MAVZU: TUPROQ XUSUSIYATLARI BILAN HOSIL O‘RTASIDAGI KORRELYATSION BOG‘LANISHLAR VA UNI TASVIRLASH YO‘LLARI
Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri bu bir gektar yer maydonidan olingan hosil miqdori bo‘lib, bu ko‘rsatkichdan hamma vaqt ham to‘g‘ridan – to‘g‘ri foydalanib bo‘lmaydi.
Tuproqlarni baholashda tuproq xossalari va undan olinadigan hosil miqdorlari ham matematik nuqtai nazardan qayta ishlashga muhtoj, ya’ni u raqamlar qay darajada to‘g‘ri ekanligini matematik statistika orqali o‘z ifodasini topadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek tuproq xossalari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar bilan shu tuproqdan olingan hosil o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishgina tuproqni saxiyligini negizini tashkil qiladi.
Matematik qayta ishlash usullari ko‘p bo‘lib, ularning ichida sinalgan va tuproqshunoslikda, tuproqni baholashda, agrokimyoda qo‘llanilayotgan usul bu korrelyatsiya va regressiya hisoblanadi.
Korrelyatsion tahlil tuproq xossalari bilan qishloq xo‘jalik ekinlarini hosili o‘rtasidagi aloqadorlikni matematik aniqlikda ko‘rsatib boradi va tuproqni tabiiy xossalarini bonitirovka negizi uchun yaroqli ekanligini aniqlab, isbotlab boradi.
Korrelyatsiya - lotincha so‘z bo‘lib, "correlatio" nisbat demakdir.
Bu atama ko‘pchilik fanlarni turli tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Korrelyatsiyadan, ayniqsa bir ko‘rsatkich ikkinchisini hosil bo‘lishida bevosita ta’sir qiladigan kattaliklarni aloqadorligini aniqlashda foydalanish yaxshi natija beradi.
Bu sohada qishloq xo‘jaligi fanlarida tuproqdagi gumus miqdori bilan g‘o‘za yoki boshqa qishloq xo‘jaligi ekin turi bilan hosili o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega.
Xuddi shu kabi tuproqdagi harakatchan fosfor, kaliy, azot miqdori bilan ekinlarni o‘sishi va rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘lanishlar yoki ularni hosillari o‘rtasidagi aloqadorliklar ham aslida korrelyatsion bog‘lanishlar qatoridan joy oladi.
To‘plamlarni o‘zaro korrelyatsiyasi funktsional bog‘lanishda bo‘lishi mumkin. Bir yoki bir qancha argumentlarni o‘zgarishi bilan funktsiyani o‘zgarishiga "regressiya" deyiladi.
Odatda ikkita o‘zgaruvchan kattalik o‘rtasidagi funktsional bog‘lanish quyidagicha tasvirlanadi: y=f(x).
Bunda: "Y" esa "X" belgini funktsiyasi.
f - lotincha functio, ya’ni funktsiya so‘zini bosh harfi.
f - birorta qiymatni ko‘rsatmaydi, lekin har qanday funktsional bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Ehtimollar nazariyasida regressiya biror kattalikni o‘rtacha qiymatini "Y" boshqa bir qiymati "X" bilan aloqadorligi tariqasida tushuniladi.
Masalan; tuproq tarkibidagi suvda eruvchan tuzlarning umumiy miqdori bilan g‘o‘za hosildorligi o‘rtasidagi yoki gumus qatlami qalinligi bilan hosil o‘rtasidagi, singdirilgan natriy miqdori bilan tuproqni sho‘rtobligi va undan (tuproqdan) olinadigan hosil o‘rtasidagi bog‘lanishlarni funktsional bog‘lanishlar tariqasida keltirishimiz mumkin.
Hosil bilan tuproqni tabiiy xossalari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni oddiy regressiya chiziqlari orqali tasvirlash mumkin.
Hosil bilan tuproqni biror xususiyati, yoki xossalari o‘rtasidagi bog‘lanish to‘la yoki yaxshi, qisman yoki kuchsiz, aksincha, hech qanday aloqadorlikda bo‘lmasa ularni quyidagicha oddiy usulda y=f(x) dan foydalanib tasvirlash mumkin.
Bu hodisani biz tuproqni sho‘rlik darajasi bilan g‘o‘za hosildorligi o‘rtasida
yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bunda abtsissa o‘qiga tuproqni sho‘rlik darajasi (argument) ordinata o‘qiga hosil miqdori (funktsiya) joylashtiriladi.
Olingan emperik regression chizik tuproqni sho‘rlik darajasi ortishi bilan hosil miqdori kamayishini ko‘rsatadi.
ts/ga
35
30
25
20
15
10
5
0 1 2 3 4 5
Quruq qoldiq, %.
Ta’kidlanganidek, eng avvalo tuproq xususiyati bilan hosil o‘rtasidagi bog‘lanish grafik usulda aniqlangan keyin ma’lumotlarni matematik usulda har tomonlama qayta ishlashga kirishiladi.
Tuproqni bonitarovkalash maqsadlarida qo‘llaniladigan ma’lumotlarni matematik qayta ishlash usuli tartibiga ko‘ra eng avvalo o‘rta arifmetik qiymat (M) topiladi.
x
Do'stlaringiz bilan baham: |