1. Axloqiy ma’daniyat va qadriyatlar. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari. Axloqiy ma’daniyat va qadriyatlar



Download 21,05 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi21,05 Kb.
#221632

1. Axloqiy ma’daniyat va qadriyatlar. 2.Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari. 3.Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari. 1.Axloqiy ma’daniyat va qadriyatlar. Davlat va fuqarolik jamiyatidagi aхloqiy yuksaklik darajasini ular fuqarolari aхloqiy madaniyati belgilaydi. Aхloqiy madaniyat shaxsning jamiyat aхloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo’lgan munosabatlarida foydalanishi, o’z - o’zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o’z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs aхloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero aхloqiy madaniyat aхloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o’z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi. Aхloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri - muomala odobi. U mohiyatan o’zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir - biri bilan hamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba almashmasdan, bir - biriga ta’sir ko’rsatmasdan rasmona yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog’lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o’rinda buyuk ingliz yozuvchisi Daniel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning o’ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda. Muomala odobi boshqa kishilar qadr - qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni, an’anaviy aхloqiy me’yoriy talablarni bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko’zga ko’rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo’lishi so’z, nutq vositasida ro’y beradi. So’zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o’zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfe’llilik singari aхloqiy me’yorlarda namoyon qiladi. Muomala odobining yana bir «ko’zgusi» bu – insoniy qarash, nigoh. Ma’lumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qo’l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, so’zga aylanmagan hissiyoti, talablari o’z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini ohirigacha eshitmay, qo’l siltab ketish – muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qo’yishning o’zi so’zdan ham kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Deylik, bir quruvchi usta o’z shogirdining hatti - harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bosh chayqab, jilmayib qo’yishi mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza o’qrayib qarash bilan munosabatini ifodalaydi. Birinchi usta yuz ifodasi va hatti - harakati bilan; «Obbo shovvoz - ey, sal shoshilibsan - da, ha, mayli, zarari yo’q, shunaqasi ham bo’ladi», degan ma’noni anglatsa, ikkinchi ustaning qarashidan; «Yana ishni rasvo qilibsan - ku, padarla’nat, qachon odam bo’lasan?!», degan so’zlarni uqish mumkin. Shubhasiz, birinchi usta muomalada odobga rioya qilgan bo’lsa, ikkinchisi uning aksi – shogirdining emas, o’zining odobsizligini ko’rsatmoqda. Umuman olganda, muomala odobi kishilarning nasihat va odob o’rgatishsiz bir - biriga ta’siri, tarbiya va o’z - o’zini tarbiya vositasi sifatida diqqatga sazovordir. Shu sababli yoshlarimizda muomala odobini shakllantirish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bunda ota - onaning, mahalla - ko’yning ta’siri katta. Undan foydalana bilash kerak. Zero aхloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi. Aхloqiy madaniyat yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlar ko’rinishidan biri, bu – etiket. U ko’proq insonning tashqi madaniyatini, o’zaro munosabatlardagi o’zni tutish qonun - qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, ya’ni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir hil qoidalashtirib qo’yilgan hatti - harakatni taqozo etadi. Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun - qoidalarini o’z ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va h. k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini biz tez - tez televizor ekrani orqali ko’rib turamiz. Prezidentimiz Islom Karimovga horijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. Unda faqat bir hil holat, xalqaro miqyosda o’rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi yo’q. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturhonda tanovul payti, pichoqni o’ng qo’lda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi – uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg’otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin. Insonning aхloqiy hayoti uning aхloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog’liq. Zero aхloqiy tarbiya insonning shaxs bo’lib etishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri. Unda individ aхloqiy qadriyatlarni anglab etadi, o’zida aхloqiy fazilatlarni barqaror etadi, aхloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o’rganadi. Aхloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri - qanday yashamoq kerak, ikkinchisi – nima qilmog’ - u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni aхloqiy tarbiyaning amaliy ko’rinishidir. Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota - onaning o’zi aхloqiy tarbiya ko’rgan bo’lishi kerak degani. Zero qush inida ko’rganini qiladi: ota - ona oilada yuksak aхloq namunasini ko’rsatishi lozim. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, aхloqiylik insonda faqat aхloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To’g’ri, aхloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin aхloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat – asosni aхloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham aхloqiy mavjudot tarbiyalab etkazishimiz mumkin bo’lur edi. Shunday qilib, aхloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka etkazish yo’llaridan biri. Uning vositalari ko’p. Ularning bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo’lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bo’lgan aхloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an’anaviy tarbiya bilan o’yinchoqlar va o’yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo’llaniladi; bunda bolaning qizg’anchiqlik, g’irromlik qilmaslikka, halol bo’lishga o’yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar aхloqiy tarbiyasida televidenie, radio, qo’g’irchoq teatri, kino san’ati katta rol o’ynaydi. 2. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari. Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; -jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish; - tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish; - o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish; - ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo’lib kelgan. San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi. Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham tubdan o’zgarishiga olib keldi. Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy- huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o’z navbatida o’z oldiga qo’ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi. Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. Sport- estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog’lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O’zbekiston ko’plab sport turlari bo’yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko’zga ko’rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog’lomlashtirishga qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida “ Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi porloq bo’ladi”,- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi. Milliy ma’naviyatga ta’sir o’tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa ijtimoiyma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo’naltirishni taqozo etmoqda. Ta’kidlash o’rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko’rinishdagi “sog’lom turmush tarzi targ’ibotchilari”, “ko’ngilochar” va “musaffo tuyg’u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog’i vampirizm estetikasi va uning targ’iboti bilan bog’liq saytlarning ko’payib borayotganligi tashvishlanarli holdir. Bu targ’ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug’i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go’zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi.Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati. Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko’rinishidagi bog’liqlikni o’rganishga bo’lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o’tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o’rganuvchi ilm” deb ta’tif bergan bo’lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish, nomunosib holat, ko’ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. Shuning uchun bo’lsa kerak,kamdan kam hollarda “farosatli kishi, farosati bor, farosatli”degan so’zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo’lib, fahm-haqiqatga, farosatezgulikka,did-go’zallikka munosabat orqali namoyon bo’ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma’noda fahm-aqliy, farosataxloqiy, did-estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg’unlashgan umumiylikdan iborat. Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik tarbiya ta’sirida xulqini o’zgartirib, go’zal axloqli kishiga aylanishi mumkin. Shuning uchun o’ziga mavjud yomon hislatlarni yaxshi tomonga o’zgartirgan va ma’naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan emas. Shu o’rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu borada alohida ta’kidlash shart bo’lgan bir necha mulohazalar bor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik jihatlarni alohida ahamiyat kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izohlash mumkin. 1.Sezgilar. Aytish mumkinki, mana shu 5ta sezgi ilg’amagan narsani ong osti ilg’ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg’ular xotiraga uzluksiz yozadi. Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz. Zero, kamalakda millionlab, balki cheksiz miqdordagi rang bo’lishiga qaramay bizlar ulardan faqatgina 7tasinigina ajrata olamiz xolos. 2.Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatni misol qilib ko’rsatish mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo’ladigan joylar (bozorlar, ko’chalar va hokazo)ga o’rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga bo’lgan qiziqish reklamada ko’rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi. 3.Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta’sir qilishni kiritish mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko’ngilochar maskanlarda qo’yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash maqsadi ko’zlanadi. 4.Yashirin kadr orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti hislariga yashirin ta’sir qilish xususan 25-kadr kopchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo’lda ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo’l kelishi mumkin. Misol uchun kino yoki seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda “Qo’shningni o’ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta’sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan qotillikka qo’l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab beradi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan 4ta jihatga e’tiborsizlik bugungi kunda tashvishli va tahdidli hodisa sifatida e’tirof etilayotgan “ommaviy madaniyat”ni avj olishiga olib keladi. Bu borada Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyatyengilmas kuch”asarlarlaridan “Tabiiyki “ommaviy madaniyat”degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egosentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi”-degan purma’no hikmat bor. 3. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari. Hukmlarning asosiy vazifasi predmetlarning xususiyat va munosabatlarini ko‘rsatish, predmet va hodisalarga xususiyatning xosligini qayd qilishdir. Biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga, ularning ichki zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Hukmlar orqali narsalar va hodisalar haqida bilimlar aks etadi. Ular haqida bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlar aniq, tekshirilgan bilimlarni ifodalsa, ba’zilarda esa xususiyatning predmetga xosligi ehtimol qilinadi, demak noaniq bilimlar ifodalanadi. Hukmlar predmet va hodisalarning hamma tomoni haqida fikrni ifodalaydi. Ular nisbatan tugallangan fikrdir. Hukmlar predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi ma’lum munosabatlarni ifodalaydi. SHuning uchun ular chin yoki xato bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan fikrlar chin bo‘ladi, aks holda xato bo‘ladi. Hukmlarni ifodalash uchun til vositalari talab qilinadi. Hukmlar gaplar orqali ifodalanadi. Ular mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gaplar grammatik kategoriyadir. Mantiqning vazifasi hukmlarni turli tomondan o‘rganishdir. Hukmlar predmet va hodisalarga ma’lum bir xususiyatning xosligi yoki xos emasligini ifodalaydigan tafakkur shaklidir. Hukmlarni o‘rganishni ularning tuzilishini o‘rganishdan boshlaymiz. O‘rganish qulay bo‘lishi uchun dastlab ularni oddiy va murakkab turlarga bo‘lib olamiz. Bunda biz hukm atamalarining miqdoriga, soniga e’tibor beramiz. Hukmning sub’ekt va predikati uning atamalari deb ataladi. Agar hukm terminlari bittadan bo‘lsa oddiy hukm, birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm deyiladi. Sub’ekt (S) fikr qilinadigan predmet va hodisani bildiradi. Predikat (R) esa predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Ya’ni predmet haqidagi yangi bilimni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada hukm hosil bo‘ladi. Hukmlarning turlari. Predikatning mazmuniga qarab hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv hukmlarda predikat biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko‘rsatiladi. SHuning uchun atributiv hukmlarni qat’iy hukmlar ham deb yuritamiz. Masalan, «mustaqillik davr talabidir». Mavjudlik hukmlarida predikat biror predmet va hodisaning mavjud yoki mavjud emasligini bildiradi. Masalan, «TMI da Soliq fakulteti bor». Munosabat hukmlarida predmetning biror jihatdan munosabati ko‘rsatiladi. Masalan, «Matematik mantiq klassik mantiqqa qaraganda yoshroqdir». Sub’ektning miqdoriga qarab hukm turlari quyidagilardir: umumiy, juz’iy, yakka hukmlar. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetning soni, nechtaligi ahamiyatga ega bo‘ladi. Oddiy hukmlarda diqqatimiz bir turkum predmetlarning hammasiga, bir qismiga yoki bir donasiga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma darsliklar kitobdir», «Ba’zi darsliklar O‘zbek tilida chiqarilgan», «Bu darsliklar mantiq faniga oiddir». Mantiqiy bog‘lamaga qarab hukm turlari quyidagilardir: tasdiq va inkor hukmlar. Mantiqiy bog‘lama hukmning sifatini belgilaydi. Tasdiq hukmlarda xususiyatning predmetga xosligi, inkor hukmlarda aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «O‘zbekiston fuqarolari tinchlik tarafdoridir», «O‘zbekiston fuqarolari qurollanish tarafdori emas». Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari. Bunda hukmlarning sifati va sub’ektning miqdori hisobga olinadi. Hukmlarning asosiy turlari quyidagilardir: 1) Umumiy tasdiq hukmlar. A harfi bilan belgilanadi, «hamma S R dir» formulalari orqali ifodalanadi. Masalan, «Hamma O‘zbekiston fuqarolari dam olish huquqiga ega». 2) Juz’iy tasdiq hukmlar J harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi talabalar mantiqni chuqur o‘rganganlar». 3) YAkka tasdiq hukmlar. A harfi bilan belgilanadi, «bu S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Bu talaba iqtisodchidir» va «Kant nemis filosofidir». 4) Umumiy inkor hukmlar. E harfi bilan belgilanadi, «hech bir S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Hech bir kitob mehnatsiz yaratilmaydi». 5) Juz’iy inkor hukmlar. O harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar mantiqni o‘rganmagan». 6) YAkka inkor hukmlar. E harfi bilan belgilanadi, «bu S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Xalilov birinchi kursda o‘qimaydi». Oddiy hukmlar modalligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: voqelik, ehtimollik va zarurlik hukmlari. Hukmlarning modalligi deyilganda ularda fikrni ifodalash shaklini tushinish kerak. Voqelik (assertorik) hukmlarda biror fakt qayd qilinadi. Masalan, «O‘zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda mustaqil deb e’lon qilindi. Ehtimollik (problematik) hukmlarda biror predmet va hodisa haqida hali tekshirilmagan, ehtimoliy fikr ifodalanadi. Masalan, «Toshkentda noyabr oyida qor yog‘ishi mumkin», «ehtimol bu kitob Qohirada nashr etilgan». Zaruriylik (apodiktik) hukmlarda zaruran ro‘y beradigan voqealar haqida fikr ifodalanadi. Masalan, «Parallel chiziqlar kesishmaydi». Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Yuqorida ko‘rsatilgandek, oddiy hukmlar sub’ekt va predikatdan iborat bo‘ladi. Ular hajmi jihatdan xarakterlanadi. Hukm terminlari ikki xil hajmda bo‘lishi mumkin: to‘la hajmda olingan va to‘la hajmda olinmagan. Agar hukm termini bir turkum predmetlarning hammasini ifodalagan bo‘lsa, to‘la hajmda olingan bo‘ladi, aks holda to‘la hajmda olinmagan bo‘ladi. Umumiy tasdiq hukmlarda sub’ekti to‘la hajmda olingan, predikat bir xil hukmlarda to‘la olingan, boshqalarida to‘la hajmida olinmagan bo‘ladi. Masalan, «Hamma talabalar O‘zbekiston tarixini o‘rganadilar». Bunda talabalarning hammasi fikr qilingani uchun sub’ekt to‘la hajmda olingan, O‘zbekiston tarixini o‘rganuvchilar esa faqat talabalar emas, ular bilan birga yana boshqalar ham bor, shuning uchun predikat to‘la hajmda olinmagan. «Hamma oddiy hukmlar ikkita termindan iborat» kabi hukmlarda sub’ekt to‘la olingan, predikat ham to‘la, chunki ikkita termindan iborat faqat oddiy hukmlarning o‘zlaridir. Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti to‘la olinmagan predikati bir xil hukmlarda to‘la, boshqalarida to‘la olinmagan bo‘ladi. Masalan, J «Ba’zi spektakllar zamonaviy mavzularga bag‘ishlangan», bunda sub’ekt ham, predikat ham to‘la hajmda olinmagan. J «Ba’zi odamlar ikkita chet tilini biladi» kabi hukmlarda sub’ekt to‘la emas, predikat to‘la olingan, chunki chet tilini biladiganlar hammasi odamlardir. YAkka tasdiq hukmlarning sub’ekti va predikati to‘la hajmda olingan bo‘ladi. YAkka hukm sub’ektida bir predmet bir individ sifatida olingani uchun umumiy hukm singari sub’ekti to‘la bo‘ladi. Predikati umumiy hukmning birinchi xili singari to‘la olingan bo‘ladi. Masalan, E «hech bir jism tinch turmaydi». Juz’iy inkor hukmlarda sub’ekt to‘la olinmagan. Masalan, O «Ba’zi talabalar kutubxonalarga a’zo emas». YAkka inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to‘la hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, «Bu odam oliy ma’lumotli emas» hukmlarda terminlar hajmini yaxshiroq tushunish uchun doiralardan foydalanamiz. Murakkab hukmlar. Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, hukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa, ularni murakkab hukmlar deb yuritamiz. Murakkab hukmlarni turlarga, ajiratganda ularning tarkibidagi mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga e’tibor beramiz. Shunga qarab murakkab hukmlarning quyidkgi asosiy turlarini ko‘rsatish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi va shartli hukmlar. Birlashtiruvchi hukmlarda sub’ekt rki predikat, ba’zan ikkalasi ham birdan ortiq bo‘ladi. Ularning tarkibida terminlarning teng bog‘lovchi «va» (uning o‘rniga mos keluvchi boshqa bog‘lovchi) mavjud bo‘ladi. Masalan, «Kant va Feyrbax nemis filosoflaridir», «Hamza shoir, dramaturg, kompozitor, ma’rifatparvar ». Ayiruvchi hukmlar tarkibida «yoki» bog‘lovchisi bo‘lib, bir qancha predikatlarni bir biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov yo psixologiya, yoki siyosiy iqtisod, yoki filosofiya bo‘limida o‘qiydi». SHartli hukmlar tarkibida odatda «...sa, ...bo‘ladi» so‘zlari mavjud bo‘ladi. Ko‘pincha ikki bog‘liq hodisa haqida fikr bayon qilinadi. SHartli hukmning sabab va oqibatini ifodalaydigan qismlarida sub’ekt va predikat alohida-alohida bo‘ladi. Masalan, «Agar jism qizdirilsa, u kengayadi». Birlashtiruvchi hukmlar kon’yuktiv, ayiruvchi hukmlar diz’yunktiv, shartli hukmlar implikativ hukmlar deb ham ataladi. Ayiruvchi hukmlar «S yoki R, yoki R1, yoki R2 dir» formulasi, shartli hukmlar «Agar S R bo‘lsa, S1 Pt dir» formulasi orqali beriladi.
Download 21,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish