1 AZOTNING TABIATDA TARQALISHI?
Organik moddalarning parchalanishida mikroorganizmlarning roli nihoyatda katta. Ular hayot davomida organik moddalarni parchalaydi va SO2, H2O, NH3, NO3, P, S va boshqa anorganik moddalar hosil qiladi, bu moddalar yana aylanish doirasiga o`tadi.
Azotning tabiatda zahirasi juda katta. Atmosfera havosi tarkibining 4/5 qismini azot tashkil qiladi. 1 ga yer ustidagi havoda 80 000 t azot bo`ladi. Yer yuzida yashab turgan organizmlardagi azotning mnqdori zsa 20-25 milliard tonnani tashkil etadi.
Podzol tuproqlar haydalma qatlamining 1 gektarida b t, qora tuproqlarda 18 t azot bo`ladi. Mikroorganizmlarning ayrimlari organik moddalarni parchalab, mineral moddalar hosil qiladi. Bu mineral moddalarni o`simliklar o`zlashtiradi, ikkinchi tomondan azotofiksatorlar havodagi azotni o`zlashtirib, undan organik moddalarni sintezlaydi. Shunday qilib, azot tabiatda aylanib turadi. Azotning tabiatda aylanishi: ammonifikatsiya, nitrifikatsiya, denitrifikatsiya va azotofikatsiya jarayonlari orqali kechadi.
2: ammonifikatsiya JARAYONI ?
Ammonifikatsiya jarayoni. O`simlik va hayvonlar qoldiqlarida juda ko`p miqdorda organik moddalar bo`ladi. Ularning mineral, moddalarga aylanishi o`simliklarniig azot bilan oziqlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Oqsillarning chirishn natijasida NH3 hosil bo`lgaii uchun bu jarayon ammonifikatsiya jarayoni deynladi. Ammonifikatsiya jarayoni aerob va anaerob sharoitda boraveradi, Lekin aerob sharoitda u tezlashadi.
Anaeroblardan eng keng tarqalgani Clostridium putrificus bo`lib, tayoqcha shaklida, uzunligi 5-6 mkm, diametri 0,6— 0,8 mkm, peritrix. Spora hosil qilishi plektridial tipda. Bu bakteriya asosan oqsillarni parchalaydi. Patogen ammonifikatorlarga qoqshol kasalligini keltirib chiqaruvchi Vas. tetani misol bo`ladi.
Fakultativ anaeroblarga ichak tayoqchasi — Ye. coli va protey tayoqchasi — Vas. Proteus vulgaris misol bo`ladi. Peritrix uzunligi 1—3 mkm, eni 0,5—1 mkm. Вas. mesentericus, Вas. Subtilis, Вas. mycoides, Вas. megaterium oqsillarni anaerob sharoitda parchalaydi. Sporasiz vakillarga misol qilib Pseudomonas ftuorescens ni kursatish mumkin (0,6×1 — 2 mkm.).
Oqsillar parchalanganda suv, karbonat angidrid, ammiak, vodorod sulfid, metilmerkaptan kabilar hosil bo`ladi. Yoqimsiz, hidli indol, skatol ham hosil bo`ladi.
Tuproqda organik moddalarning parchalanishi iqlim sharoiti, tuproq turi va qullanilgan agrotexnika usullariga bog`liq holda turlicha borishi mumkin..
Oqsillarining parchalanishi uchun optimum temperatura 25-300C bo`lishi, shuningdek, parchalanadigan mahsulotda yetarli darajada namlik bo`lishi kerak.
Mochevinaning parchalanishi. Mochevinani ammonifikatorlarning alohida guruhi urobakteriyalar parchalaydi, bu bakteriyalarni 1862 yili Lui Paster kashf etgan. Urobakteriyalar mochevinani parchalab, H2O, NH3 va CO2 hosil qiladi:
Urobakteriyalar aerob tipda nafas oluvchilar bo`lib, bularda ureaza fermenti bo`lganligi uchun mochevinani parchalaydi. Mochevinani parchalab, ammoniy tuzlarini hosil qilish urobakteriyalar uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki ular mochevinadan na uglerod, na azot manbai sifatida foydalana oladi. Bu bakteriyalar ammoniyli tuzlarda, organik moddalarning tuzlarida yaxshi rivojlanadi. Urobakteriyalar yumaloq va uzun tayoqcha shaklida bo`lishi mumkin. Kupchiligi spora hosil qiladi. Masalan, Urobacillus pasteurii
spora hosil qiladi.
U yirik, harakatchan, peritrix, spora hosil qiladi. Spora hosil qilmaydiganlariga tayoqchasimon Urobacterium miquelli ni misol qilish mumkin.
3 Nitrifikatsiya jarayoni?
Nitrifikatsiya jarayoni. Ammonifikatsiya jarayonida hosil bo`lgan ammiakning bir qismi o`simliklar tomonidan o`zlashtirilsa, qolgan qismi nitrifikatsiya jarayonida, azot kislotagacha oksidlanadi. Tuproqda nitratlarning hosil bo`lishi, Shlezing va Myuntslar tomonidan 1879 yilda aniqlashgan. Nitrifikatsiya jarayonida ishtirok etadigan bakteriyalarnn esa 1889 yilda Vinogradskiy kashf etgan. Bu jarayon ikki fazada boradi;
Birinchi fazada Nitrosamonas ishtirok etadi va u NH3 ni НNO2 gacha oksidlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |