Gazlarni siqish va uzatish.
Kompressor, siqish, darajasi, turlari, tenglama, gazlarni siqish, quvvat, porshenli, plastinali, suv xalkachali, gazoduvka.
Gazlarni siqish Nasoslar,ventilyatorlar, kompressorlar xisobi.
Nazariy qism. Gazlarni ham suyuqlliklar kabi bosimlar farqi mavjud bo’lganidagina uzatish mumkin bo’ladi. Siqilgan gaz bosimini R2 uning dastlabki bosimiga R1 nisbati (k= R2/R1) gazni siqilish darajasi deb yuritiladi. Gazlarni siqish va uzatish uchun kompressor mashinalari qo’llaniladi.
Gazni siqish darajasi kattaligiga ko’ra kompressor mashinalar ventiltorlar (k<1,1), gazoduvkalar (1,13) va vakuum-nasoslar guruxiga ajratiladi.
Gazlarni siqish jarayonining asosiy parametrlari. Gazlarni siqish jarayonida ularning hajmi V, bosimi R va harorati T o’zgaradi. Gazning bosimi 1 MPa gacha bo’lgan xollarda yuqoridagi uchta kattaliklarning uzaro boglanishi ideal gazlarning holat tenglamasi bilan ifodalanadi.
Yuqori bosimli gazlarning bosimi, hajmi va harorati o’rtasidagi boglanish Van-der-Vaals tenglamasi bilan ifodalanadi
(R + a/b2)(v - b)RT, (3-58)
bu yerda v- gazni solishtirma hajmi, m3/kg; R= 8310/M- universal gaz doimiysi, J/(kg K); M- gazni molyar massasi, kg/mol; R- gaz bosimi, Pa; T- gaz harorati, K; a va b- koeffisiyentlar, ularning qiymatlari maxsus ma’lumotnomalarda beriladi yoki kritik harorat Tkr va kritik bosim Rkr qiymatlariga asosan xisoblanishi ham mumkin
a = 27 R2 T2kr /(64 Pkr); b = RT/(8Rkr). (3-59)
Gazlarni siqish paytida ularning hajmi kamayadi, bosimi ortadi va harorati kutariladi. Gazni siqilish jarayoni mobaynida issiqlik ajralib chikadi. Gazni siqish jarayonida issiqlik tashki muhitga tortib olinsa jarayon izotermik deyiladi. Bu paytda jarayon (gaz) harorati o’zgarmaydi.
Adiabatik jarayonda tashki muhit va sistema o’rtasida issiqlik almashinmaydi.
Real sharoitda, gazni siqish paytida ajraladigan issiqlikni bir qismi tashki muhitga tarkaladi, bir qismi esa gazni isitish uchun sarflanadi. Bu jarayon politropik jarayon deyiladi.
Agar siqilayotgan gazni dastlabki R1 va oxirgi R2 bosimlarining qiymatlari ma’lum bo’lsa, siqish jarayonida bajarilgan ishni solishtirma miqdori (J/kg) analitik usulda, quyidagi tenglamalar yordamida xisoblanadi:
- izotermik siqish jarayonida
L iz = R1 v1 ln (P2/P1) ; (3-60)
- adiabatik siqish jarayonida
L ad = k/(k-1)R1v1[(P2/P1)( k-1)/k -1] ; (3-61)
- politropik siqish jarayonida
L pol = m/(m-1)R1v1[(P2/P1)( m-1)/m -1] , (3-62)
bu tenglamalarda v1- boshlangich sharoitlardagi (R1 va T1 qiymatlarda) gazning solishtirma hajmi, m3/kg; k= Sr/Sv adiabata ko’rsatkichi; Sr va Sv- o’zgarmas bosim va hajmdagi gazning issiqlik sigimlari, J/kg; m- politropik ko’rsatkich, uning qiymati gazning xossalariga va sistemaning atrof-muhit bilan issiqlik almashinish sharoitlariga boglik.
Siqilgan gazning harorati T2 quyidagi tenglamalar yordamida aniqlanadi:
- izotermik jarayon paytida
T2 = T1; (3-63)
- adiabatik jarayon paytida
T2= T1 (R2 /R1)( k-1 )/k ; (3-64)
- politropik jarayon paytida
T2=T1 (R2/R1)( m -1)/m . (3-65)
Bir boskichli kompressor bilan havoni siqish uchun sarflanadigan nazariy quvvat miqdori (kVt) quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
N n = VpL = (GL)/(3600.1000 k), (3-66)
bu yerda: V- kompressorni hajmiy ish unumdorligi, mz/sek; S- havoning zichligi, kg/m3; L- havoni siqish uchun sarflangan solishtirma ish miqdori, J/kg; L para-metrining son qiymatlari (3-63), (3-64) va (3-65) tenglamalar yordamida aniqlanadi; G- siqilayotgan havo sarfi, kg/sek; k- kompressorning umumiy f.i.k.
Kompressor validagi quvvat quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
Nv = Nn /(izmex ) , (3-67)
bu yerda iz= 0,64yo0,78- izotermik f.i.k.; mex= 0,8yo0,95- mexanik uzatmalarning f.i.k.
Kompressor dvigatelining iste’mol quvvati
Ndv = Kn N n /(izmex dv) , (3-68)
bu yerda Kn = 1,1yo1,15- qo’shimcha quvvat koeffisenti; dv- dvigatelni f.i.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |