Hayz siklining buzilish sabablari:
1. Asabning zo'riqishi.
2. Yuqumli kasalliklar.
3. Shikastlar.
4. Operatsiyadan keyin.
Agar o'quvchi qizlarimiz ayol jinsiy a'zolarini anatomik tuzilishi va fiziologiyasi haqida tushunchaga ega bo'lishsa, farzandsizlik sabablari, homilaning chala yoki nuqsonli tug'ilish sabablarini tushunishlari ancha oson bo'ladi.
Qiz bolalarning jinsiy a'zolarida ularning ona qornidaligi davridan boshlab bolalik va balog'atga yetgunigacha shu davrlarga xos bo'lgan anatomik va fiziologik xususiyatlarning yuz berishi kuzatiladi. Bundan tashqari, ularning rivojlanishida yana patologik o'zgarishlar ham kuzatilishi mumkin. Bu nuqsonlarning paydo bo'lishiga turlicha zararli omillar sabab bo'ladi.
Bir qator yuqumli kasalliklar, noto'g'ri ishlatilgan dori-darmorilar, zaharli moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) dan kelib chiqadi. Bu nuqsonlar homila tug'ilganlan keyin namoyon bo'la boshlaydi. Yana qizlarning bolalik va o'smirlik yoshida uchraydigan turli xildagi nuqsonlardan tashqari, ularda kattalarda uchraydigan qator kasalliklar ham uchraydi.
Tug'ruq jarayonining noto'g'ri kechishi, homilaning tug'ruq paytida jarohatlanishi, bo'g'ilish kabilar ham chaqaloqning salomatligiga putur yetkazadi. Onalarning jinsiy a'zolaridagi homilador bo'lishidan avval va homilador bo'lganidan keyin yuz bergan yallig'lanish jarayonlari hamda tanadagi gormonlar nisbatining buzilishi ham homila salomatligiga salbiy ta'sir qiladi.
Masalan: ona shu davrda suzakka chaliriib to'la davolanmasa uning qornidagi homila o'sha davrdayoq yoki tug'ruq paytida bu xastalikka giriftor bo'lishi mumkin, chunki ona jinsiy a'zosidagi mikrob gonokokk bolaning jinsiy a'zosiga ko'ziga o'tishi mumkin.
Bundan tashqari qiz bola tomoq difteriyasi bilan og'risa va bu kasallik asorati qinga ham o'tgan bo'lsa, qinda chandiqlar paydo bo'lib, qin bitov bo'lib qolishi mumkin.
Qiz bola rivojlanishidagi nuqsonlar sabablari. Nuqsonlar homila hali ona qornida ekanligidayoq vujudga kelishi mumkin, ular turli-tuman bo'ladi.
1. Endokrin kasalliklar — diabet, qalqonsimon bez kasalliklari va hokazo.
2. Genetik kasalliklar, xrosoma aberratsiyasi bilan bog'liq kasalliklar-irsiy kasalliklar.
3. Zaharli moddalar (kimyoviy moddalar pestisidlar)
4. Radiatsiya, rentgen.
5. Zaharli odatlar (chekish, ichish, giyohvandlik)
6. Turli yuqumli kasalliklar (parotit, brutsellyoz, qizamiq, gripp, gepatit va hokazo).
7. Ona va bola qon gruppasi va rezus chiqishmaslik.
8. Dori-darmonlatni ko'p va noto'g'ri qabul qilish.
2-3 haftalikdan to 8 haftalik bo'lguncha homila zararli omillarga o'ta sezgir bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |