak otadi, bora-bora bu esa yangi fikrlar, yangi estetik voqeylikni yuzaga keltiradi. Eng mayda lug‘aviy birlik-so‘z yoki jumla , birlik ilmiy yoki badiy asar risola, monografiya, roman tarjima qilinadigan bo‘lsa boshqa til borlig‘ida yangicha ma’no kasb etadi, ana shu miliy muhit zaminida sifat jihattan original g‘oyalar, fikrlar, janrlar, obrazlarni keltirib chiqishga sabab bo‘ladi. Asta-sekinlik bilan fan, adabiyot va san’at asarlarining maydonga kelishiga qudratli bir turtki bo‘ladi.
Tarjima bir tilda mavjud kitobni boshqa tilga ko‘chirish, undan faqat nusxa ko‘chirish emas, balki bo‘lak tilda yaratilayotgan san’at asarining shu tilning leksik grammatik va badiy ifodali vositalari asosida qayta yaratish, tiklash demakdir. Shuning uchun ham badiiy tarjima rasmiy til bilan amalga oshirilgan, “aslida to‘g‘ri ” tarzdagi notarial hujjat emas, yuksak estetik did badiiy maxorat talab
qiluvchi, ijodkor qo‘li bilan yaratilgan san’at asaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |