Subyektiv tomondan jinoyat toʻgʻri qasddan sodir etiladi.
Mazkur jinoyatning subyekti 16 yoshga toʻlgan shaxslar boʻlishi mumkin, odatda ular tibbiy ixtisoslikka ega boʻladilar.
20. Мурдани таҳқирлаш жиноятининг қонунга хилоф равишда инсон аъзолари ёки тўқималарини ажратиб олиш жиноятидан фарқли жиҳатларини ёритиб беринг.
Murdani tahqirlash jinoyatining bevosita obyekti jamiyatda mavjud boʻlgan odob-axloq asoslarini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Inson a’zolari yoki to’qimalarini ajratib olish jinoyatining bevosita obyekti jamiyatning normal ma’naviy asoslarini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Murdani tahqirlash Jinoyat predmeti vafot etgan odamlarning murdalari, ularning koʻmilgan joylari, qabrlari, mozorlari hisoblanadi.
Inson a’zolari yoki to’qimalarini ajratib olish jinoyatining predmeti inson a’zolari yoki toʻqimalari hisoblanadi
Inson a’zolari yoki to’qimalarini ajratib olish jinoyati Obyektiv tomondan jinoyat shaxs tirikligida uning roziligini olmasdan turib yoki oʻlganidan keyin yaqin qarindoshlarining roziligisiz, ilmiy yoxud ta’lim ishlari uchun koʻchirib oʻtkazish yoki buzilmaydigan holda saqlash (konservatsiya) maqsadida murdaning a’zolari yoki toʻqimalarini ajratib olishda ifodalanadi.
Murdani tahqirlash jinoyatida obyektiv tomon murdaning, uning alohida qismlarining tashqariga chiqarib olinishi, murdaning tanib boʻlmas holga keltirilishi, uning xoʻrlanishida ifodalanadi.
Subyektiv tomondan ikkala jinoyat ham toʻgʻri qasd bilan sodir etiladi.
Inson a’zolari yoki to’qimalarini ajratib olish jinoyati subyekti 16 yoshga toʻlgan shaxslar boʻlishi mumkin, odatda ular tibbiy ixtisoslikka ega boʻladilar.
Murdani tahqirlash jinoyatning subyekti 16 yoshga toʻlgan har qanday aqli raso shaxs boʻlishi mumkin.
26.Туҳмат қилишнинг ҳақорат қилишдан фарқли жиҳатларини баён қилинг.
Tuhmat qilishning bevosita obyekti shaxsning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar yoki boshqacha qilib aytganda, shaxsga va uning faoliyatiga jamiyat tomonidan baho berish hisoblanadi. Qoʻshimcha obyekt sifatida fuqarolarning hayoti va sogʻligi xavfsizligi namoyon boʻlishi mumkin.
JK 139-moddasi 1-qismida tuhmatning barcha zaruriy belgilari sanab oʻtilgan: aybdor tarqatilayotgan ma’lumotlar yolgʻonligini bilgan boʻlishi, tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va sharmanda qiluvchi, ya’ni jabrlanuvchining sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boʻlishi lozim. Basharti aybdor boshqa shaxs haqida uni sharmanda qiluvchi, ammo haqiqatga toʻgʻri keladigan ma’lumotlarni tarqatgan boʻlsa, uni tuhmatda ayblab, javobgarlikka tortib boʻlmaydi. Xuddi shunday agar aybdor tomonidan tarqatilgan ma’lumotlar yolgʻon boʻlmasa, tuhmat jinoyatining tarkibi mavjud boʻlmaydi.
Tuhmat qiluvchi ma’lumotlar ma’lum bir faktlar, voqea-hodisalar, holatlarga tegishli boʻlishi kerak. Masalan, kimnidir firibgar deb aytish aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish faktini koʻrsatgan holda amalga oshirilishi lozim. Aks holda, mazkur harakat tuhmat sifatida baholanadi.
Aniq faktlarni koʻrsatmagan holda umumiy xarakterdagi ma’lumotlarni aytish haqorat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |