1. Animatsiyaning mohiyati, uning vazifasi va tipologiyasi. Animatsiya shaxsning ijtimoiy faolligi shakli sifatida


Xalqaro tajribada tarixiy rekonstruksiyaning turlari



Download 364,16 Kb.
bet39/56
Sana21.07.2022
Hajmi364,16 Kb.
#833882
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
Bog'liq
Animatorlik xizmatini tashkil qilish majmua

2. Xalqaro tajribada tarixiy rekonstruksiyaning turlari.
Tarixchi-rekonstruktorlar – tarixiy davrlardagi voqea-xodisalar, davlatlardagi hayot, an'ana va urf-odatlarni qayta tiklash ishlari bilan shug’ullanuvchi odamlardir. Ular tarixiy manbalarni o'rganish asosida eski texnologiyalardagi qurol, kiyim-kechak, uy-ro'zg'or buyumlarini saqlab qolish uchun harakat qilishadi. Shuningdek ular urf-odatlar va axloq qadriyatlarini o'rganishadi. Tarixchilarni harbiy tarix, qurol-aslahalar qiziqtirishadi.
Rekonstruksiyaning maqsadi – o’tmishdagi tarixiy voqea-hodisalar: marosimlar, urushlar, turnirlar asosida massaviy ravishda teatrlashtirilgan tomoshalarni yaratishdir.
Turistik hodisalar kategoriyasiga ko’ra rekonstruksiya tadbirlari tafovutlanadi. O’tkazilish joylari farq qilib, ular qal'a, saroylar va majmualar, park, muzeylar va ochiq joylar bo’lishi mumkin. Misol uchun, Borodino jangi maydoni.
“Hodisalar” professional rejissyorlar, yozuvchilar, aktyorlar va teatr maktabi, shuningdek, oliy o'quv yurtlari talabalari, harbiy-tarixiy klublar a’zolari hamda havaskorlar tomonidan tayyorlanishi mumkin. Tarixiy voqea senaryis tayyorlanadi va tarixiy voqea yaratiladi. Bunda texnik ta’minot, tovush, yorug'lik, maxsus effektlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday tadbirlar unda faol ishtirok etishni talab qiladi. Tur tashkilotchilari turistlar xavfsizligini ta'minlashga mas’uldirlar.
Turistik firmalari ham “O’rmonda sayr qilayotganda birdan qaroqchilar to’dasi hujum qilishi” singari sirli turlarni yaratadilar. Turistik firmalar tomonidan bir necha dasturlar tayyorlangan: “Eh, qaroqchilar”, “Hujum”, “O’g’rilar” singari. Bunda voqealar turistlar ishtirokida xuddi real xolatdagidek bo’lib o’tadi. Siz Rossiya va Ukraina hududlarida ko’chib borib o’rnashgan dehqonlarning harbiylashgan jamoasi (kazaklar) da teatrlashtirilgan Suvarakning “dafn” marosimini ko’rishingiz mumkin.
Muzeyli rekonstruksiya ham muhim ahamiyat kasb etadi. 


3. Muzeylarda animatorlik xizmatini tashkil etish.
Muzey xodimlari o’tmish davrning shart-sharoitlarini, uning muhitini yaratishadi va namoyish etish orqali tashrifchilarning bilimlarini oshishiga sharoit yaratishadi. Muzeylardagi barcha faoliyati individual ehtiyojlarni qondirish, ayniqsa bolalarning ehtiyojlariga asoslangan.
Misol uchun, ekologik ekskursiyalarda hayvonlar, o’simliklarni, ularning alohida hususiyatlari, ularning odatlari va o'ziga xos jihatlarini o'rganish mumkin. Ushbu faoliyat o’smirlarda ota-bobolari an'analarini tasavvur qilish, hurmat qilish, ijodkorlik, estetik jihatlarni shakllantirish kabilarga xizmat qiladi.
Muzeyda bolalar uchun animatsiya xizmatlari biror bir ertak asosida shakllantirilishi mumkin. Misol uchun, Irkutiskiy viloyatidagi mehmonxonalarga tashrif buyuruvchi turistlar o’lkashunoslik muzeyida mashhur shoir A.S.Pushkin tavalludining 200 yilligiga bag’ishlab shoirning “To’polonchi orol”, “Yetti qahramonlar o’rmoni”, “Oltin baliq bilan dengizga sayohat” singari ertaklari asosida tashkil qilingan sahnalarni va bezaklarni ko’rishlari va ularda ishtirok etishlari mumkin.
Kattalar uchun, muzeyli animatsiyaning eng yorqin na’munalarida biri 2001 yilda Parijda bo'lib o'tgan xalqaro “Muzeylar kechasi” aksiyasi edi. 2005 yilda unga Rossiyaning Sankt-Peterburg va Moskva shaharlari qo'shildi. 2010 yilda kelib mazkur harakatga a’zo davlatlar soni 42 taga yetdi. “Muzeyi Tungi” tadbiri har yili may oyida o'tkaziladi. Tadbir muzeylar kuniga bag’ishlangan. Tadbir ishtirokchilari teatrlashgan holatda qayta tiklangan voqealar, haykaltaroshlik, ijodiy asarlarning guvohi bo’lishadi.
Turizmda animatsiya sohalaridan biri real odamlar bilan o’tkaziladigan shou-muzeydir. Misol uchun, Plimut shahrida (AQSH)gi birinchi ko'chib yuruvchi ingliz muzeyida milliy shou o’tkazilgan. Ko'rgazmada eksponatlar: uy, oshxona, bog ‘ va hokazolar real insonlar tomonidan gavdalantirildi.
“Skansen” - Stokgolmdagi kichik shved qishlog’ida joylashgan ochiq osmon ostidagi muzeylardan biridir. Bu yerda Shvetsiyaning turli hududlaridan ko'chib kelganlarning qadimiy shahar va qishloq uylari, eski shved milliy libosi, san'at va hunarmandchilik namunalari mavjud.
2014 yil 15 aprelda Germaniyaning Shpayer shahridagi Pfalts tarixiy muzeyida “Asl buyumlar, chin hikoyalar” nomli muzey ochildi, unda 100 yil avval cho‘kib ketgan afsonaviy “Titanik” paroxodiga tegishli 250 ta topilma namoyish etilmoqda. Eksponatlar orasidan ko‘zoynaklar, seyf eshiklari, umivalnik, halokatni aks ettiruvchi fotosuratlar joy oldi. Shuningdek tashrifchilar turli klassdagi kayutalar interyerlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi: birinchi klass kayutalari shoyi oboylar bilan qoplangan, ularning eng qimmati bugungi kunda 80 ming yevroga baholanadi. Uchinchi klass kabinalari esa oddiy oq bo‘yoq bilan bo‘yalib, ikki qavatli karavotlar bilan jihozlangan. “Titanik” layneri 1912-yil 15-aprelga o‘tar kechasi aysberg bilan to‘qnashib ketib halokatga uchragan, natijada 2,2 ming yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining 1,5 ming nafari nobud bo‘lgan.
Ko’plab turistlarni o’ziga jalb qilib kelayotagn muzeylardan biri - Madam Tyusso muzeyi Londonning Merilbon tumanida joylashgan, u 130 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelayapti.
Mashhurlarning mumdan yasalga figuralari saqlanadigan bu muzey Buyuk Britaniyadagi eng gavjum muassasalaridan biri sanaladi.
Madam Tyusso muzeyining filiallarini dunyoning turli burchakklarida uchratish mumkin. Londondagi mum haykalchalari kolleksiyasi yer yuzida eng eski deb tan olingan. Mariya Tyusso Londonga ingliz-fransuz urushidan so’ng 1802 yilda ko’chib kelgan va shu erda ishlab qolib ketgan. Birinchi doimiy ko’rgazma 1835 yilda tashkil etilgan. 1884 yilda ko’rgazmani Bekyker-stritga, 1884 yilda esa, Merilbond-roudga ko’chirib o’tkazishgan. Muzey ayni paytga qadar ushbu binoda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Muzeyning markaziy bo’limlaridan biri “Dahshatlar hujrasi” sanaladi. Uning bir qismi fransuz inqiloblari va mashhur jinoyatchilar qurbonlarini o’z ichiga oladi. Vaqti kelib, kolleksiya tarkibiga admiral Nelson va Valter Skottning timsollari qo’shilgan. Keyin bu ko’rgazmaga mashhur kinoaktyorlar, siyosatchilar, olimlarning haykallari ham qo’shilgan. Bu yerda siz Benjamin Franklin va Jan-Jak Russo, «Bitlz» to’rtligi va Eynshteynni, Freyd va Bred Pittni, Juliya Roberts va Madonnani ham ko’rishingiz mumkin.
Shunday qilib, tarixiy voqealar animatsiya faol dam olish uchun eng hayajonli animatsion turlar biri hisoblanadi.
Muzey (yunoncha musion — muzalarga bagʻishlangan joy) — tarixiy, moddiy va maʼnaviy yodgorliklarni toʻplash, saqlash, oʻrganish va targʻib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-maʼrifiy muassasa. Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, sanʼat asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha boʻlgan tarixiy qimmatga ega qoʻlyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.
Zamonaviy muzeylarning koʻplariga tadqiqot va taʼlim-tarbiyaviy vazifalarning bir butunligi xos. Muzeyning oʻziga xos ilmiy ommaviy va tarbiyaviy shakllari — ekspozitsiya va koʻrgazmalar. Zamonaviy ilmiy tasnifda muzey tur va sohalar boʻyicha farqlanadi. Ijtimoiy vazifasiga koʻra ilmiy tadqiqot-maʼrifat (muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, baʼzan ular xalq muzeyi, ommaviy muzey deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot institutlari qoshida oʻziga xos laboratoriya vazifasini oʻtovchi) va oʻquv muzeyiga boʻlinadi. Sohalar boʻyicha tarix, qishloq xoʻjaligi, tabiatshunoslik, sanʼatshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa muzeylarga boʻlinadi. Shuningdek, muzeyning memorial muzeylar, majmua oʻlkashunoslik kabi turlari bor.
Muzeylar turizm, jumladan animatsion turizmda katta ahamiyat kasb etadi. Ular ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: toʻplamlarni butlaydi va oʻrganadi; ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va taʼmirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yoʻl-koʻrsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozitsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi.
Muzeylarda tashrifchilar bilan ishlashning eng muhim shakli ekskursiyadir.
Turistlarning ilmiy, madaniy ehtiyojlarni qondiruvchi muzeylarning paydo boʻlish tarixi uzoq qadimga borib taqaladi. Muzeyning oʻtmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xoʻjalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan. Kritdagi Knos saroy xazinasi (miloddan avvalgi 16-asr), Vanlar saroyi va ink kohinlarining arxivi (miloddan avvalgi 13—12-asrlar, Xitoy), Nineviya saroy kutubxonasi va boshqalar shular jumlasidan.
Yevropada ilmiy vazifalar yuklatilgan muzeyning paydo boʻlishi buyuk geografik kashfiyotlar amalga oshayotgan davr — Uygʻonish davriga toʻgʻri keladi; bu davrda xayvonot va oʻsimlik dunyosi namunalari, minerallar, geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar jamlangan; tabiiy, ilmiy, etnografiya va tarixiybadiiy noyob narsalar jamlangan saroy toʻplamlari (kunstkameralar, myunskabinetlar va boshqa) shuhrat qozongan. Dastlab muzey va ular haqidagi dastlabki tavsiflar, shuningdek, muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davrda paydo boʻldi. Florensiya (L. Medichi, 15-asr), Rim (Vatikan muzeyi, 16-asr), Drezden (Avgust Saksonskiy, 16-asr) va boshqa joylardagi antik davr yodgorliklari toʻplamlari shu davrga mansub. 17—18-asrlarda keyinchalik koʻplari davlat milliy muzey negizini tashkil qilgan xususiy toʻplamlar (tarixiy, arxeologik, tabiatshunoslik, sanʼatshunoslik) shakllandi.
Oʻzbekistonda muzey 19-asrning 2-yarmida tashkil etila boshlagan. 20-asr boshida Oʻzbekistonda faqat 3 muzey — Toshkent oʻlkashunoslik muzeyi (1876, hozirda Oʻzbekiston tarixi muzeyi), Samarqand xalq muzeyi (1896, hozirgi Oʻzbekiston madaniyati tarixi muzeyi), Fargʻona xalq muzeyi (1899, hozirgi Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi) bor edi. Ularning toʻplamlari kam, ekspozitsiyalarining koʻpi tasodifiy materiallardan tashkil toptan edi. 20-asrning 20-yillaridan turli sohadagi muzeylar tashkil etila boshladi. Muzeylar va madaniyat yodgorliklari davlat ixtiyoriga oʻtkazilib, muhofaza qilina boshlandi. Ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilib, muzey uchun kolleksiyalar toʻplash ishi yoʻlga qoʻyildi, koʻplab muzey tashkil etildi. Hozir Oʻzbekistondagi muzeyning asosiy qism Oʻzbekiston madaniyat ishlari vazirligi qaramogʻida. Yirik muzeylar: Oʻzbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston sanʼat muzeyi (1918), Oʻzbekiston xalqlari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi, Oʻzbekiston tabiat muzeyi (1876) va boshqalar. Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida oʻlkashunoslik muzeyi, jahon ahamiyatiga molik memorial muzeylar bor.
Turizmda, ekskursiya xizmatlarida muzey tizimi taraqqiyotiga obyektiv ehtiyojlar ortib bormoqda. AQSH, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlar eng taraqqiy etgan muzey tizimiga ega.
Muzeyning xalqaro maydonga chiqishi bilan ularning taʼsir doirasi kengayib bormoqda. Bunda koʻrgazmalar ayirboshlash birinchi oʻrinda turadi. Muzey jahonning turli mamlakatlariga oʻz xazinalarini yuboradi, ayni paytda chet mamlakatlarning koʻrgazmalarini oʻzlarida qabul qiladi va koʻrgazma hamda muzeyda namoyish etadi. Muzey xalqaro madaniy alokalarni kengaytirishga yordam bermoqda, milliy madaniyatlarning oʻzaro boyishi va xalqlar oʻrtasida hamfikrlikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshmoqda.
Jahon muzeyi xalqaro tashkilotga birlashgan, YUNESKO tarkibida "Muzeylar xalqaro kengashi" (ICOM) mavjud, uning tarkibiga milliy muzeyning qoʻmitalari kirgan.


Download 364,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish