106. Birinchi guruhning asosiy guruhida atom massa ortishi bilan metallik, oksidlovchilik xossalari, atom radiusi va ionlanish potensiali ( berilgan tartibda) qanday o’zgaradi. A) kamayadi, ortadi, ortadi, ortadi B) ortadi, ortadi, ortadi, kamayadi C) ortadi, kamayadi, ortadi, kamayadi D) ortadi, kamayadi, ortadi, ortadi
107. D.I.Mendeleyev elementlar davriy jadvalining asosiy guruhida yuqoridan pastga qarab elementlarning atom radiusi va ionlanish potensiali o’zgarish tartibini aniqlang. A) atomlarning ionlanish potensiali va radiusi kamayadi B) atomlarning ionlanish potensiali va radiusi ortadi C) atom radiusi kamayadi, ionlanish potensiali ortadi D) atom radiusi ortadi, ionlanish potensiali kamayadi
108. D.I.Mendeleyev elementlar davriy jadvalining I A guruhida yuqoridan pastga qarab tushganda quyidagi xususiyatlardan qaysilari susayib boradi. 1) elektromanfiylik; 2) atom radiusi; 3) metallik; 4) yadro zaryadi; 5) ionlanish potensiali A) 1,5 B) 1,4,5 C) 2,3,4 D) 2,4
109. Elementlar tartib raqami ortishi bilan ( asosiy guruhda) qaysi xossalari davriy ravishda o’zgarishi kuzatiladi. 1) atom yadro zaryadi; 2) atom radiusi 3) nisbiy atom massasi; 4) ionlanish energiyasi; 5) elektromanfiylik; 6) tashqi energetik qavatdagi elektronlar soni A) 2,4,5,6 B) 2,4,5 C) 1,3,4,6 D) 1,3
Do'stlaringiz bilan baham: |