1. Axborot haqida tushuncha



Download 96,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.07.2022
Hajmi96,13 Kb.
#739828
1   2   3   4   5
Bog'liq
AXBOROT XAVFSIZLIGI-

Ijtimoiy xavfsizlik. 
Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarining milliy 
iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo’llanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» 
ta’sir ko’rsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi.
Ekologik xavfsizlik. 
Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. «Ekologik 
toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o’tish faqat milliy iqtisodni 
axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yo’lga qo’yish mumkin. 
Avtomatlashtiriltan axborot tizimlarida axborotlar o’zining hayotiy davriga ega bo’ladi. 
Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo’lmaganda yo’qotishdan iboratdir. 
Axborotlar xayotiy davrining xar bir bosqichida ularning himoyalanganlik darajasi 
turlicha baholanadi. 
Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muxim 
vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning mulki huquqlarini 
himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy iqtisodiy va boshha moddiy hamda 
nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo’lgan turli kirishlar va o’g’irlashlardan himoyalashdir. 
4. Axborotni himoya qilish tizimini amalga oshirilishi usullari 
Axborotlarni himoya qilish tizimlari ob’еktlarda axborot xavfsizligini ko’p sonli mumkin 
bo’lgan xavflardan himoya qilish uchun yaratiladi. U yoki bu xavfni blokirovkalash uchun 
himoya qilishning usullarini va vositalarini ma’lum bir to’plami ishlatiladi. Ularning ba’zi 
birlari axborotni bir vaqtning o’zida bir nеchta xavflardan himoya qiladi. Usullarning ichida 
univеrsal usullar ham mavjuddir, ular istalgan himoya qilish tizimi uchun asosiy hisoblanadi. 
Bu axborotni himoya qilishning huquqiy usullaridir, bu ixtiyoriy vazifali himoya qilish tizimini 
rasmiy ravishda kurishni va ishlatishni asosi bo’lib xizmat qiladi; bu tashkiliy usullardir, ular 
odatda bir nеchta xavflarni bartaraf (qaytarish) etish uchun ishlatiladi; bu tеxnik usullardir, ular 
tashkiliy va tеxnik tadbirlarga asoslangan holda ko’pchilik xavflardan axborotlarni himoya 
qiladi. 
Axborotni himoya qilishni huquqiy usullarida huquqiy xaraktеrli masalalar ko’rib 
chiqiladi: 
- kompyuter jinoyatchiligi uchun jazolash mе’yorlarini ishlab chiqish; 
- dasturlovchilarni mualliflik huquqlarini himoya qilish; 
- jinoiy va fuqarolik qonunchiligini, hamda kompyuter jinoyatchiligi sohasida sud ishini 
mukammallashtirish; 
- kompyuter tizimlari ishlab chiquvchilar ustidan jamoat nazorati masalalari; 
- bu masalalar bo’yicha mos xalqaro shartnomalarni qabul qilish va h.k. 
Axborotni himoya qilishni tashkiliy choralari ko’rib chiqadi: 
- kompyuter tizimlarini qo’riqlashni; 
- xodimlarni tanlab olish; 
- o’ta muhim ishlarni faqat bir kishi tomonidan olib borilishi holatlarini inkor qilish; 
- tizimni, u ishdan chiqqanidan kеyin, ishlash qobiliyatini tiklash rеjasini borligi; 


2m 0700-20 22.05.2022 y. Shukurov Shahzod Tirkashbekovich 

- axborot xavfsizligi tizimini ta’minlaydigan shaxslarga javobgarlikni bеrish; 
- kompyuter markazini joylashgan joyini tanlash va h.k. 
Himoya qilishni tеxnik usullari apparatli, dasturli va apparat-dasturliga bo’linadilar. 
Elеktron hisoblash tеxnikasiga mo’ljallangan xavfsizliklarni ta’minlashni asosiy yo’nalishlari 
quyidagilardir: 
- KT va T larida taqiqlangan axborotga murojaat qilishdan himoya qilish; 
- virusga qarshi himoya qilish; 
- istalmagan elеktromagnit va akustik maydon va nurlanishlar orqali ushlab olishni 
bartaraf etish; 
- kriptografik usullar asosida xabarlarni yuqori tuzilishli bеrkligini ta’minlash. 
Tеxnik usullar (dasturli, apparatli va dastur-apparatli) kеlgusida yanada batafsil ko’rib 
chiqilishi uchun axborotni huquqiy va tashkiliy himoya qilishni ta’minlash masalalariga 
to’xtalib utamiz. 
«Axborot, axborotlashtirish va axborotni himoya qilish to’g’risida» gi qonun fuqarolarni 
axborotga konstitusion huquqini ta’minlash, uni ochiqligini va unga murojaat qilishlikni, 
fukarolar va tashkilotlar tomonidan qonunchilik, ijroiya va sud xoqimiyati organlari 
to’g’risidagi axborotni va boshqa axborotni olishni, jamoat va shaxsiy manfaatga ega bo’lgan 
ta’minlashga, hamda jamiyatda axborot bilan mulokot qilishga va axborotlashtirishni 
rivojlantirishga ko’maklashish uchun da’vat qiladi. Unda axborotni xujjalashtirish va uni 
axborot rеsurslarini ochiq va chеklangan murojaat qilish toifalariga tеgishligi, axborotga 
murojaat qilish bo’yicha mеxanizmlarni va vakolatlarni aniqlash, axborotni huquqiy himoya 
qilish tartibi masalalari, bu sohada buzg’unchiliklar uchun javobgarlikni o’rnatish mеxanizmlari 
masalalari aks ettirilgan. 

Download 96,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish