1. Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima? A kitob b so'z c ohang d muallif



Download 56 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi56 Kb.
#301169
Bog'liq
7-sinf-adabiyot




7-SINF

1. Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima?

A) kitob B) so'z C) ohang D) muallif

2. San'atning asosiy turlari ko'rsatilgan qatorni belgilang.

A) musiqa, tasviriy san'at, kino, badiiy adabiyot, teatr B) badiiy adabiyot, drama, komediya, fojia, lirika C) haykaltaroshlik, ilm-fan, kino, musiqa, satira D) musiqa, lof, kino, raqs, qo'shiqchilik, askiya.

3. “Tushuntirish” va «tasvirlash» so'zlariga berilgan to'g'ri izohni belgilang.

A) tushuntirish fanga ham, adabiyotga ham xos B) tasvirlash fanga ham, adabiyotga ham xos C) fan tasvirlaydi, adabiyot tushuntiradi D) fan «nima bo'lganini» tushuntiradi, adabiyot «qanday bo'lganini» tasvirlaydi

4. «Adabiyot-hayotning in'ikosi». Ushbu fikrni mantiqan to'g'ri davom ettirgan jumlani belgilang.

A) shuning uchun ham unda hamma narsa boricha aks etadi B) unda hayotdagi voqealar aynan ko'rsatib beriladi C) ammo uning suratga tushirilgan ayni nusxasi emas D) faqat unda hayotdagi ijobiy hodisalar tasvirlanadi

5. Hamzaning «Dardiga darmon istamas» she'rida qanday dard haqida so'z yuritmoqda?

A) o’sha kezlarda yurtda keng tarqalgan yuqimli kasallik B) ichkilikbozlik va qimor

C) mustamlakachilik va istilo D) ma'rifatsizlik, jaholat

6. Xalq dostonlarida qahramonning harakati tezlashgan holatlar necha bo'g'inli barmoq vaznida kuylanadi?

A) yetti hijoli vaznda B) to'qqiz bo'g'inli vaznda C) sakkiz bo'g'inli vaznda D) besh hijoli vaznda

7. Nima uchun Avazxon qizini Ravshanga berishni istamadi?

A) manmanligi sababli Avazxon o'zini Hasanxondan ortiq hisoblardi B) Ravshanni u qadar o'ktam va ko'rkam yigit deb bilmasdi C) Gulanor boshqa yigitni sevardi E) Ravshanning Zulxumorni sevishini bilardi

C) uzukdagi yozuvda o'z qismatini ko'rdi D) Ravshanni tushida ko'rib, sevib qolgandi

8. Aka-uka kallarga xos bo'lgan xarakter belgilarini ko'rsating.

A) vatanparvarlik, o'z shohiga sadoqat B) sevgiga sadoqat, vafodorlik C) mardlik, haqiqatgo'ylik, o'z ishiga mohirlik D) o'z onalariga itoat, yumshoq tabiatlilik

9. «Shunday niginga qarasa, niginning yuzida xati bor, yer yuzida jami parini bandiga olgan bandi bor, olam mamlakatiga bermaydigan xosiyati bor, har yerda suluv barno qiz bo‘lsa, oti bor…» Ushbu tilsimli ashyo uchraydigan dostonni ko‘rsating.

A) «Kuntug‘mish» dostoni B) «Ravshan» dostoni C) «Malika ayyor» dostoni D) «Alpomish»dostoni

10. Qaysi javobda «Ravshan» dostonining epizodik obrazlari ko‘rsatilgan?

1) Kampir ena; 2) Oqqiz; 3) aka-uka kallar; 4) Gulqiz; 5) Maston onasi; 6) 500 nafar mirboz

A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 2, 5

11. «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi dostonda «sher haybatli, yo‘lbars kelbatli, qoplon yurakli, arslon bilakli yigitlar» deb ta’riflangan qahramonlar nomini belgilang.

A) Aynoq kal, Jaynoq kal, Ersak kal, Tersak kal B) Ravshan, Hasanxon C) Avazxon, Hasanxon D) Alpomish, Qorajon.

12. Obraz qanday xususiyatlar majmuidan iborat bo’ladi?

A) timsol va tushuncha majmuidan iborat bo’ladi B) tor ma’noli tushunchalar majmuidan iborat bo’ladi C) obrazda hayot manzarasi mavjud bo’ladi D) A, B

13. Badiiy obraz haqida bildirilgan qaysi fikr to’g’ri?

A) badiiy adabiyotdagi insonning alohida shakli B) obraz ayni paytda umumlashma xususiyatga aloqador bo’ladi C) hissiy ta’sir kuchiga ega bo’lgan surat D) barcha javoblar to’g’ri

14. Adabiyotshunoslik ilmida markaziy tushuncha nima?

A) inson B) obraz C) narsa va hodisa D) tasvir

15. Adabiyotshunoslikda juda bo’rttirish yoki o’ta kuchaytirib tasvirlash…

A) mubolag’a B) tajnis C) tarse’ D) talmeh

16. Anvarning: «...zero, zulmi naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo’lishi tajribalar bilan sobitdir», - so’zlari kimga nima maqsadda aytilgan?

A) Xudoyorxonga Sultonalini ozod qilishini so’rab B) Ra’noga sabr qilish zarurligini tushuntirish uchun C) Abdurahmon domlaga tanbeh berish maqsadida D) Sultonaliga qochish to’g’risida maslahat so’rab

17. Xon tomonidan Anvar o’limga buyurilgan lavhada kimning xatti-harakatini jasorat sifatida baholash mumkin?

A) Muhammad Niyoz B) Sultonali C) Jallod D) Xudaychi

18. Qobilboy va uning ikki do’sti qanday qilib Anvarni qutqarishga muvaffaq bo’lishdi?

A) jazo maydonida yasovullar oz edi B) yasovullar ham Anvarning qatlini xohlashmas edi C) tahorat olish bahonasida Anvar ular bilan qochishga muvaffaq bo’ldi D) xalq ularga yordam berdi

19. A.Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanida yozilishicha, «Raqibni bu qadar jaso

ratda ko‘rgan Xudoyorxonning kiprik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va bir oz so‘z topolmagandek tamshanib turdi». Keyin Anvarga qarata nima dedi?

A) Tuzumni unutding! B) Chiqar buni, jallod!!! C) Sen bizg‘a xiyonat qilding, it uvli! D) Pusulmonchilik qig‘onsan-da!

20. Ellikboshining og'ilga kirib qilgan harakatlaridan maqsad nima edi?

A) tasalli berish B) yordam ko'rsatish C) o’g'rini aniqlash D) tamagirlik

21. Amin Qobil boboga «Yo'qolmasdan ilgari bormidi?», «Qanaqa ho'kiz edi?», «Yaxshi ho'kiz birov yetaklasa keta beradimi?» kabi savollarni nima uchun beradi?

A) pristavga xabar yetkazish maqsadida B) Qobil boboning rost gapirayotganini aniqlash uchun C) ellikboshi bergan ma'lumotlarni tekshirish maqsadida D) Qobil boboning ustidan kulish uchun

22. A.Qahhorning «Dahshat» nomli hikoyasi qahramoni Unsinga bir odamchalik yordam bergan jumla qaysi qatorda berilgan?

A) ganjiravonga jo‘nash umidi B) «O‘likning joni yo‘q» C) «Bismillohir rahmonir rohim» kalimasi D) erining «javob beraman» degani

23. A.Qahhorning qaysi asarida holat va kechinmalar uchun «sovuq ter chimoq», «bir qarich cho‘kkanday bo‘lmoq», «tizzasi qaltiramoq», «tildan qolmoq», «yerga qapishib ketmoq», «lafzdan qaytmaslik», «yuragiga rahna solmoq», «dami ichiga tushmoq», «ko‘z oldiga kelmoq», «ko‘zlari javdiramoq», «ko‘pi ketib ozi qolmoq», «o‘zini yerga tashlamoq», «yerning qariga yubormoq» kabi xalqona ibora va ifodalar o‘ta mahorat bilan qo‘llangan?

A) «O‘tmishdan ertaklar»da B) «Dahshat»da C) «Sinchalak»da D) «Og‘riq tishlar»da
24. Ola ho‘kiz mojarosi qaysi asarda badiiy aks etgan?

A) «O‘tmishdan ertaklar»da B) «Shum bola»da C) «O‘g‘ri»da D) «Susambil»da

25. Uvaysiy g'azalidagi «Vujudim dardga to'ldi, emdi darmonimni sog'indim» misrasidan anglashiladigan ma'noni belgilang.

A) dard - kasallik, darmon - dori B) dard -musofirlik, darmon - vatanga qaytish C) dard - zulm, darmon - qasos D) dard - sog'inch, darmon - diydor

26. Shoiraning kecha-yu kunduz o'g'iining nomini takrorlab, uni o'ylab yurishi qaysi ifodada aks etgan?

A) Uyimning ziynati, ko'z ravshani... B) Tilimning zikri-yu ko'nglimning fikri...

C) Qorong'u bo'ldi olam ko'zima... D) Vujudim dardga to'ldi...

27. Uvaysiy g'azallaridan tashqari yana qaysi she'riy janrda shuhrat qozongan?

A) ruboiy B) muxammas C) tuyuq D) chiston

28. «Onaginam» she'rida qaysi tuyg'u izhori berilgan?

A) ona oldidagi burchni ado etolmagan farzand armoni B) onasini ko'rgani borolmayotgan o'g'il sog'inchi C) el xizmatida bo'lib, onadan xabar ololmayotgan o'g'il o'tinchi D) umrida onasini ko'rmagan farzand iztiroblari

29. «Onaginam» she'ridagi lirik qahramon onasiga qilolmagan xizmatni elga qay yo'l bilan baxshida etmoqchi boladi?

A) dushmanlarga qarshi kurashi B) ijodi C) tinimsiz mehnati D) muhabbati

30. «Burmalik kuylak ham nimcha-yu g'ijim, Sirg'alar sandiqqa tushdi. Bardosh bu...» satrlari orqali anglatilgan ma'noni to­ping.

A) Toshbuning ayol sifatidagi achchiq iztiroblari B) urush sharoitida bezak, kiyimlar ko'ziga yomon ko'ringanligi C) Toshbuning mavjud sharoitdan noroziligi D) qiyinchilik yillari ularni sotib yubormoqchi bo'lganligi.

31. «Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tog'ida, Toglar orasida yotibman bejo» misralaridagi «tog'lar» so'zi qaysi tushunchaga ishora qilmoqda?

A) shoirning vatani Dog'istonga B) mavhum bir makon C) ilohiy maskan D) yer sayyorasi

32. «Ona tilim» she'ri qaysi o'zbek shoirining shu mavzudagi she'riga mazmunan va ruhan yaqin?

A) Cho'lpon B) Shavkat Rahmon C) Muhammad Ali D) Rauf Parfi

33. «Shu ham erkakmi?» she'rida quyidagi ta'kidlarning qaysi biri uchramaydi?

A) subutsizlikni qoralash B) vatan sotqinlariga nafrat C) nodonlikni qoralash D) uzoq safarga chiqish majburiyligi

34. A.Navoiy Yaratganning qaysi amrini birlamchi bilib, «Barchasi bir yon-u, bu bir yon» deb hukmdorga uqtiradi?

A) Ilm olishni B) Xalq g'amini yeyishni C) Obodonchilik qilishni D) Ibodat qilishni

35. «Zulm o'zunga fisqdur, ey hushyor, Gum qil ani, bo'lsa sanga hush yor» baytida qo'llanilgan she'riy san'atni toping.

A) mubolag'a B) tazod C) tashxis D) tajnis

36. Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asarlarini ko'rsating.

A) Muhokamat ul-lug'atayn», «Sab'atu abhur» B) Xazoyin ul-maoniy», «Xamsat ul-mutahayyirin» C) «Tarixi muluki ajam», «Xamsat ul-mutahayyirin» D) «Majolis un-nafois», «Me'zon ul-avzon»

37. Navoiy shoh G'oziy orqali kimning timsolini yaratgan?

A) Amir Temur B) Temuriy hukmdorlar C) Orzusidagi hukmdor D) Husayn Boyqaro

38. Jobir dengizda kemalar ko'ringanidan qanday xabar topardi?

A) Diydabonlar orqali B) O'zi kuzatib yotardi C) Nogoh ko'rib qolardi D) Kemadagi josuslar orqali

39. «Mehr» so'zi qizning ismini bildirish bilan birga yana qanday ma'noni anglatardi?

A) yulduz B) oy C) shamol D) quyosh

40. Mas'uliyatli damda shaxsiy ishtiyoqi tufayli asirga tushgan obrazni ko'rsating.

A) Navdar B) Nu'mon C) Suhayl D) Diydabon

50. «Mehr va Suhayl» hikoyasida qahramonlar ruhiy holati va tashqi tasvirini berishda asosan qaysi rangdan foydalanilgan?

A) oq rang B) qora rang C) sariq rang D) qizil rang

51. Unda narsa, belgi va harakat boshqasiga o’xshatish orqali tasvirlanadi?

A) o’xshamish B) vosita C) tashbeh D) tanasub

52. «Go'zal» she'rida lirik qahramon nima uchun o'zini «yo'qsul» deb ataydi?

A) Go'zal uni tashlab uzoqqa ketib qolgani uchun B) Yorining visoliga yetolmaganidan

C) Go'zalning husni va fazilatlari oldida o'zini qusurli bilganidan D) U istagan go'zalning bu dunyoda yo'qligini bilgandan so'ng.

53. Cho’lpon qanday yurtni buzilgan o'lka deb ataydi?

A) Odamlari o'z o'tmishi va tilini yo'qotgan yurtni B) Amaldorlari manfaatparast bo'lgan mamlakatni C) Mustamlaka asoratiga tushib qolgan va shunga ko'nikkan o'lkani D) Yoshlari boshqa mamlakatga ketishga majbur bo'lgan davlatni

54. «Nega sening qalin tovushing «ket» demaydi ularga» satridagi «qalin» so'zi qaysi ma'noni bildiradi?

A) qat'iyatli, isyonkor B) hayiqqan, qo'rquvli C) ehtiyotkor, baland D) kelishuvchan, andishali

55. Adabiyotshunoslik nazariyasi ilmidagi ko’chimning turlari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) majoz B) istiora C) ramz D) barchasi

56. “Binafsha” she’rida qaysi adib binafsha sen uchun ko’kragim erk yeri deya tarif uchradi?

A) G’afur G’ulom B) U.Nosir C) Asqat Muxtor D) Cho’lpon

57. Badiiy asarlar necha turga bo’linadi?

A) 1 B) 2 C 6 D) 3







Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish