Reja:
2.1.Avtomatik boshqaruv tizimlari.
2.2.Boshqaruv dasturi.
Tayanch iboralar:
Kulachok,
taqsimlovchi val, avtomatik liniya, oddiy ko’rinishdagi boshqaruv
tizimlari,
murakkab boshqaruv tizimlari, boshqaruv dasturi, dastur uzatkich,
boshqaruv pulti, ochiq konturli tizimlar, berk konturli tizimlar, kombinatsiyalashgan
tizimlar.
2
.1.Avtomatik boshqaruv tizimlari.
Har qanday texnologik mashina va jihozlar boshqaruv tizimiga ega.
Boshqaruv
tizimining
oddiy
yoki
murakkabligini
korxonaning
avtomatlashtirilganlik darajasi qanday ahvolda ekanligiga bog’liq.
Oddiy ko’rinishdagi boshqaruv tizimlari
ga har xil datchiklardan tortib kulachok
yoki taqsimlovchi vallar kirsa,
murakkab boshqaruv tizimlari
ga
asosan EHM lar
orqali boshqariladigan avtomatik liniyalar, avtomatlashtirilgan tsexlar kiradi.
Umuman olganda metall qirquvchi dastgohlar ishlov beriladigan detallarni
forma va gabaritiga qarab quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
a) korpus detallariga ishlov beruvchi dastgohlar;
b) aylanuvchan detallarga ishlov beruvchi dastgohlar;
v) murakkab yuzali detallarga ishlov beruvchi dastgohlar (g’ildirak
tishlari,
reykalar, fason yuzali detallar va x.k.)
2.2.Boshqaruv dasturi.
Bu uchala guruh dastgohlari ham boshqaruv tizimiga ega bo’lib oldindan
tayyorlangan dasturlar (boshqaruv dasturlari) asosida ish yuritadilar. Boshqaruv
dasturlari asosan 3 xil kategoriyaga bo’linadi:
1)
texnologik, ya’ni dastgohlarning ish yurituvchi a’zolarini ishlov berish
vaqtida kerakli belgilangan masofaga uzatish;
2) davriy - tezlikni, uzatishni o’zgartirish, asboblarni tanlash va almashtirish,
sovutish suyuqligini yurgizish va o’chirish va h.k.;
3) xizmatga oid – yuqorida ko’rsatilgan boshqaruv komandalarini to’g’ri
bajarilishini ta’minlash;
Demak, boshqaruv dasturi deganda texnologik jarayonni bajarilishida barcha
ishlarni o’z ichiga oladigan dasturlar majmuasiga aytiladi. Boshqaruv dasturini o’z
ichiga olgan manbaga dastur uzatgich deb ataladi.
Dastur uzatgichlar sifatida
kulachoklar, kopirlar, lineykali tirgagichlar, perfolentalar,
magnit lentalar va
xotirani saqlovchi uskunalar kiradi.
5-rasm da avtomatik boshqaruvni har xil varianti ko’rsatilgan.
Kulachok va taqsimlovchi vallar asosidagi boshqaruv tizimlari. Bu tizimlarda
boshqaruv dasturi kulachoklar formasida taqsimlovchi valga o’rnatilgan holda
oldindan tayyorlangan tsiklogramma asosida beriladi.
Kopirlar asosidagi boshqaruv tizimlari. Bu tizimlarda boshqaruv dasturi oldindan
tayyorlangan kopirlar asosida tuzilgan bo’lib kopirlarni formasi va razmerlari ishlov
beriladigan detal formasi kabi tayyorlangan bo’ladi.
Raqamli boshqaruv tizimlari (RBT) da boshqaruv dasturi 2 xil ko’rinishda beriladi:
-maromdagi axborotlar – yo’lak tirgagichlari orqali;
-raqamli axborotlar – boshqaruv pultida raqamlarni terish orqali;
4. Sonli boshqaruv tizimlarida boshqaruv dasturi raqamlar
asosida perfolentalar
yordamida yoki operator boshqaruv pulti orqali tizim xotirasiga kiritiladi.
Boshqaruvchi miqdor uning vujudga kelish harakteri asosida AS larni
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Ochiq konturli tizimlar;
Berk konturli tizimlar;
Kombinatsiyalashgan tizimlar;