2. Havo namligi va bug’lanish.
Havo namligi. Suv va quruqlik yuzasidan bug’langan suv tez o’tib, atmosferaning asosan pastki 5 km li qismida to’planadi Uning miqdori troposferada 12000 km3, ya’ni Ladoga ko’li suv miqdoriga qaraganda taxminan 12 baravar ko’p suv bor. Havo namligi uch ko’rsatkich bilan xarakterlanadi, bo’lar: a) absolyut yoki solishtirma namlik; b) nisbiy namlik va v) nam defisitidir. Absalyut yoki solishtirma namlik deb, ma’lum bir xajmdagi ko’pincha 1 m3 havodagi bug’lari massasiga aytiladi. Absolyut namlik 1 kg nam havoda necha gramm suv bug’i borligiga qarab ham hisoblanadi. Havoning namga faktik to’yinganligining (% hisobida) shu haroratda mumkin bo’lgan to’yinishga nisbati nisbiy namlik deyiladi. Masalan, nisbiy namlik 70 % bo’lsa, bu havoda harorat o’zi tutib turishi mumkin bo’lgan suv bug’larining 70 % bor demakdir. Nisbiy namlik bilan suv bug’larining faktik elastikligi orasidagi farq namlik defisiti deyiladi. Nisbiy namlik havo haroratiga teskari proporsional havo sovuganda havodagi molekulalar bir-biriga yaqinlashib, bug’ joy tobora kamaya boradi va nixoyat, suv bug’larining absolyut miqdori ortmasdan o’zaro namga to’yinib qoladi, ya’ni shudring bo’lish nuqtasiga yetadi, bunda harorat nam kondensasiyalanadigan darajaga tushadi. Agar namga to’yingan havo isisa u shudring xosil bo’lish nuqtasidan tobora o’zoqlasha boradi, quriydi, bunda qiya bo’lishi va yog’inlar yog’ishi mumkin emas. Nisbiy namlik havo tarkibidagi absolyut namlikka ham bog’liq albatta. Masalan, Hindiston yarim orolida yozgi musson va yozgi yomg’irlar mavsumi boshlanishi bilan harorat yuqori bo’lsa ham havo namligi 80 % gacha ko’tariladi. Ekvatorial havo uchun nisbiy namlikning doimo katta bo’lishi 85 % ga yetishi xosdir. Qutbiy o’lkalarda ham nisbiy namlik ana shunday katta bo’ladi, biroq bunga sabab haroratning pastligidir. O’rtacha kengliklarda nisbiy namlik fasllarga qarab o’zgarib turadi. Qishda kattaroq, yozda kichik. Cho’llarda nisbiy namlik ayniqsa kichik (50 % gacha) bo’ladi.
3.Yog’inlar va ularning turlari. Yog’inlarni yer yuzasida taqsimlanishi.
Yog’inlar miqdoriga mavsumlar bo’yicha taqsimlanishiga va qancha vaqt yog’ishiga qarab xarakterlanadi. Yog’inlar miqdori ular yerga tushib shimilish, oqish va bug’lanish bo’lmaganda xosil qilgan suv qatlamining qalinligi bilan (mm hisobida) o’lchanadi. Odatda sutkalik, o’n kunlik, oylik, mavsumiy va yillik yog’in miqdori hisoblanadi. Yillik yog’in miqdori ko’pincha yillik yalpi yog’in deb ham ataladi. Qor qoplami stasionar kuzatuv va qor o’lchovini xisobga olib borish yo’li bilan muntazam ravishda o’rganiladi. Bunda qor qoplamining qalinligi, qorning zichligi va joyning mikrogeografik xususiyatlariga bog’liq holda taqsimlanishi aniqlaniladi.
Uzoq davom etadigan yog’inlar iliq havo oqimlari yuqoriga sirg’alib ko’tarilayotganda iliq frontda vujudga keladi. Ular katta maydonga yog’adi, uzoq davom etadi va o’rtacha tezlikda tushadi. O’rtacha geografik kengliklarga tushadigan yog’inlarning asosiy qismi mana shunday uzoq davom etadigan yog’inlardan iboratdir. Jala va bug’alab yog’adigan qor kichik maydonga tushadi va qisqa vaqtda yog’ib o’tadi, birdaniga boshlanib, birdaniga tugaydi. Ular maxalliy konveksiya natijasida va iliq joy ustidagi suyuq havo massalarida vujudga keladi. Shivalab yog’adigan yog’in bir xildagi iliq havomassalari ichida vujudga keladi. Ular yer betiga juda sekin tushadigan mayda tomchilardan iborat. Ularda ko’p yog’in tushmaydi. Yuqorida aytib o’tilgan frontal, konveksion yo’ginlar hamda havo massalari ichida hosil bo’ladigan yog’inlardan tashqari orografik yog’inlar ham bo’ladi va ular havo tog’ yonbag’ri bo’ylab ko’tarilayotganda yog’adi.
Yer betida paydo bo’ladigan yog’inlar. Shudring va qirov tinch va sokin ob-havo sharoitida kechasi yer betidagi predmetlar sovib, ular yuzasida havo nami kondensasiyalanishi natijasida vujudga keladi. Shudring yerni namlagani uchun ayniqsa qurg’oqchilik davrida foyda keltiradi.
Yer sharida suvning almashinishi va suv aylanishi balansi. Okeanda, quruqlikda suvning bug’lanishi, suv bug’ining okeanlar ustidan o’tishi va materiklar ichkarisiga kirib borishi, ularning kondensaqiyalanishi hamda yog’in-sochin tarzda tushishi, shuningdek, materiklardan suvning oqib ketishi kabi jarayonlar hammasi birgalikda tabiatda suvning aylanib yurishini, aniqrog’i tabiatning ayrim komponentlari orasida suv almashinishini tashkil etadi. Bu bir butun jarayon bo’lib, iqlim xosil qiluvchi juda muhim jarayonlardan biridir.
Butun yer shariga yiliga 520 ming km3 yog’in yog’adi. Buning 79 % okeanlarga, 21 % quruqlikka tushadi. Butun yer shari bo’yicha olganda bug’lanish bilan yog’in o’zaro teng: Quruqlikda bug’lanishdan yog’inlar ko’p, okeanlarda esa yog’inlardan bug’lanish ko’p. Nam balansi zonalar bo’yicha ham xar xil. Ekvatorial zonada bug’lanishga qaraganda yog’in ko’p tushadi, nam mo’tadil iqlimli joylarda ham shunday, biroq bularda bug’lanish bilan yog’in-sochining umumiy miqdori ekvatorial zonadagiga qaraganda kamroq. Tropiklarda okeanlar yuzasida va mo’tadil mintaqa cho’llaridagi suv havzalarida yog’inlarning umumiy miqdoriga qaraganda bug’lanish ko’p. Yog’inlar quruqliklarning ichkarisiga materikdagi ko’pdan-ko’p nam almashinuv jarayonlari orqali kirib keladi.
Xulosa
Yog’in miqdori issiq; iqlimli yerlarda ko’p va sovuq joylarda esa kam bo’lishi kerak. Bu qonuniyat tabiatda xaqiqatan ham kuzatiladi. Yog’inlar ekvatorial kengliklarda ancha ko’p, qutbiy oblastlarda esa kamdir. Yog’inlarning taqsimlanishida atmosfera sirkulyasiyasining roli ham haroratning rolidan kam emas. Shamollar namni gorizontal yo’nalishda olib yuradi, havoning ko’tarilma va pasayma harakatlari esa yog’in-sochin xosil qiladi yoki quruqlashtiradi.
Yog’inlarning miqdoriga qarab bir necha zona ajratiladi. Bular ekvatorial kengliklardagi maksimum, tropik kengliklardagi minimum, o’rtacha kengliklardagi maksimum va qutbiy kengliklardagi yog’inlar minimumidir. Ko’rinib turibdiki, yog’inlar zonasi atmosfera bosimi zonalariga mos tushadi, lekin bunda bosim minimumlari yog’inlar maksimumiga to’g’ri keladi. Bunga sabab, yog’inlar xosil bo’lishi sharoitining ko’tarilma va pasayma xarakatlar vaqtida havoning adiabatik isishi yoki sovishiga, shuningdek havo massalarining gorizontal xarakatiga bog’liq ekanligidir. Yog’in miqdori ko’p bo’lgan zona gumid (lotincha sernam), qurg’oqchil zona esa arid zona deyiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Vahobov H. va boshqalar. Umumiy Yer bilimi. Darslik. - Т.: Bilim, 2005.
2. Zokirov Sh.S., Egamov B.Y. Geografiya tarixi: Erotosfendan Koshg‘arigacha. - Т., “Chasbmaprint”, 2012.
3. Zokirov Sh.S., Ibragimova R.A. Orol tabiiy geografik okrugi. - Т.: Mumtoz soz, 2015.
4. Zokirov Sh.S., Toshov X.R. Landshaftshimoslik. - I’.: Turon zamin ziyo, 2016.
5. Кале сник С.В. Умумий Ер билими киска курси. - Т.: 1966. -300 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |