Tuproqlarni unumdorligi bo‘yicha tasniflash.
Sinflar
|
Bonitet
ballari
|
Tuproq ayirmalari
raqamlari
|
Maydoni,
ga.
|
Ind
|
Nomlanish
|
X
|
Yuqori
|
91-100
|
|
|
IX
|
Juda yaxshi
|
81-90
|
|
|
VIII
|
Yaxshi
|
71-80
|
|
|
VII
|
O‘rtachadan yuqori
|
61-70
|
|
|
VI
|
O‘rtacha
|
51-60
|
|
|
V
|
O‘rtachadan past
|
41-50
|
|
|
IV
|
Yomonroq
|
31-40
|
|
|
III
|
Yomon
|
21-30
|
|
|
II
|
Juda yomon
|
11-20
|
|
|
I
|
Qishloq xo‘jaligi i/ch
uchun noloyiq
|
>10
|
|
|
Ushbu eksplikatsiyada har bir ayirma uchun yozilgan bonitet ballidan tashqari o‘rtacha, ya’ni xo‘jalik uchun keltirilib hisoblab chiqilgan o‘rtacha ball beriladi.
Bu ko‘rsatkichlardan bevosita yer egasi yoki soliq xodimlari foydalanishi mumkin.
Tayanch iboralar. Yer kodeksi, yer kadastri, yer solig‘i, ratsional, negizli shkala, gumus, mexanik tarkib, ball, koeffitsiyent, zichlik, saxiylik, ona jins, hosildorlik, o‘tuvchi, irrigatsion, avtomorf, oziqa element, qumli, gipsli, arziqli, korrelyatsiya.
Takrorlash uchun savollar.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yer kadastri haqidagi qonunlar va maqsad?
Tuproqlarni bonitirovkalashning asosiy mezonlari?
Sho‘r tuproqlarni bonitirovkalash?
Pasaytiruvchi koeffitsentlarga umumiy tushuncha bering?
Tuproq tarkibidagi gumus va bonitirovkalash koeffitsentlari?
Tuproq zichligi va bonitirovka?
Fosfor va kaliyning harakatchan shakllari uchun koeffitsintlar?
Bonitet ballarini hisoblash usuli?
Tuproqni bonitirovka balliga qarab qishloq xo‘jalik hosildorligini chamalash? 10.Ishlangan ballar asosida xarita tuzish usuli?
MAVZU: LALMIKOR YERLARNI BAHOLASH
Bahorikor-lalmikor yerlarni baholash sug‘oriladigan tuproqlarni baholashdan biroz farq qiladi.
Tabiiy nam, ya’ni yillik yog‘in-sochin hisobiga olib boriladigan dehqonchilik lalmikor hisoblanadi. Lalmikorchilik bizning mamlakatimizda adir, tog‘oldi kengliklarida, asosan bo‘z tuproqlarda yo‘lga qo‘yilgan va rivojlanmoqda. Xalqni don mahsulotlari bilan ta’minlashda bahorikor dehqonchilikni alohida o‘rni bor.
Respublika qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan lalmikor yerlar 790.4 ming gektarni tashkil qiladi. Bu maydon viloyatlar ichida bir tekis taqsimlanmaydi.
Bahorikor dehqonchilikni o‘ziga xos xaraktyerlari va qiyinchiliklari mavjud. Birinchidan taqdiri qisman relyefga, ya’ni yer usti va tuproqni tekis,
notekisligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan tuproqni sifat bahosiga, uchinchidan shu tuproqni namlik sharoitiga, ya’ni yog‘adigan yog‘inni jadalligiga, miqdoriga, vaqtiga, turiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bois lalmikor dehqonchilik olib boriladigan yerlarni baholashda Tuproq, relyef , iqlim kabi tabiiy kategoriyalar nazarda tutilmog‘i darkor.
Dokuchayev o‘z zamonasida Nijniy-Novgorod Guberniyasining tuproqlarini baholashda tuproq, relyef, iqlimni asos qilib olgan edi.
Xalq tilida, hatto ayrim ishlarda Yer bilan tuproq tushunchalari aralash ishlatiladi. Bu uncha to‘g‘ri emas, albatta har birini o‘z o‘rni, joyi bor.
Tuproq - tuproqni vujudga keltiruvchi omillar ta’sirida hosil bo‘lgan tabiiy tarixiy tirik tana yoki Vernadskiy iborasiga bilan aytadigan bo‘lsak biokos tana ekanligi endilikda hammaga ma’lum.
Dehqonchilikda tuproq deb yerning eng ustki unumdor qatlami ekanligi ham yangilik emas.
Xuddi tuproqqa bo‘lgan qarashlar kabi Yerga ham ikki xil qarash mumkin. Bu qarashlarni birinchisi, asosiysi albatta geologlar, geograflar nuqtai nazaridan yerga berilgan ta’rif deb tushunmoq kerak. Geografik, geologik tadqiqotlarda Yer yuzasi sferik (sharsimon) deb qabul qilinadi. Shuning uchun ham geografiyada va Yer haqidagi boshqa bir qator fanlarda "Yer shari" degan ibora ishlatiladi. Bu nuqtai nazardan Yer - Yer po‘sti, mantiya, yadro qobiqlarini o‘z ichiga olgan geoid shakldagi quyosh tizimidagi planeta deb qaraladi.
Dehqonchilik nuqtai nazaridan esa, Yer deganda uning litosfera, ya’ni Yer po‘stining eng ustki yupqa qismi kishi ko‘z o‘ngiga keladi. Bu sohada hali yagona ta’rif yo‘q. Lekin ba’zi tadqiqotlarda Yerga ta’rif berishga urinishlar bor.
Yer - deb, tuproq va uning onalik jinsini bir qismini o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan Yer po‘stining yupqa eng ustki qatlamiga aytiladi.
Dokuchayev Yer bilan tuproq tushunchalariga to‘xtalib ularni farqlash uchun tuproq to‘g‘risida so‘z borganda unumdorlik, Yer to‘g‘risida so‘z borganda ishlab chiqarish qobiliyati kabi atamalardan foydalanishni tavsiya etgan va foydalangan.
Lalmikor dehqonchilik qilinadigan yerlarda tuproq qatlami har xil qalinlikda, shu boisdan bo‘lsa kerak bu maydonlarda Yerlar tariqasida baho berish yo‘lga qo‘yilgan. Qolaversa yerlarning mahsuldorligiga qator omillar ta’sir qiladi. Uni quyidagicha tasvirlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |