Gaz yuvuvchi qurilmalar kamchiliklardan xoli emas:
1.Qurilma va trubaprovodlar yuzalariga chang zarrachasini yopishib qolishi
2. Suyuqlikning sarfi yuqoriligi
3. Past temperaturada, ya’ni 0° dan kam bo‘lganda ishlatish mumkin emas.
4. Gazlarni ayniqsa agressiv gazlarni tozalash uchun va trubaprovodlarni korroziyasidan ximoya kilish talab kilinadi.
5. Katta tezlik bilan ishlovchi qurilmalar uchun qo’shimcha tomchi ushlagichni urnatish talab qilinadi.
Gaz yuvuvchi qurilmalar quyidagi sinflarga bo‘linadi:
1) Fazalar kontakt yuzasining turiga ko’ra:
Suyuqlikni sochib beruvchi
Kuzgalmas va kuzgaluvchan nasadkali
Tarelkali - barbatajli va kupikli
Plyonkali - suv plyonkali sklonlar va uyurmali chang ushlagichlar.
2) Ish prnsipiga ko’ra
Gravitasion
Markazdan kochma
Zarba inersion
Oqimchali va mexanik gaz yuvuvchi qurilmalar
3) Energiya sarfiga ko’ra 3 guruxga bo‘linadi:
Past bosimli chang ushlagichlar - gidravlik karshiligi 1500 Pa gacha (suyuqlikni sochib beruvchi, tarelkali, markazdan kochma va xokazo)
Urta bosimli chang ushlagichlar - karshiligi 1500 dan 3000 Pa gacha ( nasadkali, mexanik va zarba inersion va xokaza)
Yukori bosimli qurilmalar (venturi trubasi, dezinegratorlar va xokazo)
Gaz yuvuvchi qurilmalarda mexanik (markazdan kochma, ultra tovushli) pnevmatik (suyuqlikning sochilishi gaz yordamida amalga oshiriladi) va elektr forsunkalar ishlatiladi (forsunka suyuqlikni purkab beruvchi asbob).
Gazlarni changdan filtrlash yuli bilan tozalash turli govaksimon to‘siqlardan fydalanishga asoslangan. Filtrlash jarayonida govaksimon to‘siqlardan gaz utib kentadi, gaz tarkibidagi muallak xolida bo‘ladigan qattiq zarrachalar filtr to‘siqning yuzasida tutib kolinadi. Filtrlovchi to‘siq sifatida paxtali ip va jun materiallar, sochiluvchi (qum, aktivlangan qumi) va keramik materiallar ishlatiladi. Gazlarni tozalash uchun yengli filtrlar kup ishlatiladi. Yengli filtrlarda bosim kuchining karshiligi 60 - 120 mm suv ustuniga teng. Yenglar kobik ostidagi trubali to‘siqlarga maxkamlanadi. Changli gaz filtrlarning pastki qismidan kirib yengli tukimalarda changlardan tozalanib, yuqoriga qarab xarakat qiladi. Changlar va mayda zarrachalar filtr yenglarining teshiklarida qoladi. Vakt utishi bilan yenglarda chang katlami kupayib filtr to‘siqlarning karshiligi ortib ketadi va natijada qurilmaning unumdorligi kamayadi. Shuning uchun vakti-vakti bilan silkituvchi maxsus moslama yordamida filtr yenglari zarb bilan silkitilib, yenglar ustidagi changlar tukiladi va shnek orkali tashkariga chikariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |